Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Mariya Gaetana Anyezi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 21
Juda yomon!A'lo! 

Mariya Gaetana Anyezi

Mariya Gaetana Anyezining tarjimai-holi haqida gap ketganda, hashamat va nasl-nasab bilan bog‘liq jumlalarda birmuncha holi, oddiy shahar ayoli timsoli namoyon bo‘ladi. U Milanda tug‘ilib o‘sdi va butun umr o‘sha shaharning o‘zida yashab o‘tdi. Mariya Gaetana o‘ziga tinch, lekin juda kamtarona hayot kechirgan. Uning qalamiga mansub ajoyib ilmiy asarlar haqida bilmagan odam uchun, Mariya Gaetana Anyezi ham boshqa oddiy Milanlik uy bekalaridan biri sifatida nomi yodda ham qolmagan bo‘lardi balki. Lekin bu ayolning o‘tkir zehni va ajoyib matematik qobiliyati tufayli dunyoga kelgan asarlari, olima haqida asrlar osha bizgacha hikoya qilib kelmoqda.

Yangilаndi: 23.05.2019 12:12
 

Kilogramm ta'rifi o'zgardi. Xo'sh, innankeyinchi?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Kilogramm ta'rifi o'zgardi.

Xo'sh, innankeyinchi?

2019-yil 20-maydan e'tiboran SI tizimining yetti asosiy birliklaridan biri - kilogrammning qoidasi o'zgardi. Aniqrog'i, u murakkablashdi. Endilikda, kilogramm inson qo'li bilan yasalgan qandaydir bir material obyektga bog'liq emas. Aksincha, u ham, SI ning boshqa asosiy birliklari singari, fundamental tabiat qonunlari asosida qayta ta'riflandi. Yangi ta'rif aynan 20-maydan kuchga kirishi ham bejiz emas. Chunki, bu sana butunjahon metrologlar kuni sifatida nishonlanadi. Qarorni esa, O'TXQ 2018-yilning noyabr oyida bo'lib o'tgan XXVI Bosh konferensiyasida qabul qilgan ekan.

Yangilаndi: 29.01.2025 16:13
 

Zamin tin olmoqda. Tom ma'noda

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Zamin tin olmoqda. Tom ma'noda

COVID-19 pandemiyasining muayyan texnologiyalarning rivojiga ijobiy ta'siri haqida avval ham yozgan edik. Buni qarangki, epidemiyadan kutilmagan naf ko'rayotgan oz sonli sohalar, masalan, onlayn dars platformalari, yetkazib berish xizmatlari va antiseptik ishlab chiqaruvchilar qatorida, yana bir soha vakillari ham o'zlari uchun tarixda misli ko'rinmagan qulay ishlash imkoniyatiga ega bo'lishibdi. Kim deysizmi? Seysmologlar!

Yangilаndi: 22.01.2025 11:49
 

Yozuv mashinkasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Yozuv mashinkasi

XIX-asrning 70-yillarida boshlangan mashina inqilobi bir qarashda texnikadan ancha yiroq bo‘lgan faoliyat sohalarini, xususan matn yozish sohasini ham qamrab oldi. Ming yillar mobaynida odamzot matn yozish uchun faqat o‘z qo‘lidan foydalanib kelgan edi. Yozuv mashinkasi ixtiro qilinishi bilan esa, endi matn yozish masalasi ham mexanizm zimmasiga yuklanib, bir necha barobar tezlashdi. Endilikda, muayyan harf, yoki, so‘zlarni qo‘lda yozib o‘tirmasdan, mashinkadagi tegishli klavishni bossa kifoya! Yozuv mashinkasining paydo bo‘lishi inson hayot faoliyatida juda katta ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Xususan, uning natijasida, ish yuritish va kotibiyat, devon ishlaridagi samaradorlik bir necha barobar ortdi.

Yangilаndi: 26.08.2019 11:08
 

Lui Paster

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 52
Juda yomon!A'lo! 

Lui Paster

(1822-1895)

Zamonaviy mikrobiologiya asoschilaridan biri, odamzotni uzoq asrlar mobaynida dahshatga solib kelgan infeksion kasalliklar ustidan g'alaba qozonishida mislsiz ulkan xizmatlar ko'rsatgan olim Lui Paster 1822-yilning 27-dekabrida Fransiyaning Yura departamenti, Dol shahrida tug'ilgan. U tug'ilgan paytda, otasi allaqachon iste'foga chiqqan harbiy bo'lib, kichikroq teri oshlash korxonasini boshqargan. Paster oilasi katta va ahil oila bo'lgan. Oila boshlig'i - iste'fodagi harbiy Jan-Jozef Paster o'zi savodsiz odam bo'lgan uchun, bolalarini yaxshi ta'lim olishini istagan va ularga imkon qadar barcha sharoitni hozirlab bergan.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:38
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 109 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13882409

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!