Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Parsek

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Parsek

Parsek - astronomiyada qo'llaniladigan masofa birligi. SI tizimiga kirmaydi. O'zbekcha belgilanishi pk (кирилл алифбосида пк), xalqaro belgilanishi pc. Termin «parallaks» va «sekund» so'zlarining birinchi bo'g'inidan yasalgan.

Bir parsek masofa - yillik trigonometrik parallaksi bir burchak sekundiga teng bo'lgan obyektgacha bo'lgan masofadir.

Muqobil ta'rifiga ko'ra esa, bir parsek bu - ko'rish nuriga perpendikulyar bo'lgan bir astronomik birlik (a.b.) kesmaning bir sekund burchak ostida ko'rinish masofasidir. Ushbu ta'rifga ko'ra, demak, bir parsek, katetlaridan biri 1 astronomik birlikka teng bo'lgan va o'tkir burchagi 1" bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning katta katetining uzunligidir:

Yangilаndi: 07.02.2025 13:58
 

Bor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Bor

Bor - atom raqami 5 bo'lgan, ikkinchi davrning o'n uchinchi guruhiga mansub element. Formulasi B. Oddiy modda shaklidagi bor kulrang, rangsiz, yoki, qizg'ish tusli kristall ko'rinishida; yoxud to'q rangli amorf modda ko'rinishida bo'ladi.  Borning 10 dan ortiq allotropik shakllari ma'lum. Ularning shakllanishi va o'zaro bir-biriga aylanishi muhitdagi haroratga bog'liq bo'ladi.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Yangilаndi: 23.01.2025 07:43
 

Gertsshprung-Rassel diagrammasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Gertsshprung-Rassel diagrammasi

Agar yulduzlarni fizik xossalariga ko'ra diagrammaga terib chiqilsa, ular o'z evolyutsion bosqichiga muvofiq, yaqqol namoyon bo'luvchi guruhlarga ajraladi

Yulduzlarning turlari ko'p. Diametri Quyoshnikidan 30 barobar katta bo'lgan yulduzlar ham bor va shuningdek, yerdagi yirik bir shahar kattaligicha keladigan o'lchamdagi yulduzlar ham bor. Shu darajada qaynoq yulduzlar borki, ularning nurlanish spektridagi asosiy rang - binafsharang bo'ladi; qolaversa, yana shu darajada «sovuqroq» yulduzlar ham borki, ular spektrda to'q-qizil rang bilan namoyon bo'ladi va juda xira tortib qolgan bo'ladi. XIX-asrda astronomiyada tub burilish sodir bo'ldi. Olimlar mumtoz falakkiyotshunoslik ilmi - klassik astronomiyadan chetlashib, astrofizika sohasiga qadam qo'ya boshladilar. Agar mumtoz astronomiyada markaziy savollar «Qayerda? qanday va qayoqqa harakatlanyapti?» qabilida qo'yilgan bo'lsa, endi, astrofizikada masalaning mohiyatini ochishi kerak bo'lgan savollar «Bu nima o'zi? Qanday kelib chiqqan va qanday tuzilgan?» - tarzida yangray boshladi. Bu boradagi qilinishi kerak bo'lgan birlamchi vazifalardan biri, yulduzlarni hech bo'lmaganda, tashqi qiyofasiga ko'ra tasniflash masalasi edi. Aynan shu masala ustida bir-biridan mustaqil ravishda bosh qotirgan ikki olim - Daniyalik Eynar Gertsshprung (1873-1967) va AQShlik Genri Rassel (1877-1957) tomonidan hozirda astrofizikada keng qo'llaniladigan va fanda «Gertsshprung-Rassel diagrammasini» deb yuritiladigan yulduzlar diagrammasi yaratilgan. Yozilishi va talaffuzi biroz qiyin bo'lgani sababli, Gertsshprung-Rassel diagrammasini ko'pincha «GR diagrammasi» deb qisqartiriladi.

Yangilаndi: 21.01.2025 09:02
 

Pandemiya, epidemiya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Pandemiya, epidemiya

Siz "demografiya" va "demokratiya" so'zlarini eshitgansiz albatta. Bu so'zlar bilan "pandemiya" hamda "epidemiya" terminlarining qanday aloqasi bo'lishi mumkin, hech o'ylab ko'rganmisiz?

Sezganingizdek, hammasining o'zagida "demos" qismi mavjud. Demos - qadimgi yunon tilida "xalq" va "aholi" degan ma'nolarni bildirgan. Yana ham aniqroq aytsak, bu - hur fuqaro degan ma'noni bildirgan. Bilasizki, qadimgi Yunonistondan quldorlik tuzumi mavjud bo'lgan va shu sababli, o'zi kimgadir qul bo'lmagan, aksincha quldor bo'lishi mumkin bo'lgan, erkin, ozod, hur kishilar qatlami aynan "demos" deyilgan. Keyinchalik, bu atama umuman, xalqni, butun fuqarolik jamiyatini ifodalaydigan ma'noga ko'chgan.

Yangilаndi: 03.02.2025 09:18
 

π sonini cheksiz qator yig'indisi sifatida ifodalanishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

π sonini cheksiz qator yig'indisi sifatida ifodalanishi

Cheksiz qator yig'indisi cheksiz sonlar to'plamining yig'indisidan iborat bo'ladi. Bu qatorlar matematikada muhim ahamiyatga ega. 1+2+3+... ko'rinishidagi qatorlarda, qator uzoqlashuvchi ekani aytiladi. Ifoda almashinuvchi qatorlarda esa har bir ikkinchi hadning ishorasi manfiy bo'ladi. Shundayin, ifoda almashinuvchi qatorlardan keltiriladigan bir misol, mana bir necha asrdan buyon matematiklarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda.

Yunoncha π harfi bilan ifodalanadigan «pi» soni, aylana uzunligining uning diametriga nisbatini ifodalaydi. Uni ko'rinishidagi oddiy formula orqali ifodalash mumkin. Shuningdek, trigonometriyadagi arktangens funksiyasini ham formulasi bilan ifodalash mumkin. Agar bu formulada arktangens uchun x=1 qiymatni qo'ysak, unda, natijada cheksiz qatorga ega bo'lamiz va uning yig'indisi π/4 ga teng bo'ladi.

Yangilаndi: 21.01.2025 07:54
 


Maqolaning 22 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135015

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis