Galileo Galiley. Medichi yulduzlari. (ikkinchi hikoya)

15.05.2013 15:40 Muzaffar Qosimov Olimlar - Horijiy olimlar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Medichi Yulduzlari

1979- yilning  noyabrida  Vatikan  1633-yili inkvizatsiya sudi hukm qilgan Galileo Galileyni oqlamoqchi bo‘ldi. U vaqtda Galileyni «Quyosh Olamning markazi, u harakatlanmaydi, Yer esa Olamning markazi emas va harakatlanadi, degan to‘g‘riga o‘xshash  fikriga  ishongani va uni himoya qilgani uchun...» «xudosizlikda  kuchli gumonsirashgan» edi. Galileyni oqlash haqidagi gap II Vatikan  Soborida (1962-1965) ham bo‘lgan edi.  Oqlashni  olimning  400  yilligiga (1964-yilga)  to‘g‘rilashmoqchi  edi,  ammo,  hatto ilm fan shunchalik  taraqqiy etgan  XX-asrda  ham nasroniy dini katolik mazhabi ruhoniylari uchun masala bahsli - tortishuvli  bo‘lgani uchun ulgurishmadi. Shunday bo‘lsada, Galiley asarlari (Kopernik va Keplerlarning asarlari) bilan bir qatorda 1835 yildayoq «Taqiqlangan indeks»dan chiqarilgan edi. Galiley ustidan sud, uning qaytarilishi odamlarni, ko‘pgina fandan yiroq kishilarni ham uch yarim asr davomida hayajonlantirib keldi. Bunda badiiy adabiyot ajratgan e’tibor ham xarakterli. (Bertold  Brextning Galileyning hayoti»  pyesasini eslash kifoya.)

XVI va XVII-asrlar chegarasida odamlar va olimlar tasavvurida ham Olam tuzilishi  masalasi  ancha  chalkash  edi.  Eramizdan  oldingi IV asrda Aristotel bizga ko‘rinadigan yettita sayyora Yer atrofida aylanadi, aslida esa ular mahkamlangan  xrustal  sferalar  aylanadi, sakkizinchi sferani qo‘zg‘almas Yulduzlar egallaydi,— deb tasdiqlaydi. Munajjimlar sayyoralarni quyidagicha turlarga  ajratishgan: ikkita yoritqich — Oy va Quyosh, ikkita yomonlik olib keluvchi sayyora — Mars va Saturn, ikkita yaxshilik manbai bo‘lgan sayyora — Yupiter  va Venera hamda  bitta  betaraf  sayyora — Merkuriy.


Aristotelning,  ayniqsa,  uning   izdoshlarining  qoidalarida bu sxemadan og‘ishini,  aytaylik, sayyoralarning ajoyib «qaytma» harakatlarini — biror momentda sayyoralar ko‘rinma harakati yo‘nalishini qarama-qarshisiga o‘zgartirishini  tushuntirish   yo‘q edi.  Asta-sekin  bu  qoida  bilan kuzatishning aniq  belgilangan  ma’lumotlari  orasida qarama-qarshilik paydo bo‘ldi.  Eramizning  II- asrida  Ptolomey  kuzatish ma’lumotlarini maksimal hisobga oladigan  sistema  tuzdi.  Bunda  u sayyoralar yordamchi (episikllar) aylana bo‘ylab harakatlanib, o‘z navbatida bu aylanalarning markazlari (deferenti) Yer atrofida aylanadi, deb hisoblaydi. Yangi  ma’lumotlarni hisobga olish ishtiyoqi sistemani yanada murakkablashtirishga olib keldi. Sistemani saqlab qola olgan olimlarning  matonat  va  aqliga  qoyil  qolish lozim.

Nikolay Kopernik (1473-1543) butunlay kutilmagan  yo‘lni taklif etdi. Uning diqqat bilan ishlab chiqqan, kuzatishlar bilan mos keluvchi sxemasi Quyosh sistemasiga  yondoshuvning  bugungi  barcha asoslarini  o‘z ichiga oladi: sayyoralar Quyosh atrofida aylanadi, jumladan Yer ham; bundan tashqari, Yer sutkalik  harakat qiladi; Oy  Yer  atrofida aylanadi. Bunday   yondoshishda   kuzatish  ma’lumotlari  bilan moslashtirishda  aniqlanmagan momentlar qolsa ham sistema juda ham soddalashdi. Kopernikning fikricha sayyoralarning harakati aylanalar bo‘ylab tekis harakatga (Aristoteldagi kabi) yaqin, ehtimol, albatta bo‘ladigan og‘ish mohiyati unchalik bo‘lmasa-da, yana Ptolemeydagi kabi episikllarni talab etgan. Episikllar orbitalarning elliptik ekanini kashf  etgan Keplerdagina  yo‘qoldi.  Kopernikning  sistemasi  sifatiy  hodisalarga asoslangan sof tavsifiy nazariya emas edi. Unda juda ko‘p sondagi hisoblashlar bor edi; Quyoshgacha  bo‘lgan  masofa, aylanishlar davrlari va hokazo. Faqat mana  shunday nazariya Ptolemeyning kuzatishlarni hisobga olgan nazariyasi bilan raqobat qila olardi.

Yerning aylanishi  mumkinligini  pifagorchilar  ham  ko‘rsatgan edi. Shu sababli  ham  cherkov  yerning aylanishi  haqidagi  nazariyani  pifagorchilarniki deb atagan edi. Bu yerda quyidagi sababga ko‘ra Kopernikning nomini tilga olmaslikni lozim topishdi. Kopernikning «Osmon sharlarining aylanishi haqida» degan (u vafot etgan yili nashr etilgan) kitobida so‘z boshi bo‘lib (ehtimol, uni Kopernik yozmagandir), unda  Kopernik  tizimi  faqat astronomik hisoblashlar uchun  qulay  matematik  sxema  deb  e’lon qilingan edi. Unda qaraladigan harakatlar  esa  xayoliy deb e’lon qilindi.  Demak,  kitobda  «haqiqiy» harakatlar haqida so‘z bormaydi. Bu matematiklarning  xizmat  vazifasiga  kirmaydi! Bu masalani  faylasuflar  va  dindorlar  diniy  kitoblardagi  aqidalarga mos ravishda hal etmoqlari kerak. Kitob  papa Pavel III ga bag‘ishlangan edi. Bunday kelishuv cherkovni  qanoatlantirar  va  kitobni  dinsiz deb ayblab bo‘lmasdi. Matematiklarga  o‘z hisoblashlarida xayoliy sxemalardan foydalanishga ruxsat etilgan edi. Kopernikning  jadvallaridan  foydalanuvchi iezuit-astronomlar, xususan, taqvimlarni  qayta  tuzish ishlarini  qiladigan  hisoblashlarda bundan foydalanishlari  istisno emas edi.

So‘zsiz  Yer  harakatlanmaydi,  Quyosh harakatlanadi degan ta’limot qolishi lozim edi. Hatto, boshqa  sayyoralar  haqida  ham cherkov  bunchalik murosasiz emas edi (diniy kitoblarda ular haqida hech narsa yozilmagan). Tixo Bragening Quyosh Yer atrofida, qolgan sayyoralar esa quyosh atrofida aylanadi, degan sistemasiga  ham  chidashgan. O‘sha Tixo Brage kometalar haqiqiy  dunyoga tegishli emas, ular tashqaridan keladi deb (aytganday Galiley boshqa nuqtai nazarda edi) o‘z mohiyatiga ko‘ra billur sferalar bilan xayrlashgan edi.

Shunday qilib, Kopernik sistemasi  qulay  matematik sxema, pifagorchilar ta’limoti esa dinsizlik. Chegara ana shunday o‘tardi. Bunday murosasozlikka  Galiley  tayyor  emas edi;  «Mening  fikrimcha Kopernikni bo‘shashtirish kerak emas,  chunki  Yerning  harakati, Quyoshning harakatlanmasligi  uning  ta’limotidagi eng  muhim  jihat  va  umumiy  asosdir. Shu sababli, uni butunlay rad etish yoki u qanday bo‘lsa, Shunday qoldirish lozim!» Galiley  Yerning harakati xayoliy  bo‘lmay,  balki  haqiqiydir  degan  fikrda  qat’iy  turdi.

Olamning  geliotsentrik  tizimi  uchun bo‘lgan keskin kurashga  Galiley  oddiy  yo‘l  bilan  kelmadi.  Kopernikning  tizimiga  juda   erta ishonib, ancha vaqtgacha o‘zining  bu tizimni  qo‘llab-quvvatlaydigan  dalillarini  e’lon  qilishga  jur’at etmadi (bu haqda 1597-yili Keplerga yozilgan xat guvohlik beradi).

XVII-asr  Quyosh  sistemasiga o‘xshash boshqa Olam haqida  fikr yurituvchi  shoir  va  faylasuf  Jordano Brunoni  namoyishkorona  ravishda   gulxanda  kuydirish  bilan  boshlandi. 1610 yili Galiley o‘z ilmiy ijodining eng yuqori cho‘qqisiga keldi: tabiiy harakatlar (erkin tushish va yuqoriga otilgan jism harakati)ni  yigirma  yillik  tadbiqi  ajoyib yakunlandi. U o‘zining buyuk kashfiyotlari haqida kitob boshlaydi va kutilmaganda uni noma’lum muddatga kechiktiradi. Nima bo‘ldi?  Galileyning ilmiy faoliyatida Shunday voqea ro‘y berdiki, bu ishchan  Galileyning  butun yoshligi sarflangan kashfiyotlarini nashr etishni ikkinchi darajaga surishga majbur etdi. Galiley o‘zining Kopernik sistemasini yoqlaydigan hal qiluvchi dalillari bor va bundan buyon uning hayoti o‘sha  g‘oyalarni  targ‘ibot  etishga  qaratilishi  lozim  degan  qarorga keladi.  O‘sha  muhim  dalillarni eslaylik.


 

 

«Yangi ko‘zoynaklar». Buyuk  olimlar  haqida hikoya qilganda  ko‘pincha hayotiy ishlarga e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Galileyning Pizadan Paduyaga kelishining  sabablaridan biri maoshning ancha yuqoriligi edi. Bu yerda uning moddiy hayoti ancha mustahkam bo‘ldi. Dastlabki  maoshi 180 florin, asta-sekin bo‘lsada, orta bordi;  Galiley alohida shug‘ullanuvchi — ko‘pincha, uning uyida yashovchi  yosh oqsuyak  boyvachchalar qo‘shimcha  daromad keltirar edi. Ammo singillari  uchun  to‘lanadigan   qalinlar  Galileyning   ustiga tushar, uning o‘z oilasi  ham kengayib borar va ko‘proq mablag‘ talab etar  edi. 1609- yili  Galiley  o‘z maoshini navbatdagi oshirilishi haqidagi kelishuv bilan band edi.  Venetsiya  respublikasining  qizg‘anchiq  sinoriyasining  pulini biror amaliy tadbiqqa  ega bo‘lgan   kashfiyotgina  chiqara olar edi. Galiley  texnik  masalalarni  ham  bilar edi. Uning  uyida  yaxshi  ustaxona  bo‘lib, Yaqinda u qulay («geometrik va  harbiy») proporsional  sirkul  yasadi  va bu asbobning yasalishi va  tarqalishini o‘zi kuzatib turdi. Snaryad trayektoriyasining parabolaligiga asoslangan otishlar jadvali haqida  ham  o‘ylash mumkin edi. Ammo kutilmaganda butunlay boshqa g‘oya  vujudga keldi.

1608-yili Gollandiyada uzoqdagi buyumni ko‘ra olish imkoniyatini  beruvchi  kuzatish trubasi vujudga keldi; ularni ba’zan «yangi ko‘zoynaklar» deb ham atashardi. Leonardo da Vinchi ham Oyni katta qilib ko‘rsatadigan ko‘zoynaklar haqida, Rojer Bekon esa odamni tog‘dek qilib ko‘rsatadigan ko‘zoynak haqida gapirgan edi. Kashfiyot sharafini optika ustalari Lippersgey va Andriansenlar tortishardi. 1609-yilning boshlarida bunday trubani  Gollandiyada  bir necha soldoga  sotib  olishi mumkin edi. Yilning o‘rtalarida truba Parijda ham paydo bo‘ldi. Genrix IV yangilikka ishonchsizlik bilan qaradi. U menga hozirgi paytda uzoqdagi  narsalarni emas, balki yaqindagi narsalarni kattalashtiruvchi ko‘zoynaklar kerak,— dedi. O‘shanda  bir chet  ellik kuzatish  trubasining  vujudga kelishi  haqidagi  tafsilotlarni  o‘ylamasdan  uni  Venetsiya respublikasiga sotmoqchi  bo‘ladi.  Galileyning  o‘rtog‘i  Paolo Sarpi kuzatish trubasidan «urushda, quruqlikda va dengizda»  foydalana  olish imkoniyati haqida salbiy  taqriz berdi. Dastlabki trubalar mukammal emas edi. Galiley truba haqida Venetsiyada ekanida eshitdi.

«...Bu haqida eshitgach, o‘sha paytda yashaydigan Paduyaga qaytdim va bu masala ustida bosh qotira boshladim. Qaytganimdan so‘nggi birinchi kechada uni hal qildim, ertasiga asbobni yasadim va bir kun oldin Shu narsani birgalikda muhokama qilgan Venetsiyadan do‘stlarimga xabar berdim. O‘sha vaqtdayoq ancha mukammal bo‘lgan asbob yasashga kirishdim, olti kundan keyin esa uni Venetsiyaga olib keldim». Boshqa joyda bu holat yanada tantanaliroq ifodalanadi; «...mehnat  va mablag‘ni ayamay, shunchalik  mukammal asbob yasashga erishdimki, agar u orqali buyumlarga qaralsa, tabiiy  holatdagisiga qaraganda, ming marta kattaroq, o‘ttiz marta yaqinroq ko‘rinar edi. Bunday asboblarning quruqlikda ham, dengizda ham qanchalik qulay ekanini sanab o‘tirish butunlay ortiqcha bo‘lar edi».

Haqiqatda esa, trubaning xususiyati unchalik maqtarlik emas edi. Galileyning birinchi trubasi uch marta kattalashtirar, Venetsiyaga olib borgani esa sakkiz marta kattalashtirar edi. Galiley o‘zining mukammal trubasi yordamida sinoriya  a’zolarini o‘z  iltimosiga  moyil qilaman deb o‘ylaydi (ehtimol, bu g‘oya Sarpinikidir). 21 avgust  kuni Venetsiyaning  eng hurmatli  kishilari  Muqaddas Mark  ibodatxonaning  qo‘ng‘iroqxonasidan shaharning ayrim kvartallarini tomosha  qilishdi, 24 avgustda  esa  Galiley o‘z trubasini Venetsiyaning Doji (hokimi) Leonardo Donatoga tantanali ravishda topshirdi. Galiley o‘z sovg‘asini reklama  qilishda  qizg‘anchiqlik  qilmadi. Kelajak  ma’nosidagi  Perspektiva emas, proyeksiya  ma’nosida  so‘z  yuritarkan, u asbobning g‘oyasini «perspektiva haqidagi eng ezgu niyatlar natijasida» olganligini aytadi.

Keyinchalik, Galiley o‘zining hissasini orttirib yuborgani yoki birovning kashfiyotini o‘zlashtirib olgani haqida (bu haqida Brextning pyesasida gap boradi)

ko‘p  gapirishdi. Umuman, Galiley o‘z  nashrlarida  trubasini  gollandiyaliklarning kashfiyotini eshitib, (ammo, to‘liq tafsilotga ega bo‘lmay va «flamand perspektivasini  ko‘rmay»)  yasaganini  tan oladi. Keyinchalik o‘z yo‘lining mutlaqo o‘ziga xos (original) ekanini qayd etadi: «Endi  biz  Gollandiyalik  teleskop kashfiyotchisi odatdagi ko‘zoynaklarni yasovchi usta ekanini bilamiz. Tasodifan, oddiy  navdagi ikki oynakni tayyorlayotib, u biri qavariq, ikkinchisi esa botiq va ko‘zdan  to‘g‘ri masofada joylashgan ikki oynak orqali qaradi, bunda vujudga kelgan effektni ko‘rib  qoldi, Shunday qilib, asbob kashf etdi. Men esa yuqoridagi xabar natijasida harakatga tushdim va uni mulohaza yordamida kashf etdim». Teleskop degan nomni 1611  yili  Galiley  trubasi Rimda namoyish qilinganda  Chezi tavsiya qilgan (keyinroqda qarang); ilgari Galiley «perspektiva» terminidan foydalangan. Galiley nazarining amaliyotdan ustun ekanini namoyish qildi deb hisoblash mumkin: uzoq  yillar  hech  kim  imkoniyati  jihatidan Galiley trubasi bilan solishtiriladigan truba yasay olmadi (xususan, shu sababli ham Galileyning astronomik  kuzatishlari  tasdiqlanmadi).

Galileyning  trubasi  o‘z  o‘rnini  topdi: Galileyga umrbod ming florin yillik maosh tayinladi, matematik bunday narsani ko‘z oldiga keltira olmas edi  ham. Galiley sinoriya uchun 12 ta  truba  yasashi,  boshqa  hech  kimga  truba  yasamasligi  lozim  edi.

 


 

 

«Yulduzlar axboroti». Tezda Galiley 20 marta kattalashtiradigan trubaga ega bo‘ldi. So‘ngra u «yerdagi ishlarni qoldirib, osmondagi ishlarga murojaat etdi». 1609- yilning  oxirida  Galiley truba orqali  Oyni ko‘radi  va «Oyning sirti notekis va silliq ham emas, bir to‘da faylasuflar  fikr qilganidek, to‘liq  sferik  ham emas, aksincha  notekis   g‘adir-budur, Yer  sirti  kabi  chuqurliklar  va  balandliklar bilan qoplanganligini» aniqladi. Bundan tashqari, Galiley Oyning Quyosh bilan yoritilmagan qismining kulrang ekaniga e’tibor berdi. Bu rangni «Yerdan akslangan» rang deb hisobladi. Keyinroq osmon jismlarini o‘sha davrda teleskop orqali Angliyalik Harriot va uning o‘quvchisi Louyerlar kuzata boshlaganliklari ma’lum bo‘ldi (ularning kuzatishlari zamondoshlariga ma’lum emas edi). Louyer o‘qituvchisiga Oy uning oshpazi oldingi haftada pishirgan murabboli pirogga o‘xshaydi deb yozadi, Oydagi kulrang haqida Leonardo da Vinchi va Keplerning o‘qituvchisi  Mestlinlar ham gapirishgan edi.

So‘ngra  Galileyning  ko‘z  o‘ngida  Somon  yo‘li  alohida Yulduzlarga ajraldi: «... necha asrlardan buyon faylasuflarni qiynab kelgan barcha tortishuvlar ko‘rgazmalilik  va  ochiq-oydinlik  tufayli  o‘z-o‘zidan  hal bo‘ldi... Somon yo‘li to‘da-to‘da bo‘lib joylashgan cheksiz ko‘p Yulduzlar to‘dalarining  yig‘indisidan boshqa narsa emas...».

Nihoyat, 7-yanvar 1610-yili Galiley teleskopini Yupiter tomonga yo‘naltirdi. U Yupiter yaqinida uchta Yulduz ko‘rdi. U «harakatsiz» Yulduzlar ko‘rayotganiga shubhalanmas edi, ammo uning nazarini boshqa narsasi o‘ziga jalb etdi. Keyingi kechada «noma’lum taqdir yetaklayotgan» Galiley Yupiterni yana kuzatdi. U afsuslanmaslik uchun barcha asosga ega edi! U yana tanish Yulduzlarni ko‘rdi, ammo... ularning  Yupiterga nisbatan holatlari o‘zgargan edi: kecha ular Yupiterning to‘g‘ri tomonida bo‘lsa, bugun ular Yupiterning bir tomonida edi. hozircha Yulduzlarni  harakatsiz  deb  hisoblash,  ular holati o‘zgarishini Yupiterning  harakati  tufayli deb  hisoblash mumkin edi. 9 yanvarda  «osmon hamma tomondan bulut bilan qoplangan edi». 10 va 11  yanvarda  Galiley  uchta Yulduzdan  faqat ikkitasini topdi, 13 yanvarda esa aksincha, to‘rtinchi Yulduz ham paydo bo‘ldi.

Yangi  fikr  tug‘iladi: u ko‘rgan Yulduzlar Yupiterga nisbatan harakatlanadi, bu uning yo‘ldoshlari—oylari—ularning yo‘qolib qolishini ularning tutilishi bilan tushuntirish  lozim.  Oyning oxiriga borib Galiley o‘shanday ekaniga —«jumboqni sezishdan  shodlanish hissiyotiga o‘tish» bilan ishonch hosil qildi. U  Florensiya vaziri Vintega: «hamma ajoyibotlardan ham ko‘ra eng kattasi men to‘rtta yangi sayyora kashf etdim, ularning xos harakatlarini kuzatdim, bu harakatlardagi bir-biriga va boshqa Yulduzlarga nisbatan farqlarini topdim. Bu yangi sayyoralar boshqa katta Yulduz atrofida Venera va Merkuriy, ehtimol boshqa ma’lum sayyoralar Quyosh  atrofida harakatlanishi kabi harakatlanadi». Galiley o‘z kashfiyotiga qanday ma’noda qaraganligiga shubha yo‘q, ammo u «boshqa ma’lum sayyoralarga»  nisbatan  juda ehtiyotkor ifoda ishlatadi. 2 - martga  qadar Galiley har  bir  bulutsiz  tundan  foydalanib Yupiterning yo‘ldoshlarini kuzatadi. 12  martda  esa  uning mashhur «Florensiya patritsiyi Paduainya gimnaziyasining Davlat  matematigi  Galileo  Galiley tomonidan tavsiya qilinayotgan, yaqinda u kashf  etgan kuzatish trubasi orqali  Oy  sirtida, Somon yo‘lida, tumanli  Yulduzlarda, eng avvalo, Yupiter atrofida to‘g‘ri masofada, to‘g‘ri davr bilan va juda ham tez aylanayotgan to‘rtta sayyorada kuzatilgan, har bir kishi, ayniqsa, faylasuflar va astronomlar qarashi lozim bo‘lgan buyuk va juda ham ajoyib ko‘rinishni tasvirlovchi Yulduzlar axboroti» bosilib chiqdi.

So‘ngra  bu  aytilganlarning hammasiga hayotiy maishiy masalalar  aralashdi.  Maoshi bir  yildan  so‘ng  oshar  ekan, bundan tashqari  Galileyni  dars  o‘ziga  torta boshladi. U  Florensiyaga  ketishni o‘ylay boshladi. Gersog Ferdinand Medichi vafot etib, taxtga Galileyning sobiq o‘quvchisi Kozimo II o‘tirgan edi. Ko‘pgina  muammolarni  hal  etishda,  ayniqsa  Kopernik sistemasini himoya qilishda gersogning homiyligi  yarab qolar. Bu Galileyning asosiy ishi bo‘lishiga shubha yo‘q.  Ko‘chishi  mumkinligi  haqida  Vintega  yozgan  xatida  shunday deydi: «Men oxiriga  yetkazishim  lozim bo‘lgan asarlar eng avvalo, «Olam tuzilishi»  haqidagi ikki jildlik, falsafa, astronomiya, geometriyani to‘ldirish haqidagi  fikrlardir».

Hozircha Galiley Vinte orqali Yupiterning yo‘ldoshlarini Kozimo Medichi sharafiga Kosmeyli yoki Medichi Yulduzlari deb atashni taklif qiladi. Ikkinchi variant qabul qilinadi. Yo‘ldoshlar  soni  juda mos tushadi, chunki  Kozimoning uchta aka-ukasi bor edi. «Yulduzlar axboroti» Kozimo Medichiga bag‘ishlanadi: «Men kashf  etgan  yangi  Yulduzlarni  Medichilar avlodi nomi bilan atab, men ilgari  Yulduzlar olamiga ko‘tarilish xudolar va zabt etuvchilarni mashhur etishga xizmat etgan bo‘lsa, hozir esa aksincha Medichilarning buyuk nomi bu Yulduzlar haqida  o‘lmas esdaliklar qoldirishini tan olaman» - deb yozadi Galiley bu haqida. So‘ngra to‘rtala yo‘ldosh ham xususiy nomlar (Io, Yevropa, Ganimed, Kallisto)ni oldi. Ularni Yupiterning keyinroq kashf etilgan yo‘ldoshlaridan farq etish uchun Galiley yo‘ldoshlari deb ataladi.

Pasxa ta’tilida Galiley Florensiyaga jo‘nadi. U Gersog «o‘z» Yulduzlarini ko‘rishi  uchun o‘zi bilan truba ham oldi. Galiley izzat va ehtiromda, uning sharafiga  Medichi  Yulduzlari tushirilgan medal  zarb etilishi kerak,  ko‘chib  kelishi shartlari haqida xomaki kelishiladi, faqat Galiley vazifasining nomi aniqlanadi. Shohga osmonda o‘z nomini abadiylashtirish yoqimli, birorta ham shox mana shunday  deb  Maqtana  olmaydi. 14 mayda  Galiley   Fransiyadan  20 aprelda yozilgan xat oladi.  Xatda  Galileydan  tezroq hazrati  oliylarining nomi beriladigan birorta osmon jismi «kashf» etilish so‘raladi. Gap Genrix IV haqida bormoqda. Yulduzni «Genrixning nomiga Burbon qo‘shmasdan atash» lozimligi aniqlashtiriladi. Xat muallifi Galileyni bekorga shoshiltirmagan ekan, xat yetib kelguncha «baxt yo‘ldosh bo‘lgan shoh» o‘ldiriladi. Keyinchalik Galiley Florensiyaga  Medichilar uyi juda yaxshi holatda ekanini, Marsning ham, Saturnning  ham  yo‘ldoshlari  yo‘qligini yozadi (50 yildan keyin Gyuygens va Kassini Saturn yo‘ldoshlarini kashf etishdi, keyinchalik Marsning yo‘ldoshi bor ekani aniqlandi).

Gersog shubhadan holi bo‘la olmas edi. Unga sovg‘a qilingan Yulduzlar Galileyning  safsatasi  mevasi yoki uning trubasi, keltirib chiqargan  illuziya  narsa degan xabar tarqalardi. Bu haqida hatto, Rim  matematiklari  kasaba  yig‘ini birinchi namoyondasi Xristofor Klaviy ham gapirdi. Medichi Yulduzlarini Galileydan boshqa birorta ham astronom ko‘rmagani bilan ahvol yanada murakkablashmoqda edi. Galiley hech kimda uning trubasi kabi mukammal truba yo‘qligi  uchun  aybdor  edi. Bunchalik  muhim  kashfiyotni uchta mashhur astronom: Kepler, Madjiniy, Klaviy tasdiqlashi lozim. Hozircha Florensiyaga ko‘chib kelish kechiktiriladi.


 

 

Kepler, Madjini, Klaviy. Madjinining ishi osonroqdek tuyular edi. Galiley Florensiyadan Paduyaga kelayotib Bolonyada to‘xtaydi va unga kashf etgan

Yulduzlarini ko‘rsatadi. Hisoblash qobiliyati va uquvliligi bilan mashhur bo‘lgan Madjini, oldindan ogoh, ammo u o‘zini Yupiter atrofida hech narsa ko‘rmayotgan kishidek  tutadi. U  tortishmaydi,  bunga  sabab  qilib ko‘zi  juda xira ekanini keltiradi, ammo bu Galileyni tinchlantirmaydi.

Kepler  Galileyning  kashfiyoti  haqidagi xabarga  darrov  javob berdi. 19 aprelda u Galileyga shodiyona xat yozdi. Yangi sayyoralar haqidagi xabar Germaniyaga martning o‘rtalarida etib kelgan ekan. Kepler Galileyga o‘zining yaqinda yuborgan «Yangi astronomiyasi»ga  javob  yo‘qligi  uchun  yumshoq shaklda  tanbeh beradi. Keplerning ikki qonuni ham bu kitobga kiritilgan edi:

«...sen, mening Galileyim, begona kishining  kitobini  o‘qish o‘rniga  o‘zingning ikki  karrali  kuzatish  trubang  orqali  topgan, juda ham ma’nodor, Shu vaqtga qadar ma’lum bo‘lmagan to‘rtta sayyorang bilan shug‘ulnaibsan-da».

Dastlabki  xabar noaniq edi, Kepler Galiley Quyosh tizimida yangi (oltitadan boshqa) sayyoralar topdi deb, qo‘rqib ketdi. U sayyora oltita, bunda oltitalik tasodifiy  emas, u beshta muntazam  ko‘pyoqlilar  bilan  bog‘liq,  degan fikr tarafdori edi. Keplerning  fantazaiyasi yana bitta imkoniyat tug‘diradi: hamma sayyoralar ham Yer singari bittadan yo‘ldoshga ega, ularni Galiley kashf etishi kerak edi: «...Kopernik bo‘yicha, agar Yer sayyoralardan biri bo‘lsa, atrofida aylanuvchi o‘z  Oyiga  ega  bo‘lsa, u holda albatta, Galiley  Saturn, Yupiter, Mars va Veneralarning juda ham kichik atrofida aylanuvchi yana to‘rtta Oyni ko‘rishi mumkin; Merkuriy quyosh atrofidagi eng oxirgi sayyora, Shunchalik uning nuriga ko‘milganki, Galiley unda hozircha  yuqoridagi  kabi narsani ko‘ra olmagan». Kepler  hamma  joyda  sonli qonuniyat qidiradi! So‘ngra u gap Quyosh atrofida emas, «harakatsiz  yulduzlar»  atrofida  aylanuvchi  sayyoralar haqida borayotgandir deb o‘ylaydi. U Jordano Brunoning cheksiz olamini eslaydi va «bundan  so‘ng  unda juda ko‘p to‘plamdagi yangi sayyoralar kashf etish imkoniyati» haqida o‘ylaydi.

Shu  vaqtda imperator Rudolf II «Yulduzlar axboroti»ni oladi (Kepler imperator astronomi edi). Kepler Galileyning axborotiga so‘zsiz ishonadi: «Agar men o‘zimning  hech  qanday  tajribamni o‘tkazmay  sening  fikringga osongina ishonsam, ehtimol juda botir ko‘rinarman. Ammo eng yuqori darajadagi olim va matematikka nega ishonmasligim kerak, uning haqligi to‘g‘risida muhokama yurgizish usuli guvohlik berib turibdi. Bu muhokama palapartishlikdan yiroq, hamma tan olishi uchun o‘zi haqiqatan ko‘rmagan narsani ko‘rdim demaydi, haqiqatni sevganligidan keng tarqalgan fikrlarga ham ikkilanmay qarshilik ko‘rsatadi».

Keplerning  o‘zini  esa  sayyoralardagi  yo‘ldoshlarning  taqsimlanish  qonuniyati qiziqtiradi: «Yaxshisi menda ham kuzatish trubasi bo‘lishini va uning yordamida seni  quvib o‘tib, Marsda  ikkita  yo‘ldosh (menimcha, proporsiya shuni talab etadi), Saturnda oltita  yoki sakkizta, bularga  qo‘shimcha Venera va Merkuriy atrofida bir-ikkita yo‘ldosh borligini kashf etishni xohlayman». Kepler arifmetik yoki  geometrik progressiyani  tanlash  lozimligini  bilmas edi!

Kepler Galileyga undan oldingi qator astronomlarni eslatdi (Mestlin Oyning kulrangligi, Porto esa kuzatish trubasining yaratish imkoniyati haqida gapirgan edi). Kepler Quyosh  harakatsiz  yulduzlardan yorug‘roq ekaniga ishonadi va bizning olam boshqa olamlardan farq qilishiga ishongisi keladi: «bizning olam boshqa  sodda  cheksiz olamlar  to‘dasiga tegishli emas». Kepler fantaziyasi cheksiz; «Oydagina emas, hatto Yupiterda ham yashovchilar  mavjud deb faraz qilish  haqiqatdan yiroq bo‘lmaydi. Kemalarni  ber, yoki, osmon havosiga yelkan mosla, bunday kengliklardan  qo‘rqmaydigan  odamlar topiladi...»

Madjini Keplerni o‘z tomoniga og‘dirmoqchi bo‘ladi. Kepler qaytmaydi: «Ikkalamiz ham kopernikchilarmiz. Qarg‘a-qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi». «Iogann Keplerning Yulduzlar axboroti bilan suhbati» (Galileyga javobi) dan olingan tanqidiy izohlar Madjiniyni umidlantirdi: «Endi Yupiterning mana Shu to‘rtta  yaxshi  xizmatkorlarini  haydab yuborish va  yo‘qotishgina qoladi».

1610-yil mayida Madjini atrofidagi astronomlardan Martin Gorkiy ismli odam  Galileyga  qarshi  pamfletlar  seriyasini ochdi.  Uning  Yulduzlar axborotiga «qarshi eng qisqa yurishi» da Yupiterning yo‘ldoshlari optik aldanish deb e’lon qilinadi. Kepler  Gorkiyga  bo‘lgan munosabatida  doimiy emas. U  Galileyga yozgan  xatida  bu asarni «orsiz yozilgan» deb ataydi va «bu yosh»ning beadabligidan hayratlanadi. Gorkiyning o‘ziga «Galiley Yulduzlaridan» shubhalanishidan hayratlanib, Kepler shunday yozadi: «...hayratlanmayman ham, seni  ayblamayman ham;  falsafa  yurgizuvchilarning  fikri  erkin bo‘lishi lozim».

Keplerni  dalillar  yo‘qligi  hayajonlantira  boshladi. Uning hali mos trubasi yo‘q edi. Balonedan Galileyning xususiy trubasidan ham Yulduzlar ko‘rinmayotganligi haqida universitetning xulosasi keldi (bu Madjinining nayrangi – soxta axborotnomasi edi). Avgustda tashvishlangan Kepler Galileyga «men Pragaga ko‘pgina  italiyaliklardan  sening  kuzatish  trubang yordamida u sayyoralarni ko‘rib  bo‘lmayotgani  haqida  xatlar  kelayotganini sendan  yashira olmayman... Shu sababli, Galiley sendan iloji boricha tezroq bir necha guvoh keltirishingni so‘rayman... Kuzatishlarning haqiqiy ekanini isbotlash bitta sening bo‘yningda tushadi»,—deb yozadi. Baxtni qarangki, o‘zining  tantiqligi  bilangina  emas,  fanga bo‘lgan muhabbati bilan ham ma’lum bo‘lgan imperator Rudolf II  kuzatish trubasiga ham juda qiziqib qoldi. Nihoyat, Pragada yetarlicha mukammal truba paydo bo‘ldi  va sentyabrda Kepler Yupiterning yo‘ldoshlarini kuzatdi. Kuzatishda qatnashganlar bir-birlaridan holi Yulduzlarning holatini chizishdi, rasmlar mos keldi. «Sen g‘alaba qozonding, Galileychi!»—deb xitob  qiladi Kepler.

Sentyabrda  Yupiterning  yo‘ldoshlarini  Venetsiyada  Santini ko‘rdi, dekabrda eng quvonchli xabar keldi: yo‘ldoshlarni Klaviy kuzatgan. To‘g‘ri, hali u «Bular sayyorami yoki yo‘qmi ekaniga» ishonmas edi. Sentyabrda Galiley Florensiyaga ko‘chib keldi. U Klaviy bilan yozisha boshladi (Venetsiya respublikasida turib, iezuitlar bilan yozishish mumkin emas edi). «Haqiqatan ham siz buyuk maqtovga sazovorsiz, chunki  siz  kuzatuvchilar orasida eng birinchisiz»,—deb yozadi Galileyga  Klaviy.  Galiley  Madjini qalbiga ham yo‘l topdi. U Madjinini yondiruvchi oynalar bo‘yicha ishlarini gersogga tavsiya etdi, Shu bilan Paduyada  bo‘shagan  kafedrani  olishga  yordam berdi (Madjini Galiley Pizadan Paduyaga kelgan paytda ham shu o‘ringa da’vogarlik qilardi). Ehtiyotkor Madjini Santini guvohligiga  ijobiy  javob beradi. Bundan  kattasiga  umid  yo‘q  edi!


 

 

Buyuk kashfiyotlar yili. Yupiter yo‘ldoshlarining kashfiyoti bilan boshlangan 1610 yil Galiley - astronom uchun haddan ziyod baxtli yil edi; o‘zining deyarli hamma mashhur astronomik kuzatishlarini Galiley xuddi Shu yili o‘tkazdi. Galiley 25 iyulda «ertalab Sharqda Yupiterni o‘z yo‘ldoshlari bilan» kuzatdi. Shundan so‘ng, u «yanada haddan tashqari ajoyibot» topdi. U o‘z kashfiyoti haqida Florensiyaga xabar qiladi va uni nashr etguncha sir tutish lozimligini so‘raydi. «Saturining Yulduzi  faqat bitta emas, u uchtadan iborat, ular bir-biriga tegib turgandek, ammo o‘zaro harakatlanmaydi, joy ham almashtirmaydi..., bunda o‘rtadagisi ikki yonidagidan taxminan uch marta katta». Galiley Keplerga shifrlangan  anagramma tarzidagi  ushbu  jumlani  yuboradi: «Eng buyuk sayyorani uch  marta  kuzatdim». Keyinroq Galiley Shunday yozadi: «Men Yupiterdan butun bir hovli, qariya («Saturn») da esa ikkita xizmatkor topdim, ular qariyani himoya qiladi  va  hech  qachon  uning  yonidan  uzoqlashib ketmaydi».

Galiley o‘z sirini besh oy ochmadi. Kepler va Rudolf II jumboqni bilishga shoshilar, turli xil farazlar qilishardi: «Sening  yangi  kashfiyoting  nimadan  iborat ekanini iloji boricha tezroq aytib bizning bilishga bo‘lgan qiziqishimizni qanoatlantirsang. Sening  muxolif  bo‘ladi  deb  xavf qiladigan hech qanday odaming yo‘q». Galiley sirni fosh qildi va kuchsizroq truba orqali Saturn zaytun daraxtini  eslatishini  qo‘shib qo‘ydi. Shunday bo‘ldiki, Galileyning kashfiyoti birinchi marta (zaruriy izoh bilan) Kepler «Dioptrika» asarining so‘z boshida eslatiladi.

Ikki yildan so‘ng Saturn uch karrali bo‘lmay qoldi. Galiley  bu hodisani Saturnning  Quyosh atrofida aylanishi bilan bog‘ladi va yaqin vaqtida uni yana uchta  yulduz  ko‘rinishida  ko‘rish  mumkinligini  aytdi. Galileyning  oldindan aytgan voqeasi  ro‘y berdi, ammo u Saturnning  sirini  fosh  eta  olmadi.  Bu sir 1655 yili Gyuygens 92 marta kattalashtiruvchi teleskopidan Saturnga qaraganida ochildi: Saturn halqa bilan o‘ralgan bo‘lib, juda ham kattalashtira olmaydigan teleskopda u yonidagi yulduzlar kabi ko‘rinar ekan. Kuzatuvchi halqa tekisligida bo‘lganda ham u sezilmas ekan. Galiley ana Shu kam uchraydigan hodisani kuzatish baxtiga  sazovor  bo‘ldi.  Teleskoplar  kuchayib  borishi jarayonida Saturnni kuzatish evolyutsiyasi mana Shunday ro‘y berdi: u zaytun halqa bilan o‘ralgan sharga aylandi. Gyuygens Saturnning eng katta yo‘ldoshi — Titanni kashf etdi.

Keplerga  anagrammani  topish  uchun yuborilgan xatdan so‘ng boshqa sayyoralar haqidagi yangiliklar ham vujudga keldi. Galiley Venerani ertalabki yulduz  va  kechki  yulduz  chog‘ida ham anchadan buyon kuzatayotgan edi. Venera va Merkuriy Ptolomey  tarafdorlarini  ham  Kopernik  tarafdorlarini  ham  tashvishga solib kelardi. Ptolomey tarafdorlari ularning «sfera»lari qayerda joylashishini - Quyosh «sferasi»ning ichidami, yoki tashqarisida ekaniga kelisha olmasdi.  Kopernik  tarafdorlariga, agar bu sayyoralar qora jism bo‘lsa, u holda ular Quyosh va Yer orasida joylashganliklardan vaqt- vaqti bilan ularning to‘liq bo‘lmagan  disklari (Oyning  fazolariga  o‘xshash  hodisa) kuzatilishi  aniq edi. Agar  sayyoralarning o‘zi nur chiqaradi (Kepler Shunday deb o‘ylagan bo‘lsa kerak) yoki  ular  shaffof (bu ham muhokama qilingan) deyilsa, bu muammo bo‘lmaydi.

Balki teleskop oddiy ko‘z ko‘ra olmagan narsalarni ko‘rishga yordam berardi.

Kastelli 1610 yilning 5 dekabrida Galileyga yozgan xatida ana shu muammoni eslatdi; «Kopernikning Venera Quyosh atrofida aylanishi haqidagi ta’limoti (men bunga ishonaman) to‘g‘riligi sababli u ba’zan shoxli, ba’zan shoxsiz bo‘lib ko‘rinishiga zarurligi aniq, ammo undagi shox katta bo‘lmagani uchun va chiqariladigan nurlar bu farqlarni kuzatishga xalaqit bermaydi».

Galiley bunday eslatmaga muhtoj bo‘lmagan bo‘lsa kerak. 10 dekabrda u Pragaga Keplerga Toskaniya elchisi  Juliano Medichidan Venera fazasini kashf etgani haqidagi shifrlangan ma’lumotni  yo‘llovchi xat bilan berib yubordi; «Men Sizga o‘zimning yana bitta odatdan tashqari kuzatishim haqidagi shifrlangan xabarni yuborayotirman, bu astronomiyadagi muhim tortishuvlarni hal etadi va u Pifagor va Kopernik sistemalari foydasiga muhim dalilga ega». Kepler doim bo‘lganidek,  jumboqning  tezroq  yechilishini  istaydi: «Sen nemisdan chiqqan nemis bilan ish olib borayotganingni ko‘rmayapsanmi!»

Ammo  Galiley  birinchi bo‘lib o‘z sirini Klaviyga ochgan edi. Galiley o‘sha zahoti Klaviydan Rim kasaba yig‘ini astronomlari Yupiterning  yo‘ldoshlarini  va Saturnning  uzunchoq  shaklini kuzatishgani haqidagi  xabarni oldi. Rim  kasaba yig‘ini  himoyasi  Galileyning rejalarida muhim rol o‘ynar edi, Shu sababli u Klaviyni o‘zining  yangi  kashfiyoti  bilan hayratga solishga oshiqardi. Galiley Venerani «kechki ko‘rinishdan» keyingi kuzatishini tavsiflaydi, uning shakli birdaniga  Quyoshga  qaragan tomondan o‘zgarib, u yarim doira shaklini olganligini so‘ngra «sezilarli  darajada  shoxli» bo‘lib  qolgani  haqida  gapiradi. Venera tongi  yulduz  ko‘rinishida  kuzatilganda  qanday shakl olishi mumkinligini oldindan aytib beradi, xulosasi: «Mana Shunday, mening sinorim, Venera (Shubhasiz, Merkuriy ham) hamma sayyoralar eng katta aylanishining markazi bo‘lgan Quyosh atrofida aylanishiga hech qanday shubha yo‘q. Bundan tashqari, sayyoralar  qora,  quyosh  yoritgandagina  ular  yarqiraydi,  mening kuzatishlarimga ko‘ra bunday hodisa harakatsiz yulduzlarda sodir bo‘lmaydi». Galileyning   fikrni  qaysi  tomonga  burayotgani  haqida Klaviyda shubha qolmasligi kerak edi! Galiley uchun uning buyuk kashfiyotlari  yili  ana Shunday yakunlandi.

Keyin ham Galiley astronomik kuzatishlarni to‘xtatmadi, ammo bular asosan 1610 yilgi kuzatishlarning davomi edi. U 1610 yilning yozida boshlangan Quyosh dog‘larini kuzatishni davom ettirdi va 1613 yili Quyoshning o‘z o‘qi atrofida aylanishini aniqladi, biz Saturn «dum»larining yo‘qolishini gapirgan edik. Hayotining oxirida, butunlay  ko‘r  bo‘lib  qolishdan oldin Galileyning omadi keldi, u Oy libratsiya hodisasini  ochdi (ana Shu sababli Oy sirtining yarmisidan ko‘prog‘ini kuzatish mumkin). Ammo endi Galiley teleskop va astronomik kuzatishlarni mukammallashtirishga hech qachon o‘shancha vaqt sarflay olmaydi. Endi u uchun  hech  qachon  olamning  sirlari  shu buyuk  yildagi singari ochilmadi! Galileyning yutuqlari Shunchalik buyuk ediki, kuzatish astronomiyasida uning kashfiyoti bilan taqqoslanadigan kashfiyot qilinguncha yarim asrcha vaqt o‘tdi (Gyuygens, Kassini) hozircha Galileyni boshqa muammo tashvishlantiradi, bu muammolarni hal qilish uchun u Rimga borishi zarur.


 

 

Rimni zabt etish. Galiley Rimga 1611-yilning 29-martida keldi; u bu yerga Toskaniya  gersogining  diqqat e’tiboriga sazovor shaxs sifatida keldi (u gersogning zambilida, Medichining Rimdagi saroyida to‘xtadi). Uni Rim kasaba yig‘ini  to‘rtta  astronomi — Klaviy, Grinberg, Malkotiy, Lembol  hurmat bilan qabul qilishdi. Galiley iezuitlar otalari Medichi Yulduzlarini sistematik kuzatayotganlari  va  ularning  davrlarini aniqlashga  urinayotganliklarini ko‘rdi. 21-aprelda Diniy xizmat boshliqlaridan biri kardinal Roberto Bellarmino Somon yo‘li, Saturn, Oy, Yupiter yo‘ldoshlari bo‘yicha «bitta buyuk  matematikning (nomi ko‘rsatilmagan) yangi  samoviy  kuzatishlari» bo‘yicha  olgan ma’lumotlarini maxsus talab etadi. 24-aprelda asosan kuzatishlarni tasdiqlovchi javob olindi.

(Ularga  Saturnni o‘rab olgan Yulduzlar alohida-alohida bo‘lib ko‘rinmaganidan) kuzatishlardagi ba’zi  farq va Oy  ko‘rinishini  tushuntirishdagi (tog‘lar emas, «oy jinsi»dagi notekis zichlik) muhim  farq ko‘rsatildi. 14-aprelda Galiley sakkiz yil avval Montichelli markizi Federiko Chezi tomonidan asos solingan Linchcheylar (mushukko‘zlar) Akademiyasining (hisob bo‘yicha beshinchi) a’zosi bo‘ldi. Bu Akademiya tabiatni erkin, hech qanday sun’iy cheklovlarsiz  o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan edi, Keyinroq Chezi Galileyga: «Biz kimni qabul qilmaylik, u Aristotelning  ham, yoki, boshqa biror faylasufni ham quli bo‘lmaydi, balki tabiatni  tadqiq  etishda  yaxshi  niyatli  va  erkin  fikr  yurituvchi  insonlar bo‘ladi»-deb yozgan edi. Chezi bilan do‘stlashish Galileyning keyingi hayotida muhim rol o‘ynadi; endi u o‘z ishlariga «Galileo Lincheo» deb yozadigan bo‘ldi. «Yanikul» tepaligida  Galileyning ajoyib  trubasi ommaga namoyish etildi (Shunda Chezi  uni  teleskop deb atashni tavsiya etdi).

Galileyni  Rim kasaba  yig‘ini  ham  sharafladi. «Rim kasaba yig‘inining Yulduzlar axboroti» deb nomlangan bayonotini Odo Malkotiy o‘qidi. U Galileyni «hozir yashayotgan astronomlar orasida eng mashhuri va eng baxtlisi» deb atadi, uning kashfiyotlari bilan hayratlanishini ta’kidladi, ammo yumshoq shaklda Galileyning  o‘zi kashf  etilgan hodisalarni tushuntirishi mumkin bo‘lgan yagona usul  emasligini  xabar qildi. Bu bilan Galiley o‘zini qanday tutishi lozimligini eslatib qo‘yadilar. Bu istak Gvaldoning  so‘zlarida  juda  aniq  tasvirlangan: «...Siz Oyni, to‘rtta sayyorani va Shunga o‘xshash  narsalarni kuzatish keltirgan obro‘ bilan qanoatlanishingiz va kishilar ongiga juda zid bo‘lgan fikrni himoya qilmasligingiz lozim...». Gvaldoning keyingi fikri keyincha Galiley tanlaydigan yo‘lni  ko‘rsatar  edi: «munozara tarzida aytish mumkin bo‘lgan narsalar ko‘p, ammo ularni haqiqat deb aytish, ayniqsa agar, dunyo yaratilgandan buyon ko‘pchilik unga qarshi umumiy fikrga ega bo‘lsa, uni haqiqat deb tasdiqlasang yaxshi emas». Mumkin bo‘lgan chegarani   Galileyga qabul qilish paytida kardinal Bellarmino ham ko‘rsatgan. Bellarmino Toskaniya elchisiga yanada aniqroq ogohlantirish qilgan, «Galiley  quyushqondan chiqib ketmasligi kerak, aks holda uning ishini  ko‘rib chiqish uchun ruhoniy-kvalifikatorga beriladi» (elchi esa bu hech  qachon  yaxshilikka olib  bormasligini bilishi  lozim edi).

Boshqa jihatlardan Galileyning safari muvaffaqiyatli edi. Kardinal del Monto gersogga shunday deb yozadi: «Galiley Rimda bo‘lgan kunlarida ko‘pgina qoniqishlar  hadya  etdi.  O‘ylaymanki,  o‘zi  ham shunday qoniqish oldi, chunki u o‘z  kashfiyotlarini  yaxshilab namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu shaharning bilimdon kishilari kashfiyotlarni faqat eng ishonchli va eng haqqoniy deb tan olmasdan balki juda ajoyib ham deyishdi. Agar biz hozir qadimgi Rim respublikasida yashaganimizda ishonamanki, unga Kapitoliyada haykal o‘rnatib shavkatli mehnatini sharaflagan bo‘lardik.»


 

 

«Buyuk gersogning faylasufi va birinchi matematigi». Shunday qilib, bir yil ham utmay Galileyning ajoyib astronomik kashfiyotlari tan olindi. Rim kasaba yig‘ini  xulosasi  Galileyga  qarshi  qo‘yilgan aybni to‘xtatadi deb o‘ylamaslik lozim. Yangi sayyoralar mavjudligini tan olmaydigan kishilar topilar edi. Kuzatish trubasiga  ham  shubha  saqlanib  qolgan edi. Shubha uchun keltirilgan dalil (hozirgi nuqtai nazardan) juda ham keraksiz edi. Qandaydir Sitsitsiping fikrlash ketma-ketligi  quyidagicha:  kuzatish  trubasi  ko‘zoynakka o‘xshaydi, ko‘zoynak qari va yosh uchun bir xilda to‘g‘ri kelmaydi, agar yosh ham, qari ham Galiley trubasida sayyorani ko‘rsa, bu ko‘zning aldanishi. Masalan, Pizalik Libri kuzatish trubasiga  qarashni  rad etgan. Uning vafotidan so‘ng Galiley: «men umid qilamanki, u osmonga  jo‘nayotib,  nihoyat, yerda turib ko‘rishni xohlamagan mening yo‘ldoshlarimni ko‘rar»,— degan edi. Galileyning ko‘pgina muxoliflari uning  fikrlari  diniy kitoblardagi yozuvlarga qarshi deb, inkvizatsiyaga  xabar berish ayniqsa yaxshi natija berishini bilishar edi.

Agar bevosita kuzatish mumkin bo‘lgan hodisalar bilan shunday ahvol bo‘lsa, Kopernik sistemasi foydasiga aytgan fikrlari uchun Galileyni qanday xavf bosib kelayotgan ekan! Galiley «Yulduzlar axboroti»da «Olam tuzilishi»ni yozishni  va’da berdi. Unda «olti yuzta isbot va falasafiy fikr yuritish» bilan «Yerning harakatlanishini va uning nuri Oynikidan ortiq ekanini» tasdiqlayman dedi. Rimdagi ayg‘oqchilar bu fikrlar hozir «boshliq shaxslar» tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini ochiq ko‘rsatdi. Galiley o‘z xohishidan voz kechmaydi, ammo qamalni uzoq vaqtga qoldirdi. Galiley Kopernikni tan olish faqat ilmiy masala emasligini, birinchi navbatda kuchlilar tomonini ishontirish lozimligini, bu esa uning butun kuchini talab etishini, uni  ilmiy  mashg‘ulotlardan bevosita chetlatishini  yaxshi  bilardi.  Galiley  qabul  qilgan qarorni haqligi ko‘pgina olimlar uchun Shubhali edi. Bu masala bo‘yicha Eynshteynning fikri ma’lum: «Galileyga kelganimizda, men uni boshqacha tasavvur qilar edim. U haqiqatni hammadan ham ko‘proq qizg‘inroq yoqlayotganligiga shubha qilmaslik kerak. Ammo yetuk kishining o‘zi topgan haqiqatlarini mayda maqsadlarda o‘ralashib yurgan olomonning  yuzaki  fikri bilan aralashtirishiga ishonish qiyin. Nahotki, Shunday masala uning hayotining oxirgi yillarini qurbon qilishiga arzgulik edi... U hech qanday ehtiyojsiz, ruhoniylar va siyosatdonlar bilan o‘chakishish uchun Rimga jo‘naydi. Bu manzara, qari Galileyning ichki erkinligi haqidagi mening tasavvurimga  javob bermaydi. Masalan, nisbiylik  nazariyasini himoya qilish uchun shu kabi tadbir ko‘rishni tasavvur ham qila olmayman. Men haqiqat mendan kuchliroq deb o‘ylar edim va Rosinatani egarlab haqiqatni qilich bilan don Kixotchasiga  himoya qilish menga kulgili ko‘rinar edi...». Galiley boshqa fikrda edi, lekin u fanda Don Kixotni kam eslatadi. U «ruhoniylar va siyosatdonlar» bilan o‘chakishmadi, balki buyuk  san’at bilan ularni o‘z tomoniga og‘dirib oldi.

Eynshteynning  yuqorida  keltirilgan  fikrlarini  birinchi  marta Yer harakatlanadi, quyosh esa  harakatlanmaydi  deb faraz qilgan pifagorchilar fikri bilan  taqqoslash  qiziq: «Bunda o‘zimizga  yagona qoniqish topib, o‘z-o‘zimiz uchun biror narsa bilishga harakat qilamiz, olomon ko‘z o‘ngida ko‘tarilish ishtiyoqi va umidini, yoki kitobchi-faylasuflarning ma’qullashini bir tomonga qo‘yamiz».

Eng  avvalo  an’anaga  ko‘ra  olamning  tuzilishi masalasini matematik muhokama qila olmas edi. Matematiklarning vazifasi yoritqichlarni kuzatish, jadvallar  tuzish,  jadvallardan  goroskop (tole’ni avvaldan aytib beruvchi asbob)dan  foydalanishdan  iborat  edi. Galileyning (Kepler kabi) goroskop yasashga  toqati  yo‘q edi, ammo ba’zan  u  bilan shug‘ullanishga  to‘g‘ri kelardi. U  Florensiyaga  ko‘chishni  kutayotganida gersog xotinining qistoviga ko‘ra  be’tob bo‘lib  qolgan  gersog  Ferdinand (hozirgi gersogning otasi) ning goroskopini tuzdi. Goroskop voqealarning  muvaffaqiyatli  rivojlanishini  va’da  qilardi, gersog xursand bo‘ldi, Galileyning kuyovi o‘zi xohlagan amalni oldi, bir necha kundan so‘ng  esa  gersog vafot etdi... Olamning  tuzilishi  haqida  muhokama yuritish uchun hech bo‘lmaganda faylasuf bo‘lmoq lozim (axir, ularning maoshi ham matematiklarnikidan yuqori). Agar diniy yozuv aralashgan bo‘lsa, albatta dindor bo‘lmoq kerak. Galiley dindor bo‘la olmaydi, faylasuf bo‘lishga urinib ko‘rishi mumkin.

Florensiyaga ko‘chib kelgach Galiley bo‘lajak vazifasining  nomi  haqida  uzoq  munozara olib bordi; u atalishda faylasuf  so‘zi  qatnashishini xohlar edi, chunki u «falsafani matematikani o‘rgangan oylaridan ko‘proq yil o‘qigan» edi. Axiyri Toskaniya buyuk gersogining «faylasufi va birinchi matematigi (birinchi matematigi, ammo birinchi faylasufi emas!)»,— degan nomga kelishishdi.

U Florensiyadagi hayotini Piza universitetining konservativ faylasuflari, Aristotelning  izdoshlari bilan munozaradan boshladi, ular haqiqatni, ularning o‘z so‘zlari bilan aytganda, dunyodan ham, tabiatdan ham izlash kerak emas, balki matnlarni taqqoslashdan izlash lozim» deb hisoblashishar edi. Galiley birinchi muvaffaqiyatdan mamnun: «Marhamatli, Kepler, Pizada buyuk gersogning ishtirokida o‘sha yerdagi universitetning birinchi faylasufi menga qarshi chiqib, mantiqiy  dalillar  zo‘rma-zo‘rakiligida,  avraydigan  sexlar  bilan yangi sayyorlarni osmondan  uzib olib,  yo‘qotishini  eshitsang  qanday turar eding!» Uning munozaralari faqat astronomiyaga tegishli emas edi. 1612-yili  uning gidrostatikaga  bag‘ishlangan, Aristotel  tarafdorlari  uchun  ancha yoqimsiz «Suvda  suzuvchi  jismlar  haqida muhokamalar» nomli asari nashr etildi. Bir yildan so‘ng yana o‘shalarga qaratib yozilgan «Quyosh dog‘lari haqida xat» bosilib chiqdi, «qo‘rqamanki, bu yangilik, soxta faylasuflar uchun qayg‘uli tovush yoki o‘limga mahkum etilish bo‘lib eshitilmasa..., ishonamanki, Oyning tog‘simon ekanligi shavqli-zavqlilar uchun quyoshning xuddi o‘zida hosil bo‘luvchi bulutlar bug‘lar, doim vujudga keluvchi, harakatlanuvchi va  yo‘qoluvchi tutunlar kabi azoblarga qaraganda  hazillashib  qitiqlagandek  bo‘ladi» (Cheziga xat.) U shavqli-zavqlilar deb  Aristotel ta’limotining tarafdorlarini ataydi. Ehtimol, Galiley g‘alabani oldinroq  nishonlayotgandir...

Galiley  ko‘proq  haqiqiy fandan yiroq kishilar bilan munozaraga tortila boshlaydi. Ba’zan uni ishonchsizlik qiynaydi; «Go‘yoki qilingan ishlar uchun aytilmagan yuz o‘girish bilan Shu kungacha etib keldim, kuchim va vaqtimni qanchalik  bekorga  sarflaganimni tushundim». Kurash keskinlashdi. Galileyga qarshi radikal choralarni taklif etgan Dominikanlik  Kachchinining cherkovdagi xitoblari qaratilgan edi; «Matematiklar barcha katolik davlatlardan quvg‘in qilinishlari lozim!» Galiley o‘sha vaqtda diniy muammolarni muhokama qilishga kirishadi. 1614-yili Kastelliga yozilgan xatlar ro‘yxati tarqatiladi, undan ushbu so‘zlarni  topish mumkin: «Gap tabiatning bizning sezgilarimiz orqali  bevosita qabul qilinadigan yoki ular rad etib bo‘lmaydigan isbotlar yordamida xulosa chiqariladigan hodisalar haqida borar  ekan, yozilganlar  matni bizni hech Shubhaga solmasligi kerak, chunki birorta ham yozuvning kuchi tabiatning har qanday hodisasi ega bo‘lgan majbur etuvchi kuchga ega emas». Ehtimol, mana  shu xat pastor Lorinining inkvizitsiyaga xabar berishi uchun sabab bo‘lgandir. Ammo, Galiley ancha puxtalik  bilan ish  ko‘rganligi  ma’lum  bo‘ldi. Kishi  jig‘iga  teguvchi kvalifikatorlar xatdan faqat «uchta nojo‘ya o‘rin» topishdi, bunda ulardan ikkitasi asl nusxada yo‘q edi (inkvizitsiya xatning asl nusxasini ola olmadi),

1615-yilning fevralida  Neapolda «Karmelitlar ordeni» a’zosi Foskarinining kitobi  chiqdi, unda  Kopernik  tizimi  orden generaliga  xat  shaklida  ifoda etiladi. Bellarmino bundan Foskariniga yozgan xatida muammoga o‘zining munosabatini bayon etishda foydalanadi: «...Janoblar va janob Galileo mutlaqo aniq gapirmay, faraz  bilan  gapirishga  qanoatlanib, juda aqlli ish tutadi, men hamma vaqt Kopernik  ham shunday degan deb o‘ylar edim. Chunki  agar Yerning harakatlanishi, Quyoshning  harakatlanmasligi  haqida faraz qilinsa, hodisa qabul qilingan ekssentr va episikllarga ko‘ra yaxshiroq namoyon bo‘ladi, bu bilan juda yaxshi gapirilgan bo‘linadi, hamda hech qanday xavf-xatar tug‘dirilmaydi. Matematik uchun bu butunlay yetarli. Lekin, Quyosh haqiqatan ham olamning markazi va fa- qat  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanadi,  degan  tasdiqni  istash...— faqat barcha faylasuflar va sxolast-dinshunoslarni  jahlini  chiqarishi  bilangina  xavfli  bo‘lmay, balki diniy yozuvlarni yolg‘on deb, butun diniy aqidalarga zarar  keltirilishini  bildirar  edi». Inkvizitsiya boshlig‘iga qoyil qolish lozim, u o‘z  fikrini  juda aniq bayon etadi.

1615-yilning dekabrida Galiley yana Rimda bo‘ldi. Ehtimol, u o‘zi ustida olib borilayotgan tergov ishning borishiga ta’sir etmoqchi bo‘lgandir, u cherkov Kopernik  sistemasi  haqidagi  fikrini o‘zgartirishiga hali ham umid qilar edi...


