Arximed qonunining kashf etilishi

07.04.2013 04:34 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Kashfiyotlar tarixi
Chop etish
Maqola Reytingi: / 34
Juda yomon!A'lo! 

Arximed (mil.avv. 287-212 y.) Yunonistonning Sirakuza shahrida deyarli butun umr shu shaharda yashab o‘tgan. Uning otasi Fidiy ismli munajjim bo‘lib, shahar hokimi Gieron huzuridagi ko‘zga ko‘ringan arboblardan biri bo‘lgan. Arhimed ham ko‘plab zmondoshlari singari, Misrdagi Ptolomeylar sulolasi tomonidan asos solingan ilg‘or ilm-fan, yetuk mutafakkirlar olimlar va eng katta kutubxonalar maskani - Iskandariyada ta'lim oldi.

Iskandariyadagi ta'lim yakunlanganidan so‘ng, Arximed Sirakuzaga qaytdi va o‘z otasining hizmat vazifasini davomchisi sifatida faoliyat yuritdi.

Nazariy fan sohasida ushbu buyuk olimning mehnatlari tahsinga loyiq bo‘lgan. Arximedning asosiy ilmiy ishlari matematika va geometriya, gidrostatika, mexanika hamda fizika sohalaridagi muammolarining amaliy yechimlarga tadbiqi bo‘lgan. «Parabola kvadraturasi» asarida Arximed parabolaik segmentning maydonini hisoblash usulini batafsil bayon etdi. Shuni ta'kidlash kerakki, Arximed, integral hisoblashlar kashf etilishidan ikki ming yil avval ushbu yechimni uddalagan. «Aylana o‘lchamlari haqida» asarida esa Arximed «pi» sonini qiymatini aniqladi va uning har qanday aylana uchun o‘zgarmas qiymat ekanligini isbotladi. Biz hozirgacha butun sonlarni Arximed o‘ylab topgan usul bilan hisoblaymiz.

 

Qadimiyatning buyuk notiqi sifatida bizga ma'lum bo‘lgan Sitseron «Arximed sferasi» - Osmon jismlarining yer atrofida aylanishi modelini ko‘rib, «bu Sitsiliyalik odam tabiatan imkonsiz bo‘lgan aqliy qobiliyat egasi» deb ta'rif bergan ekan.

Arximed shuningdek jismlar faqat o‘lcham va shaklgagigina ega bo‘lib qolmay, balki ular ma'lum kuch ta'siri tufayli harakatlanishi yoki harakatdan to‘xtab muvozanatlanishi mumkinligini ilmiy asoslashga harakat qilgan va buni u matematikaning yangi yo‘nalishi sifatida, «geometrik shaklga ega bo‘lgan moddiy jismlar, ayni holatda holatda o‘z vaznini ham saqlashi» tarzida ifodalagan. Mohiyatan bu «ratsional geometriya» - mexanika, statika va gidrostatikaning boshlanishi deb hisoblash mumkin.

 

Gidrostatika borasidagi izlanishlarini Arximed o‘zining «Jismlarning suzishi» asarida bayon qiladi. «Tasavvur qilamiz - mulohaza qiladi olim, - suyuqlik shunday tabiatga egaki, «agar suyuqlik biror idishga zichlanmagan va boshqa bir narsa bilan siqilmayotgan bo‘lsa undagi bir sathda joylashgan va bir biriga jipsroq joylashgan zarrachalarning nisbatan kam siqilganlari, o‘ziga nisbatan tik joylashgan, nisbatan ko‘proq siqilganlari tomonidan itariladi.

Ushbu farazga asoslanib Arximed, quyidagi hodisalarni matematik jihatdan asoslab isbotlab beradi:

1) Suyuqlik bilan teng vaznga ega bo‘lgan jism unga tushirilganida (botirilganida) u suyuqlikka shunday botadiki, uning biror qismi suyuqlik ustiga chiqib qolmaydi va pastga harakatlanmaydi.

2) Agar suyuqlikdan ko‘ra yengilroq jism unga botirilsa, jism to‘liq botmay (cho‘kmay) qoladi va uning bir qismi suyuqlik yuzasida qoladi.

3) Agar suyuqlikdan ko‘ra yengilroq jism unga botirilsa, ushbu jism suyuqlikka shunday botadiki, bunda uning ining suyuqlikka botib turgan qismi hajmiga teng hajmdagi suv og‘irligi, ushbu jismning umumiy og‘irligiga teng bo‘ladi.

4) Suyuqlikdan ko‘ra yengilroq jism unga tushirilganida, jism hajmiga ten hajmdagi suv og‘irligiga teng kuch bilan yuqoriga itariladi.

5) Suyuqlikka undan ko‘ra og‘irriq jism tashlansa, u ushbu suyuqlik tubiga yetgunicha cho‘kadi va suyuqlik ichida o‘z hajmiga teng hajmdagi suyuqlik og‘irligi miqdoricha yengillashadi.

So‘nggi 5-ta'rifot amalda, hammaizga ma'lum bo‘lgan mashhur afsona - Sirakuza podshosi Gieronning toji tarkibidagi ma'danlar miqdorini topilishi bilan bog‘liq holda ochilgan Arximed qonunini ifodalaydi. Arximed qonuning ilk marotaba amalda qo‘llanilishi haqidagi ushbu mashhur hikoya qadimgi Rimlik Vitruviyning «Me'morchilik haqida» nomli asarida quyidagicha keltiriladi:

...o‘z mulohazalaridan kelib chiqib u ikkita quyma tayyorladi: biri oltindan, ikkinchisi kumushdan. Keyin u idishni chetlarigacha (lim-lim) qilib suv bilan to‘ldirdi va unga kumush quymani tashladi. Kumush quyma hajmiga teng hajmdagi suv idishdan toshib chiqib ketdi. Quymani chiqarib olib, idishga, undagi kamaygan suv miqdorini to‘ldirishga yetarlicha bo‘ladigan hajmda suv quydi va quyayotgan suvi miqdorini sekstariy bilan o‘lchab, qayd qilib oldi. Idish yana eng chetlarigacha limmo-lim suv bilan to‘ldi.

Bu orqali u ma'lum hajmdagi suvga qanday vazndagi kumush to‘g‘ri kelishini aniqlab oldi.

Huddi shu usul bilan u oltinni ham tegishli vazn va unga mos suv hajmi qiymatlarini aniqladi. U oltin quymasini suvdan olgandan so‘ng, idishni qayta to‘ldirish uchun sarflangan suv miqdori kumush quyma bilan bo‘lgandagidan kamroq ekanini aniqladi va bu orqali, teng vazndagi oltin va kumushning hajmlari orasidagi farqni topdi!

Keyin esa u, idishni yana suv bilan to‘ldirib, unga tojni tashladi. Shuni aniqladiki, toj, o‘z vazniga teng bo‘lgan vazndagi oltin quymasiga nisbatan ko‘proq hajmdagi suvni siqib chiqardi; shu tarzda u zargarning toj tayyorlanishida ishlatgan hiylasini va toj tarkibidagi kumush aralashmasi miqdorini aniqladi.

Bu hikoyada faqat Arximedning tojning ma'danlar aralashmasidan iboratligi, ya'ni uning sof oltindan emasligi haqidagi mulohazalari va hulosasi aniq tavsiflangan, ikkinchi modda kumush yoki o‘sha davrda jamiyatga ma'lum bo‘lgan istalgan ma'danlardan biri bo‘lganbo‘lishi mumkin. Lekin Arximedning bu kashfiyoti, tarixda ilk marotaba buyumlarning butunligini saqlagan holda uning kimyoviy tarkibini amaliy tahlil va nazorat qilishning fizik o‘lchash usullarini amalda qo‘llash hodisasi bilan ham ayniqsa qadr-qimmatlidir.

Ushbu kashfiyotning o‘ta muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lganligidan, ungacha bunaqa usullar amaldan umuman bo‘lmagan davrda, ommaviy e'tiborni o‘ziga qaratdi va keyingi bir necha asrlar davomida amaliy tadqiqotlar va izlanishlar markazida bo‘ldi.

Ma'lumotlarga ko‘ra Arximed o‘zi ham, qayd etilgan tajribalarning o‘zi bilan chegaralinib qolmay, yana ham aniqroq miqdorlar va o‘lchovlar ustida ishlar olib borgan. XII asr arab olimi al-Hazini o‘zining «tafakkur tarozilari haqida kitob» asarida, Rim imperatori Domitsian (mil.avv. 81-96 y.) davrida yashagan, ammo asarlari bizgacha yetib kelmagan yunon muallifi Manel bir asaridan iqtibos keltirar ekan, «Arximed tojni shaklini buzmasdan ham, uning tarkibida qancha oltin va qancha kumush borligini aniqlay oladigan murakkab tuzilishga ega mexanik vosita ixtiro qildi» deb yozadi. al-Hazini o‘z asarida shuningdek harakatlanuvchi yukli «Arximed tarozusi»ning tuzilishi sxemasini ham keltirgan. Ushbu tarozida Arximed, yuqorida aytib o‘tilgan suvdagi oltin va kumush quymalarining vaznlarini taqqoslab ko‘rib, harakatlanuvchu yuk yordamida tekshirilayotgan buyum (toj)dagi oltin va kumushning solishtirma og‘irliklarini aniqlashi mumkin bo‘lgan ekan.

IV-asrda yashab o‘tgan Kirenalik olim Sineziy, Arximed tamoyillariga asoslangan holatda «gidroskop» suyuqliklarning solishtirma og‘irliklarini aniqlovchi asbob areometrni kash etgan. Bu asbob bronzadan tayyorlangan bo‘lib, tirqishlarga ega bo‘lgan. Aftidan bu asbob turli hil suyuqliklarning solishtirma og‘irliklarini aniqlash uchun ishlatiladigan jadvallar tuzish uchun bo‘lsa kerak. Lekin bunday jadvallar bizgacha yetib kelmagan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 14.09.2018 09:07