Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Science jurnali e'tirofiga ko'ra 2015 yilning eng e'tiborga molik ilmiy natijalari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Science jurnali e'tirofiga ko'ra 2015-yilning eng e'tiborga molik ilmiy natijalari

Science jurnali muqovasi � www.sciencemag.org

"Yangi Gorizontlar" kosmik zondining Pluton ustidan uchib o'tishi, irsiyatni tahrirlash texnologiyasi - CRISPR/Cas9 hamda, bosh miyada yashiringan limfatik tizim. Aynan shu ilmiy natijalarni Science jurnali o'quvchilari 2015 yilning eng e'tiborga molik ilmiy yutuqlari sifatida e'tirof etishgan. Orbita.uz ushbu ilmiy natijalar va ularning amaliy ahamiyati haqida qisqacha hikoya qiladi.

Science jurnalining 2015-ilmiy yil yakunlariga bag'ishlangan soni 18-dekabr, juma kuni nashrdan chiqdi. Yakunlanayotgan yilda qayd etilgan eng e'tiborga molik ilmiy yutuqlarni reytingini tuzish uchun jurnal tahririyati o'z mushtariylari bilan maslahatlashishni ma'qul ko'rgan va o'z saytida kichik so'rovnoma o'tkazgan. Tahririyat o'z saytida mutolaachilarga murojaat qilib, 2015 yilda qayd etilgan va o'zlari uchun eng maqbul bo'lgan ilmiy natijalarni belgilashni taklif etadi. Ta'kidlash joizki, Science jurnalining asosiy mushtariylari bu - ilm-fan kishilari bo'lib, aksariyat mutolaachilar, ilm bilan professional ravishda shug'ullanuvchi kishilardir. Aytmoqchimizki, so'rovnomada ishtirok etganlarning aksariyati, nimani ko'zda tutayotganliklari haqida juda yaxshi tasavvurga ega bo'lgan kuchli mutaxassislar bo'lishgan. Balki shu tufaylidir, jurnal ko'zda tutgan top-5 ilmiy natijalar reytingi, yakunda kutilmaganda top-6 ga aylanib ketdi... Keling gapni cho'zmay, ushbu yakunlanayotgan 2015-yilning eng katta ilmiy natijalari bilan Sizni ham tanishtirsak. Demak:

Yangilаndi: 31.01.2025 09:03
 

Pyer Ferma

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Pyer Ferma

(1601-1665)

Pyer Ferma (1601-1665)

Pyer Fermaga bag'ishlangan marsiyalarda birida shunday deyilgan: "U asrimizning eng donishmand kishilaridan edi. Shunday serqirra va universal aql egasi ediki, agarda, boshqa olimlarning g'ayirligi kelmasa, men uning aql bovar qilmas xizmatlari va olimning o'zi haqida aytilishi lozim bo'lgan maqtovlarda, uning biror xislatini sanamay, eslamay qoldirib ketishni ayb deb bilardim...".

Yuqoridagi marsiya kimning nutqidan olingani noma'lum. Unda Fermaning qanday ulug'vor olim bo'lganligi, mubolag'adan holi tarzda ifodalanmoqda. Lekin afsuski, shu kabi maqtovnomalarda, Fermaning shaxsiyatiga ta'rif berishdan boshqa, olimning hayoti va faoliyati haqida biror jo'yali ma'lumotlar qayd etilmagan. Ferma haqida tarix juda oz tafsilotlarnigina asrab qolgan. Quyida ularning bori bilan baham ko'rishga harakat qilamiz:

Pyer Ferma, Fransiyaning janubidagi kichikroq Bomon-de-Loman shaharchasida dunyoga kelgan. Uning otasi, Dominik Ferma, shahar merining yordamchilaridan biri bo'lgan. Cherkov arxividagi, 1601-yilning 20-avgust sanasi bilan ro'yxatga olingan, Pyer Fermani cho'qintirish marosimiga taalluqli qaydnomada shunday yozilgan: "Burjuaziya vakili hamda, Bomon shahar ikkinchi konsuli Dominikning o'g'li Pyer". Olimning onasi esa, huquqshunoslar oilasiga mansub bo'lganligi, va uni Kler de-Long deb atashgani haqida uzuq-yuluq xabarlar mavjud.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:40
 

Yorug'likning elektromagnit nazariyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 38
Juda yomon!A'lo! 