 

 

«Qutqaruvchi dekret». Galiley butunlay diplomatiyaga berilib ketdi. Bellarminonikiga  boradi, kardinal Orsinini o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qiladi. Unga yozgan xatida Yerning harakatini bildiruvchi dengiz suvining ko‘tarilishi va tushishi foydasiga eng ishonarli dalillarni keltiradi. Galiley Bularni Yerning sutkalik va orbital harakatlarining o‘zaro ta’siri bilan tushuntiradi va boshqa raqobat qila oladigan  tushuntirishni ko‘rmaydi. Galiley bu tushuntirishni Venetsiyada qayiqdagi suv qayiq tezlashgan va sekinlashganida qanday harakat qilishini kuzatib topgan edi. «Bu hodisa shubhasiz, aniqlandi, uni istagan paytda tajribada tekshirib ko‘rish va osongina tushunish mumkin». Boshqa barcha tushuntirishlar  Kopernik  tizimining  haqiqatga  juda  o‘xshash qilib ko‘rsatadi, lekin Yer harakatining butunlay isbotini faqat Yerda sezish mumkin! Kelajak ko‘rsatadiki, Galileyning bosh dalili  xato ekan, bu keyinchalik aniqlandi. Galiley Rim  fitnasining  markazida: «Men Rimdaman, bu yerda ob-havo doim o‘zgarishda, ishda ham doim beqarorlik» - deb qayd etadi.

24-fevralda  11 ta ruhoniydan iborat  hay’at  Yerning harakati  haqidagi  tasdiq «eng kamida dindan adashish» deb topdi. Galileyga  bu xabarni inkvizitsiyaning bosh hay’ati kardinal Billarminoning ishtirokida aytildi. 5 martda kongregatsiya indeksi  Kopernikning kitobini «to‘xtatdi» (ammo taqiqlamadi). Bu ish deyarli ramziy  tarzda edi. Kitobda ifodalanayotgan ta’limot diniy yozuvga zid bo‘lmasligi uchun bir necha jumlani olib tashlamoqchi hamda Kopernik Yerni yoritqich deb atagan  joylarini  tuzatishmoqchi edi (yoritqich — quyosh va Oy!) Toskaniya elchisi o‘z eliga yozgan xatida Galileyning  qat’iyligidan noliydi, biroq Galileyning jabrlanmasligiga  umid  bog‘laydi. Galileydan qasam ichib o‘z aytganlaridan qaytish  talab etilgani haqidagi mish-mish tarqaldi, Galiley Bellarminodan bu mishmishni  rad  etuvchi  guvohnoma oldi: «Unga  oliy  hazratimiz tomonidan chiqarilgan va uni  diniy indeksning kongregatsiyasi  e’lon  qilgan hukmgina aytilgan bo‘lib, unda Kopernikniki deyilgan doktrinadagi Yer quyosh atrofida aylanadi va Quyosh Olamning markazida joylashgan, sharqdan g‘arbga harakat qilmaydi deyilishi diniy yozuvlarga ziddir, Shu sababli uni himoya qilish ham, ishonish ham mumkin emas». Bu may oyida  Rimdan jo‘nab ketish oldidan edi, undan oldinroq Galileyni papa Pavel V qabul qilgan edi, bo‘lib o‘tgan voqealar hukm bo‘lmasa ham, qat’iy ogohlantirish edi. Ochiq ifoda etilgan taqiqlashni buzish shubhasiz jinoyatdir.


 

 

O‘zgarishlarni kutib. Galiley Rimni tark etadi, u «qutqaruvchi dekret»ga itoat etadi.  Biroq  uning bo‘ysinishi  haddan  ziyoda  namoyishkorona  emasmi? Masalan, u o‘zining «Dengiz  suvining ko‘tarilishi va pasayishi» nomli ilmiy ishini Avstriyaning Ers-gersogi, Toskaniya gersoginyasining akasi Leopoldga yuborib bunday  yozadi: «hozir  juda  yuqori bilimdon boshliq shaxslarning qarorlariga quloq solib va ishonib, mening past aqlim o‘z-o‘zidan ularnikiga  yetmasligini bilib, Sizga  yuborilayotgan asosi Yerning harakati, ya’ni Yer harakatining isboti uchun men keltirgan fizik dalillardan biri bo‘lgan bu asarni qarayman. Takroran aytamanki, men buni shoirona mubolag‘a  yoki  tushda ko‘rilgan  deb  qarayman...». Bu odam hech qachon Yerning harakati haqida gapirmasligiga ishonish qiyin. Bu mavzuga  qaytish  uchun  Galileyga  yangi dalillar emas, turmush tarzini o‘zgartirish  lozim edi.  U o‘zgarishlarni kutdi. Papa Pavel V vafot etdi,  yangi  papa Grigoriy XV ning ta’sirli kotibi Galileyni yoqtiruvchi Champoli bo‘ldi. 1621 yili qo‘rqinchli  kardinal Bellarmino ham hayotni tark etdi, 1623 yili esa kardinal Matteo Barberini  Urban VIII  ismi  bilan  papa bo‘ldi, u bilimli, ilmning himoyachisi edi, u Galiley bilan faxrlanishini berkitmas edi.

Bu davrda Galiley sezilarli darajada faollashdi. 1623 yili Rim kasaba yig‘ini astronomi Gratsiga  javoban uning kometalarga bag‘ishlagan «Probir torozi» nomli kitobi chiqdi. Bu yerda ham Yerning harakati haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘z bormaydi. 1624 yili yozilgan ikkinchi kitobi «Ingoliga maktub» to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu masalaga aloqador. Kitob Kopernik sistemasiga qarshi yo‘naltirilgan. Yuqori ma’lumotli  klerk-ruhoniy  Franchesko Ingolining  1616 yili chiqqan asariga javob edi. Qizig‘i shundaki, Galiley javobni 8 yildan so‘ng berdi.  Hajmi kichik «Maktub»da yorqin va botirlarcha  yozilgan sahifalar ko‘p. Bu kitobda kemada kema harakatini  sezib bo‘lmaydigan  holatning — inersiya qonunining shoirona tasviri; quyosh bilan taqqoslanuvchi harakatsiz Yulduzlar haqidagi muhokamasi Koinot o‘lchamlari muammosi erkin muhokama qilinadi.

Olam o‘lchamlariga kelganda, bunda harakatsiz Yulduzlarning «sakkizinchi osmoni» bilan chegaralangan olamga ishora ham yo‘q. Galiley  chekli  yoki cheksiz Olam haqidagi gipotezalarni tanlab olishga imkoniyat beradigan dalil ko‘rmayotganini  aniq  tushuntiradi, biroq inson  uning  faqat kichik bir qismini ko‘ra  olishligiga  ishonadi»... chegarasini  bizning  hislarimiz  o‘rnatadigan, bizning olamimizga nisbatan chuvalchang  olamidek  butun Olamga ko‘ra juda kichik ko‘rinadigan olam haqidagi fikrdan ham jirkanmayman». Olamning cheksizligini  Galiley  juda  ham  botirlarcha  faraz qiladi! Buyuk fantaziyachi Kepler («Yulduzlar axboroti bilan suhbat» asarida) quyosh tizimiga o‘xshash  cheksiz olamlar mavjud  deb faraz qilib, o‘zini qanchalik noqulay sezganini eslash mumkin: «...men o‘zimni  Bruno cheksiz  olami  zindonidagi  kishanga mubtalo qilgan bo‘lar edim, hatto ana shu cheksizlikka haydalar edim».

«Ingoliga maktub» 1624 yilning kuzida yozilgan edi, 1625 yilning bahorida esa Galiley yana Rimga safar qildi. Uning maqsadi yangi papa bilan aloqa bog‘lash, ahvol  qanchalik  yaxshilanganligini  aniqlashdan iborat edi. Galiley  papa bilan olti marta suhbatlashdi, Barberinining ko‘p sonli oilasi uni hurmat qilishdi, bir necha kardinallar bilan, jumladan, nemis kardinali Sollern bilan ham yaxshi aloqa o‘rnatdi. Shaxsan Galileyga bo‘lgan munosabat yaxshi bo‘lishi mumkin emas edi, ammo asosiy maqsad tasdiqlanmadi: Urban VIII  Quyoshning harakati va Yerning harakatsizligi  haqidagi «qutqaruvchi dekret»ning  tasdiqini  qattiq  turib ma’qulladi. Galiley bu masalaning muhokamasida papa bilan to‘g‘ri tilda gaplashayotganini sezdi.

Galiley dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishini Yer harakatlanadi deb faraz qilmasdan  tushuntirish mumkin emas, deb tasdiqlaydi, unga javoban esa papadan «insonlar uchun tushunarsiz  bo‘lgan narsalar xudo uchun tushunarli» degan  tushuntirish  oladi.  Bunday dalillar bilan tortishi, ayniqsa cherkov amaldorlari bilan  qiyin!  Galiley qaytib ketadi, uning orqasidan Toskaniya gersogi Ferdinandoga (Kozimo Yaqinda  vafot etgan edi) Florensiyalik olimning  tashrifidan qoniqish haqida, olim haqidagi eng yaxshi maqtovlar bilan papaning maktubi jo‘natiladi.


 

 

«Olam tuzilishi». Galiley Rimdan qaytgach, nihoyat, Kopernik sistemasini tasdiqlaydigan  hamma  dalillar  haqida kitob yozishga qaror qildi.  Bu kitob haqida

1597-yili Keplerga xat  yozganida  o‘ylagan edi, uni «Yulduzlar axboroti»ga kiritmoqchi  edi, bunday  kitobning yaratilishini  u Florensiyaga kelishdagi asosiy ish  deb bilardi. Galiley  60  yoshga  kirdi,  sog‘ligi ham yaxshi emas. Rimga qilingan  safar  to‘la  muvaffaqiyatli bo‘lmadi, ammo yaxshilanish paytini ham kutish kerak emas. «Qutqaruvchi dekret»dan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kunda ham Rimdagi «boshliq shaxslar» o‘z fikrlarini   qat’iy  ushlab  turgan ekanlar, geliosentrik  sistemani  ochiq quvvatlanishi haqida o‘ylash ham mumkin emas, ammo Galiley ayyorlikka o‘rganmagan edi.

Hatto diniy munozaralarda ham qatnashuvchilardan  biriga  bid’at  nuqtai nazarni yaxshiroq fosh etish uchun uni «shartli» himoya qilishga ruxsat etiladi.

Kopernik sistemasi dinga qarshi deb e’lon qilinmadi, hatto Bellarmino u haqida  matematik  sistema  sifatida «faraziy»  gapirishga ruxsat berardi. Galiley badiiy usul o‘ylab topadi.  Uchta hamsuhbat Salviati, Sagredo va Simplichio — Sagredoning saroyiga to‘planishib, olti kun mobaynida har ikkala sistemani «qiziqish» bilan muhokama qilishadi. Birinchi  ikki  qahramon Galileyning vafot etgan do‘stlarining ismi, uchinchisi esa Aristotel va Ptolomey tarafdorlarining (yasama) nomi bilan atalgan.

Galiley kitob ustida  besh  yildan ziyod qattiq ishladi; u shubhasiz buni hayotidagi eng asosiy asar deb biladi. 1630 yili olti kundan to‘rttasi tugadi: birinchi kuni  Yer  harakatining prinspial  mumkinligi muhokama qilinadi, ikkinchi kuni uning sutkalik harakati, uchinchi kuni yillik harakati va nihoyat, to‘rtinchi kuni Galileyning eng sevgan kashfiyoti dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi muhokama qilinadi. U to‘rt kun bilan kifoyalanishga qaror qiladi, kitobni esa «Dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi haqida munozara» deb ataydi. 1630-yilning bahorida Galiley qo‘lyozmani Rimga olib boradi.

Shuni aytish kerakki, Galiley yozgan kitobni hozirgi terminologiyada ilmiy-ommabop  kitoblar  qatoriga kiritish lozim. Galiley ataylab uni faqat olimlarga emas,  keng  ommaga  yo‘llaydi; u  Kopernik foydasiga rad etib bo‘lmaydigan dalillar  mavjudligiga  hamma ishonishini istaydi. Galiley qisman shu tufayli, qisman o‘zining  ilmiy  yo‘nalishi  bo‘yicha  sistemani  astronomik  kuzatishlarning sonli  ma’lumotlari  bilan  bog‘lamay, deyarli aniq sifatli hodisalar bilan ish ko‘radi. Unda  sayyoralar markazida Quyosh turgan aylanalarda tekis harakatlanadi, buni astronomik  kuzatishning hech qanday ma’lumotlari bilan mos keltirishning imkoniyati yo‘q. Bu sohada Galiley Keplerdan ancha orqada va Kopernikni qiziqtirgan masalani muhokama qilishdan o‘zini tortadi. Ehtimol, hisoblash  astronomiyasi  Galileyiing kuchli tomoni emasdir.

