Elektr toki kuchi birligi - Amper

25.01.2014 05:43 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - SI ning asosiy birliklari
Chop etish
Maqola Reytingi: / 34
Juda yomon!A'lo! 

Elektr toki kuchi birligi - Amper

Tok kuchi va qarshilik uchun "Xalqaro birliklar" deb atalgan birliklar 1893-yilda Chikagoda o‘tkazilgan Xalqaro Elektr Kongressida tasdiqlangan va "Xalqaro amper" va "Xalqaro om" larning ta'riflari 1908-yildagi London kongressida qabul qilingan edi.

Garchi 8-O‘TXK da ham elektr sohasiga tegishli "Xalqaro birliklar" ning "Mutloq birliklar" bilan almashtirilishi yakdil ma'qullangan bo‘lsa hamki, bu faqat 9-O‘TXK (1948) da O‘TXI taklif etgan quyidagi ko‘rinishda qabul qilindi (1946, 2 -Rezolyutsiya; PV, 20, 129-137):

Amper - vakuumda bir-biridan 1 metr masofa uzoqlikda joylashgan cheksiz uzun va o‘ta kichik ko‘ndalang kesimga ega ikki parallel o‘tkazgichdan o‘tganda, o‘tkazgichning har 1 metr uzunligida 2·107 Nyuton o‘zaro ta'sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchiga teng.

Bundan kelib chiqadiki, tarqalish muhitining magnit singdiruvchanligi nomi bilan ham ataladigan, magnit doimiysi - μ0 ning qiymati μ0=4π·10–7 Genri taqsim metrga aniq teng. μ0=4π·10–7 H/m.

1946-yildagi asosiy matnda ko‘rsatilgan "MKS kuch birligi" so‘zi bu joyda 9-O‘TXQ tomonidan tasdiqlangan "nyuton" so‘zi bilan almashtirildi. (1948, 7-Rezolyutsiya; CR, 70).

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 05.11.2019 10:26