O‘zbekistonning havaskor astronomlari

14.01.2021 16:57 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Maqolalar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

O‘zbekistonning havaskor astronomlari

O‘zbekistonda Havaskor Astronomlarning o‘rni haqida gap ketishidan avval bu fan haqida qisqacha eslab o‘tamiz. Astronomiya fani bilan qadim qadimdan va o‘rta asrlarda buyuk olim va allomalarimiz shug‘ullanib kelishgan. O‘zbekiston zamini astronomiya faniga buyuk olimlarni yetishtirib bergan. Astronomiya fanini gapirganda Mirzo Ulug‘bek, Al-Beruniy, Ali Qushchi kabi buyuk olimlarni eslab o‘tmasdan iloj yo'q va ularning astronomiya faniga qilgan xizmatlari butun dunyoga ma’lum va mashhurdir.

Hozirda ham bu fan bilan shug‘ullanishda davom etayotgan ustozlar va yosh olimlar bilan O‘zbekiston doim faxrlanadi. Sh. Egamberdiyev, Y. Tillayev, I. Asfandiyarov, B. Xafizov, B. Axmedov, O. Burxonov, A. Matekov, A. Tursunov va yana bir qancha olimlar va ilmiy xodimlar shular jumlasidandir.

Zamonaviy O‘zbekistondagi astronomik kuzatishlar jabhasida, olimlar va yosh ilmiy xodimlar qatorida, shuningdek, joylarda mustaqil kuzatishlar olib borayotgan havaskor astronomlar ham o‘z o‘rniga ega. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda 13 nafar havaskor astronomlar faoliyat yuritishmoqda.

Biz ushbu maqolamizda sizlarni ular bilan qisqacha tanishtirmoqchimiz.

Samarqandlik havaskor astronom Karaev Ma’ruf

Ismi sharifi: Karaev Ma'ruf, 1989-yilda tug'ilgan
Samarqandda kuzatuv olib boradi. 
Kuzatuv asbobi: Celestron, Meade, DeepSky va Coronado Solar MaxII,
Mount: Adwanced VX, LX200,
CCD & DSLR: ZWO ASI 290MM, ZWO ASI 183MC pro & Canon 60D


Samarqandlik havaskor astronom Karaev Maqsad

Ismi sharifi: Karaev Maqsad, 1989-yilda tug'ilgan
Samarqandda kuzatuv olib boradi. 
Kuzatuv asbobi: NexStar 80/900 GT-L,


Toshkentlik havaskor astronom Artyom Grigoryan

Ismi sharifi: Artyom Grigoryan, 1978-yilda tug'ilgan
Toshkentda kuzatuv olib boradi.
Kuzatuv asbobi: Sky-Watcher 300P quatro,
Mount: TMSH70 Dobson GoTo


Toshkentlik havaskor astronom Axmedov Timur

Ismi sharifi: Timur Axmedov, 1977-yilda tug'ilgan
Toshkentda kuzatuv olib boradi.
Kuzatuv asbobi: APO ED80, APO 140mm APM, Lunt Solar filter 50mm,
Mount: HEQ5-Pro,
CCD & DSLR: Canon EOS250


Toshkentlik havaskor astronom Sultanov Shohruh

Ismi sharifi: Shohruh Sultanov, 1988-yilda tug'ilgan
Toshkentda kuzatuv olib boradi.
Kuzatuv asbobi: Sky-Watcher 150/775,


Namanganlik havaskor astronom Yusupov Ilhombek

Ismi sharifi: Ilhombek Yusupov, 1995-yilda tug'ilgan
Namanganda kuzatuv olib boradi.
Kuzatuv asbobi:


Navoiylik havaskor astronom Alisher Ergashev

Ismi sharifi: Ergashev Alisher, 1986-yilda tug'ilgan
Navoiyda kuzatuv olib boradi.
Kuzatuv asbobi: Celestron 8Se,
Mount: Nexstar


Buxorolik havaskor astronom Muinov Obid

Ismi sharifi: Obid Muinov, 1986-yilda tug'ilgan
Buxoroda kuzatuv olib boradi.
Kuzatuv asbobi: Meade LS 8” ACF,


Andijonlik havaskor astronom Rustam Akbarov

Ismi sharifi: Rustam Akbarov, 1988-yilda tug'ilgan
Andijonda kuzatuv olib boradi.
Kuzatuv asbobi: Sky-Watcher Explorer 200P,
Mount: EQ-6Rpro,
CCD & DSLR: Canon 550D


 

Hozirgi kunga kelib bu havaskorlar turli osmon jismlarini doimiy ravishda kuzatib borayaptilar va olingan natijalarini ijtimoiy tarmoqlari orqali astronomiya ixlosmandlariga ulashib kelishmoqda. Yaqin kelajakda O‘zbekiston tarixida kuzatilmagan astronomiya festivali - Uz-Astrofest tashkillashtirilishi mumkin. Astrofest tashkillashtirishdan asosiy maqsad astronomiya ixlosmandlarini bir joyga yig‘ib kuzatuvlar olib borish va yoshlarni bu fanga qiziqtirishdir.

Havaskor astronomlarning telegram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z  guruh va kanallari mavjud.

Quyidagi havolalar orqali, ushbu kanal va guruhlar bilan tanishib, bu fan haqidagi suhbatlarda ishtirok etishingiz va ilm almashinib, ilm o‘rganish mumkin.

H.A. & UzAstroFest - https://t.me/HavaskorAstronomlar
KOINOT SIR LARI- https://t.me/astronomiya

Online Astronomiya- https://t.me/peakofastronomy

 

Maqola muallifi: Maruf Karaev

Yangilаndi: 14.01.2021 19:05