Galiley qabul qilish uchun  papadan  ruxsat  oladi  va   obro‘  e’tiborli kardinallar bilan uchrashadi. Urban VIII  ta’qiqlangan  tizim  foydasiga  shartli dalillar bo‘lgan  kitobga  qarshilik  qilmaydi, ammo  o‘quvchiga  ikkala tizimdan birini  tanlab  olish  taklif  etilgandek  ta’sir hosil bo‘lib qolmasin deb uqtiradi. Kitob  Quyoshning  harakati  va  Yerning harakatlanmasligi haqidagi cherkov bergan  tasdiqning  qat’iy  ekani haqida ikki xil fikrga ega bo‘lmasligi lozim. Bundan  tashqari, papa «Dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi haqida munozara» degan  nomni  ham yaroqsiz deb topdi. Galiley hali yozilmagan so‘z boshi  va  xulosada  istaklarni  bajarishga va’da beradi. Qo‘lyozma unga baho berish uchun Muqaddas saroy Magistri (bosh senzurachi, Mostro ota nomi bilan Mashhur bo‘lgan)  Nikkolo  Rikkardiga  topshirildi.  Mostro ota  kuttiradigan  taktika qo‘lladi, u Galileydan farqli ravishda shoshmaydi.

Keyingi  hodisalar  detektiv  tarixni  eslatadi, unda Galiley va uning tarafdorlari kitob bosilib chiqishi uchun ajoyib kashfiyotchilik ko‘rsatishadi. Dastlabki ruxsatni olish uchun papaning sobiq kotibi  Champoli  o‘z  martabasini  ham  xavfda qoldirib, aldash yo‘liga kiradi.  Kitobni Rimda nashr etish mo‘ljallangan edi. Katta ayyorlik ko‘rsatib, Galileyning sog‘ligi yomonligini, Italiyada o‘lat kasali tarqalganligini vaj qilib, uni Florensiyada chop etishdi.

1632-yil 22-fevralda gersog  Ferdinando sovg‘a tarzida unga bag‘ishlangan to‘rt kun davomida Olamning ikki asosiy sistemasi — Ptolomey va Kopernik sistemalari  haqida muhokama yuritilgan, har ikkala tomondan ham qat’iy bo‘lmagan falsafiy va fizik dalillar tavsiya qilingan «Lincheo Akademigi Piza universiteti  Ekstraordinar  Matematigi va Muqaddas Toskaniya Buyuk Gersogining Bosh Faylasufi va Matematigi Galileo Galileyning Dialogi» degan kitobning birinchi nusxasini oladi. «Aqlli o‘quvchi»ga qaratilgan so‘z boshida muallif Kopernik  sistemasi  foydasiga keltirilgan  dalillarning  sabablarini  tushuntiradi. U Yerning  harakati  haqidagi  pifagorchilarning  fikrini o‘z vaqtida  taqiqlash uchun   xavfli  tortishuvlarni  to‘xtatish  uchun  chiqarilgan «qutqaruvchi dekretni» eslaydi.

Galileyni «bu dekret  masalani  yaxshi o‘rganmasdan, qiziqqonlik ostida, masalani yaxshi tushunmaydiganlar tomondan chiqarilgan» degan mish-mish tarqalgani «hayajonlantiradi». Tavsiya etilayotgan kitob ana shu mish-mishlarni  rad  etishi  lozim edi. U «boshqa mamlakat halqlariga  umuman  Italiyada, va ayniqsa  Rimda ham bu masala bo‘yicha  xorijiy  mamlakatlarining ilmiy xodimlaridan  kam narsa bilmasligini...» ko‘rsatishni istaydi va Kopernik sistemasiga  taalluqli  o‘zining  barcha  kuzatishlarini  jamlab,  bu bilan tanishishdan oldin Rim senzurasining qarori chiqqanini va senzuradan faqat jon saqlash uchun  umidlar emas, balki aqlni qanoatlantiruvchi juda o‘tkir aqlli kashfiyotlar ham chiqishini bayon etadi». Nihoyat, «agar  biz  Yer harakatlanmaydi desak  va qarama-qarshi fikrni matematik paradoks deb qabul qilsak, u holda bizning ishonchimizning asosi boshqa kishilar fikrini bilmaslikdan iborat bo‘lmasdan, boshqa  mulohaza  va  maqomlar — to‘g‘rilik,  din,  xudoning qudratiga  ishonish  va  inson ongining  mukammal  emasligini  tan  olishdan  iborat bo‘ladi: Nima  qilibdi,  Rimda  maqsadning  muvofiqligi  ko‘rinishi  kerak edi: dekret o‘ylab chiqarilmaganligi haqidagi gaplarni kesib tashlash, «boshqa ellar xalqini» o‘z holiga qo‘yish. Aytgandek, bugun ba’zi ifodalashlar xuddi ikkiyoqlamadek tuyuladi. Ehtimol, ular «boshliq shaxslar»dan kimgadir ham shunday ko‘ringandir. Har holda «Dialog»ning nusxalari Rimga kelgach, momaqaldiroq  gumburladi.


 

 

Sud va hukm. Aftidan, Galileyni ta’qib etish tashabbusi papa Urban VIII ning o‘ziga tegishli. Papani nima shunchalik  darg‘azab qildi va u nega murosa qila  olmaydigan  bo‘ldi? Ehtimol, u «qutqaruvchi  dekret»ning  o‘z vaqtida chiqarilganini  maqtanish  samimiy  emas deb hisoblar.  Shubhasiz,  «Dialog» Urban uchun  noqulay paytda yuzaga keldi. Rimdagi kuchli Ispan oppozitsiyasi papani o‘rnidan  siljitishga  urinardi  va  u «dinsiz deb gumon qilingan»  olimni  qo‘llab quvvatlagani uchun ayblanib qolishishdan xavfsirashi o‘rinli edi. Papa o‘zini Yerning  harakatlanmasligini  himoya qiluvchi sodda Simplichio deb tushungan degan  gaplar  yurardi.  Galiley  so‘z boshida bu qahramon qolgan ikki qahramondan farqli ravishda o‘z nomi bilan atalmagan deb yozgan edi. Agar haqiqatan ham Urban VIII, kitobdagi Simplichioning so‘zlaridan o‘zining qachonlardir  Galileyga aytgan mulohazalarini topgan bo‘lsa, yuqoridagi fikr kelishi  o‘rinli  edi.

1632-yilning avgustida papa hukumatining markaziy organi «Dialog»ni tarqatishni  taqiqlaydi.  Sentyabrda ish inkvizitsiyaga topshiriladi. Uzoq siyosiy-diniy  o‘yin  boshlanadi. Galileyning tarafdorlari, Toskaniya  gersogi  ham avvaliga inkvizitsiya ishni ko‘rmasligiga, so‘ngra ishni Florensiyaga ko‘chirib, imkoniyati boricha  Galileyning kasalligini vaj qilib uni cho‘zishga harakat qilishdi.  Barcha urinishlar  bekorga ketdi. Urban VIII o‘z  mansab  vakolati – Vatikan taxti  dahlsizligi  foydasiga  bir  so‘zli  bo‘lib  turib oldi.

Galileyni  kishanlarda olib ketish xavfi  uni 1633-yil  yanvarda Rimga  jo‘nashga majbur etdi. 13 -fevralda u Rimda, 12-aprelda esa inkvizitsiyaning bosh komissari Makulano  huzurida  bo‘ldi.  Azobli tekshirishlar boshlandi, Galileyga ruhiy va jismoniy ta’sir ko‘rsata boshlandi, unga qarshi qiynash usuli ishga solindi. Kelishishni  qidirib  charchatadigan  kurash  olib borilar edi. Diniy xizmatning uchta  kvalifikatori  kitob  hech bo‘lmaganda hukmga mahkum qilingan doktrinani sir saqlashni  buzadi va uni tarqatadi degan xulosa chiqarishdi. Galiley o‘z xohishiga qarama-qarshi Kopernik sistemasi foydasiga dalillarni kuchaytirib yuborganini tan oldi. 22 iyunda Muqaddas Mariya cherkovida, tizzalari bukilgan, yarim  yildan so‘ng 70 yoshga to‘ladigan Galiley hukmni eshitadi. U «biror fikr diniy yozuvga qarshi deb aniqlanib, e’lon qilinganidan keyin ham uni haqiqatga  o‘xshash deb himoya qilish va unga asoslanish mumkin deb hisoblagani uchun hukmga  mahkum  etildi». Galileyga «dinsizlikda kuchli gumon qilinadi» deb hukm chiqariladi. «Dialog»  kitobi ta’qiqlanadi, Galiley majburiy xizmatga hukm qilinadi (dinsizlikda gumonsiralganlar, dinsizlar kabi yoqilmaydi!) va u «uch yilgacha haftada  bir  marta Injildan yettita avf so‘rovchi oyat o‘qishi lozim». So‘ngra Galiley  o‘z fikr va g‘oyalaridan, ilmiy tasdiqlari va natijalaridan  qaytish hukmi matnini o‘qiydi: «...Menga aytilgan doktrina diniy yozuvga qarshi deb e’lon qilinganidan  so‘ng,  men avval qoralangan mana shu doktrinani  bayon etuvchi kitob yozdim va bosib chiqardim. Men hech qanday yechim bermay katta ishontirish bilan shu doktrina foydasiga dalillar keltiraman...» U o‘ziga qo‘yilgan «barcha vazifalarni  bajarishga» qasamyod qiladi.

Ehtimol, shu paytda Galiley Toskaniya gersogining imkoniyatlarini to‘g‘ri baholamay Venetsiya respublikasini tashlab ketganiga afsuslangandir, bu yerda unga inkvizitsiyaning qo‘li yetmas edi. Ammo Venetsiyada uning bosh asarini bosishga  imkoniyat  yo‘q edi,  qattiq  ta’qib ostida bo‘lsa ham Florensiyada bu ishni amalga oshirish mumkin bo‘ldi.

Inkvizitsiya  qamoqxonasiga qamash avval  Medichi  saroyiga  almashtirildi;  ikki haftadan keyin esa u Siennga arxiepiskop  Pikkolamini  ixtiyoriga yuborildi. Yarim yildan keyin unga o‘zining Archetridagi villasiga borishga ruxsat etildi. Archetrining  Yaqinidagi  monastirda uning qizlari bor edi. Ozgina vaqt Florensiyada bo‘lgani hisobga olinmasa, Galiley hayotining qolgan sakkiz yilini o‘sha yerda o‘tkazdi. hamma yerda Galiley inkvizitsiya ko‘zi ostida bo‘ldi, inkvizitsiya  uning  tashqari  bilan  aloqasini  diqqat  bilan nazorat qilardi. Urban VIII  hatto olim  vafot etgan  kuni  ham rahmdillik qilmadi. Uning qarindoshi kardinal  Barberini  Florensiyaga  mana  bunday xabar jo‘natdi: «...diniy inkvizitsiya tribunali tomonidan jazolangan va Shu jazoni  o‘tash  paytida o‘lgan  kishining jasadi uchun maqbara qurish yaxshi emas». Gersogga Galileyni Mikelanjelo yoniga dafn etish  istagidan voz kechishga to‘g‘ri keladi (bu istak  uzoq  yillardan so‘ng bajo etildi).

Galileyning o‘z fikridan  qaytishi  kishilarni  hozirgi  kunda ham taajjubga soladi. Olim Shubhasiz haqiqat deb bilgan, uni tasdiqlash uchun o‘z hayotining ancha qismini sarf etgan nazariyasidan qaytishga haqqi bormidi? Galiley qabul etgan qarorning  turlicha  tushuntirilishi  mavjud: 70 yoshdagi kasal olimning qiynoq  va  kuydirilish  oldidagi qo‘rquvi, men o‘z vazifamni bajardim, endi kitobning  tarqalishiga  hech  kim  to‘sqinlik  qilmaydi degan, sezgi, qolgan umrini (u sakkiz yil ekan) fanga bag‘ishlash imkoniyati u voz kechishi lozim bo‘lgan o‘z g‘oyasini yaratish uchun chorak asr to‘xtatib qo‘ygan  avvalgi  mashg‘ulotlariga qaytdi.

K. Ridning «Jilbert» degan kitobida ulug‘  matematik  unga xos bo‘lgan ochiq ko‘ngillik  bilan  Galiley  haqida  deydi: «Ammo u ahmoq emas edi. Ahmoqqina  ilmiy haqiqat qiynoq talab etadi deb o‘ylaydi. Lekin ilmiy natijalar o‘zini vaqt o‘tishi bilan isbotlaydi». Galiley ilgari ham kelishuvchanlikka borganini, 1616-yildan so‘ng Yerning qo‘zg‘almas ekanini  shunchaki tan olganini esdan chiqarmaslik  lozim  (jumladan, «Dialog»da ham).