Yorug'likning elektromagnit nazariyasi

� http://www.electrolibrary.info/historyO'z vaqtida Nyuton yorug'lik haqida mulohaza yuritar ekan, bu haqida, "yorug'lik - tezligi deyarli cheksiz bo'lgan mayda zarrachalardan tashkil topadi" deb ta'kidlar edi. Nyutonning zamondoshi bo'lgan yana bir mashhur fizik olim Xristian Gyuygens esa aksincha, yorug'lik to'lqin tabiatiga ega bo'lib, u xuddi tovushning havoda, yoki, istalgan biror moddiy muhitda tarqalishi singari tarqaladi degan g'oyani ilgari surardi. Taassufki, Gyuygensning g'oyalari Nyutonning ilmiy nufuzi soyasida qolib ketdi va akademik doiralarda unchalik ham katta qiziqishga sabab bo'lmadi. Hatto, odatda sermulohazaligi bilan ajralib turadigan kuchli olimlar ham, faktlarni tekshirib o'tirmasdan, shunchaki Nyutonning ta'kidlariga ishonib qo'ya qolishdi. Chunki, ularning fikricha, Nyuton noto'g'ri gapirishi ehtimoli mavjud emasdi...

Yangilаndi: 29.01.2025 09:01
 

Matematika olami Ayol matematiklar: Gipatiyadan Emmi Nyotergacha

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 29
Juda yomon!A'lo! 

Matematika olami

Ayol matematiklar: Gipatiyadan Emmi Nyotergacha

 

Ushbu kitob orqali kitobxon turli davrlarda yashab o‘tgan matematik olimalarning hayoti va ilmiy yutuqlari bilan tanishadi. Bular: Gipatiya va Lukretsiya Piskopiya, Karolina Gershel va Meri Sommervill, Ada Lavleys va Florens Naytingeyl, Sofiya Kovalevskaya va Emmi Nyoter, Greys Xopper va Juliya Robinsonlardir. Garchi ular turli davrlarda yashagan va matematikaning ham turli sohalarini tadqiq qilishgan bo‘lishsa-da, lekin beqiyos zakovat sohibasi bo‘lgan mazkur ayollarni bir narsa umumlashtirib turadi: ularning barchasi ilm-fanga benihoya muhabbat qo‘ygan, hamda, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq turli g‘aliz tushunchalarga qarshi kurashgan jasur ayollar hamdir. Ular o‘z ilmiy faoliyatlari va erishgan natijalari orqali, ayollarning intellektual salohiyati ham erkaklarnikidan aslo qolishmasligini, balki muayyan o‘rinlarda undan ham ustun bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berishdi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 14.12.2018 08:31
 

Tribolyuminessensiya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Tribolyuminessensiya

Tasavvur qiling, siz haqiqiy Amerika vestern muhitiga tushib qoldingiz. Aytaylik, Yuta shtatida yashovchi hindu qabilalaridan birining sardori bilan, odam bo'yi keluvchi kaktuslar o'sib yotgan cho'ldan kvarts qidirmoqdasiz. Kvarts kristallarini birqanchasini yig'ib olib, ularni bizon terisidan tikilgan maxsus shaqildoq ritual marjonga joylaysiz va qabila yeriga qaytib, maxsus diniy marosimda ishtirok etasiz. Qabila sardori maxsus raqs va harakatlar vositasida go'yoki, o'lib ketgan insonlarning ruhini chaqirmoqchi bo'ladi. Tun oqib, atrof qop-qorong'u bo'lgani uchun, siz boya sahrodan yig'ib kelgan kvarts bo'laklari solingan shaqildoqni shaqillatib ritual harakatlarni bajarayotgan shaman qo'lidan qandaydir sirli yog'dular, chaqnashlar bilan o'qtin-o'qtin nur chiqib turadi. Hozir qandaydir mo'jiza yuz beradigandek....

Yangilаndi: 28.01.2025 16:20
 


Maqolaning 24 sahifasi, jami 109 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13400315

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)