Afsonaviy  «U baribir aylanadi» degan so‘zni Galiley aytmagan bo‘lsa kerak, u dindor bo‘lishiga qaramay uning o‘z fikridan  qaytishi  haqiqiy  emasdir. «Dialog»ni  butunlay yig‘ib olisha olmaganligi, 1635  yilda  Yevropada lotin tilida nashr etilishi uni xursand etgandir, albatta. Uning Venetsiyalnk tanishi Mikaitsio unga Shunday yozadi: «Ajoyibki, Sizning «Dialog»ingiz bosilib chiqqach, matematikani biluvchi kishilar darrov Kopernik sistemasi tomonga o‘tdi. Mana ta’qiqlash nimaga olib keldi!»  Galiley,  «Sizning «Dialog» haqida yozganingiz men uchun juda ham yoqimsiz, chunki bu boshliq shaxslarga katta hayajonlantirish keltirishi mumkin. «Dialog»ni o‘qishga beriladigan ruxsat juda chegaralangan, oliy hazratlari  bittagina  nusxani o‘zlari uchun saqlaydilar, borib-borib Shunday bo‘lishi mumkinki, bu kitob haqida tamoman unutib yuborishadi». Galiley uchun sud va hukm bilan bog‘liq sharmandalik juda og‘ir edi, biroq olamning tuzilishi haqidagi muammolar bilan Shug‘ullanishni taqiqlash ham og‘ir edi. Unda bu mashg‘ulotlardan voz kechishi kerakligiga shubha yo‘q edi. Galiley nima qilishi kerak edi? Uning davrdan zorlanishga hamma asosi bor: «Eh, bizning baxtsiz davrimiz, hozir har qanday yangi fikrni, ayniqsa, fanda,  go‘yoki bilish kerak bo‘lgan barcha narsalar bilan olinganidek, ildiz ottirmaslik uchun qat’iy qaror hukm  surmoqda». Uning eski  hamfikri  Kampanellaning aytganlari bilan o‘z-o‘zini yupatish mumkin (u 1616-yildayoq Neapol qamoqxonasida «Galileyga Apologiya» yozgan edi): «Shukuhli asr bizni muhokama qiladi, chunki hozirgi zamon hamma vaqt; o‘z himoyachilarini tepadi, ammo ular uch kun yoki uch yuz yildan so‘ng tiriladilar». Hukmdan bir necha hafta keyin Galiley to‘xtatib  qo‘yilgan mexanika haqidagi  risolasini eslaydi. Bu kitobni yaqin yillarda yozish Galileyning bosh ishi va hayotining maqsadi bo‘lib qoladi. U yoshligida kashf  etgan mayatniklarning izoxronligi xossasini eslaydi va o‘g‘li Vinchensoga mayatnikli soat yasashni buyuradi. Galileyning  ko‘zi juda ham yomonlashib qoldi. Kitobini  yozib tugatay deganda uning bitta ko‘zi butunlay ko‘r bo‘lib qoladi, Shunda ham u 1637-yilning oxirida butunlay  ko‘r bo‘lib qolguncha, ba’zan osmonni teleskopda kuzatadi, Oyning  libratsiyasini  tasvirlaydi: «...Men o‘zimning o‘tkir  kuzatishlarim va ochiq-oydin  isbotlarim  bilan odatda oldingi asr bilimdonlari  ko‘rganidan, yuz, hatto ming marta kengaytirilgan osmon, olam va butun olam shunchalik kichiklashib, torayib ketdiki,  mening  shaxsim egallagan  fazodan ortiq emas. Yaqinda ro‘y bergadigan baxtsizlikka chiday olmayman va bosh ega olmayman, biroq vaqt meni bunga o‘rgatishi kerak». Baribir unga  hadya qilingan oxirgi yili yana Medichi Yulduzlarini kuzatdi, o‘rtoqlari esa uni Shunday  fikrga  yo‘lladilarki, bu uni oxirgi kungacha tark etmadi.


 

 

Yana Medichi Yulduzlari. Ehtimol, bu g‘oya Galileyda 1635-yilning oxirida kardinal Rishele tuzgan fransuz hay’atiga joyning uzunligini Oyning harakatini kuzatish bilan aniqlaydigan  Moren  usuliga  taqriz berish paytida vujudga kelgandir. Bu usul noto‘g‘ri ekan, ammo bunga qanchadan-qancha yuqori mansabdor  shaxslar  qiziqayotganiga diqqat  qilish lozim. Gap  Shundaki, XVII asr — dengizda suzish  asrining kema bortida turib joyning geografik uzunligini aniqlash  masalasi dolzarb masalalardan biri edi. Bugun o‘sha vaqtdagi dengizchilar kemaning ochiq dengizdagi koordinatalarini aniqlashning biror ishonchli usulini bilmay turib, uzoqlarga  suzganiga  ishonging kelmaydi.  Bu albatta, kenglikka  tegishli emas: uni  XVI  asrlardayoq (masalan, Quyoshning tush paytidagi balandligi bo‘yicha) ishonchli o‘lchay olinardi. Uzunlikka  kelganda esa olimlar aniq biror narsa tavsiya etisha olmaydi. Bu muammo iqtisodiy nuqtai nazardan dengizga chiquvchi mamlakatlarni tashvishga solardi. Uzunlikni o‘lchashning 1/2 (yarim) gradusgacha  aniqlikdagi  usulining muallifi turli vaqtlarda  Ispaniyalik Filipp II dan 100000 ekyu, yoki Lyudovik XIV dan 100000 livr, yoki Angliya parlamentidan 20000 funt, yoki Gollandiyaning Bosh shtatidan 100000 florin olishi mumkin edi. Aniqlik kamaysa, mukofot ham proporsional ravishda kamayardi. Ushbu raqamlar muammoga qiziqish qanchalik katta ekanligidan guvohlik beradi.

Uzunlikni  o‘lchash  g‘oyasi  Gipparx (e. o. II asr) ga tegishli;  yer sharining ikki punkti orasidagi mahalliy vaqtning farqi o‘sha joylar uzunligini farqiga proporsional ekanligidan foydalanish lozim. Masalan, geografik uzunligi 15 gradusga  farq qiluvchi punktlarda, mahalliy vaqt bir soat (360°/24= 15°) ga farq qiladi. Shuning uchun masalani kemadagi mahalliy vaqtni va biror belgilangan nuqtadagi, masalan, kema jo‘nab ketgan portdagi mos vaqtni o‘lchashga keltirish mumkin. Kema turgan joyning mahalliy vaqtini o‘lchash real, biroq kema chiqib ketgan portning vaqtini qanday esda saqlash lozim? Uni «saqlash»ni  uzoq vaqt  hech kim o‘ylamadi. Magellanning dunyo bo‘ylab suzishidagi «yo‘qotilgan» sutkalar tarixi eng qiziq misoldir! ha, u paytda ayniqsa,  dengiz  to‘lqinlarida eslab qoladigan soatlar yo‘q edi.

Boshqa imkoniyat — kema bortidan turib kuzatish mumkin bo‘lgan va uning boshlanish vaqti kema chiqib ketgan portga aniq, bo‘lgan biror astronomik hodisadan foydalanish, ammo mos keladigan hodisalar juda kamda! Juda ham kam sodir bo‘ladigan Oy va quyosh tutilishlaridan boshqa nima ham tavsiya etish mumkin. Oy harakati jadvali shunchalik nomukammal ediki, Oyni kunda kuzatish bilan uzunlikni aniqlash imkoniyati yo‘q edi (Morenining usuli shunday urinishga misol edi). Galiley manzarani o‘ziga xos tantana bilan ifodalaydi: «Bu hisobda osmon ilgari vaqtlarda saxiy, ammo hozirgi  ehtiyoj  uchun bizga  faqat oy tutilish bilangina  yordam berib, u juda qizg‘anchiqlik  qilmoqda, osmonning o‘zi sezilarli Oy va quyosh tutilishlaridan boshqa, bizning ehtiyojimizga mos tez-tez sodir bo‘ladigan hodisalarga to‘liq emasligidan emas, balki olamni boshqaruvchi — ularni  bizning  kunlarimizgacha yashirib kelganidan, u qizg‘anchiq edi...».

Galileyning oxirgi so‘zlaridagi optimizm o‘zi kashf etgan Medichi Yulduzlari— Yupiter yo‘ldoshlariga bo‘lgan umid bilan borliq. Gap Shundaki, ularning xususiyatlaridan  biri, 1610 yili birinchi kuzatishdayoq kashf etilgan, ularning tez tez  tutilishidir. Agar  Oy  orbitasi  Yer  orbitasiga  og‘ishmaganida,  Oy  har bir to‘lin  Oy paytida Yerdan tushadigan soya konusiga kirar edi. Yupiterning yo‘ldoshlari  uning  kuchli  soyasiga  har  bir  aylanishda  tushadi, ular esa ancha tez aylanadi (masalan, Io taxminan 42,5 yer soatida to‘liq bir aylanadi). Galiley Yupiter yo‘ldoshlari tutilishini kuzatish bilan kema bortida turib uzunlikni o‘lchash usulini  yaratishga  qaror  qiladi.  U  usulni  oxiriga yetkazmasdan muzokara boshlab yuboradi. Avval Galiley Ispaniya haqida o‘yladi (ehtimol, Ispaniyaning katolik mamlakat bo‘lgani muhimdir). Neapolda Ispan valiaxd-shahzodasi bilan uchrashish   haqida  so‘ng, asta-sekin, uning g‘oyasi bilan qiziqib qolgan Gollandiya haqida o‘yladi. 1636-yilni avgust oyida Bosh shtatlar bilan maxfiy kelishuv eng qizigan paytda Galileydan ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallarni  so‘rashga qaror qilindi. Galiley Gollandiya Bosh shtatlariga «Okeanni  zabt  etuvchi va qo‘riqlovchi» sifatida tantanali murojaat yozadi. Yuqorida keltirilgan iqtibos o‘sha murojaatdan olingan. Galiley uning usulida birinchi  darajali rol  o‘ynovchi  teleskop Gollandiyada  kashf  etilganligini  ramziy ma’no bor deb hisoblaydi. U Gollandiya buning usulidan foydalansa, qanday ustunlikka  ega bo‘lishini ifodalashda maqtanchoqlik qiladi: «Men juda ko‘p ishlatish  yo‘llarini sanab o‘tishim mumkin edi, ammo  Gollandiyaliklar  shunchalik mukammallashtirgan  kema  boshqarish  bilan  chegaralanish  yetarli. Agar bittagina  qolgan  ish—hozircha  ular  bilmaydigan uzunlikni aniqlashga kelsak, buni aniqlash ularning  oxirgi buyuk kashfiyotlari bo‘lib, bu tufayli u boshqa o‘ta aqlli operatsiyalari ro‘yxatiga qo‘shilsa, ularning shuhrati shunchalik ortardiki, ulardan o‘zib  ketishni  birorta  ham  millat  xayoliga ham keltirmaydi».

Obro‘li  hay’at tuzildi, unga admiral Laurens Real, astronom va matematik Gortenziy,  keyinroq esa   kengashi  a’zosi Konstantin Gyuygens (ulug‘ olimning otasi) kiradi. Amaliyotchi gollandlarga tavsiya etilayotgan usulning real ekanini tekshirish qiyin edi. «Siz, yuqori martabali qancha kishilarga va amaldorlarga, dastlab aqlsizlik deb topilgan, haqiqatning ko‘z ilg‘amaydigan bo‘lagini tushuntirishga majbur bo‘lganimizni tasavvur qila olmaysiz»,— degan edi             K. Gyuygens. Haqiqatan ham hay’atning eng yaxshi niyatli a’zolari ham loyihani amalga oshirish imkoniyatiga ishonishmas edi. Admiral Real Galileyga yozgan xatida  uning  usuli «golland  dengizchilari  kabi  qo‘pol halq uchun» juda ham nozik ekanidan xavotirda ekanini aytadi. Shubhani K. Gyuygens so‘zlaridan ham sezish mumkin: «Bizning xalqimiz foydasidan ko‘ra chiroyliligi bilan ajralib turuvchi bunday katta sovg‘a uchun o‘zini bazo‘r majbur deb hisoblaydi». Hatto Gortenziy ham Yupiter yo‘ldoshlarini bazo‘r kuzata oladi. Yaxshi teleskoplar yetishmaydi. 1637- yilning  oxirida Galiley ko‘r bo‘lib qolgani uchun unga endi kerak  bo‘lmay  qolgan  o‘zining  teleskopini jo‘natadi.  Yo‘ldoshlarini kuzatish uchun  jadvallar  zarur,  uni  tuzish oson emas (hatto uzoq vaqtgacha yo‘ldoshlarning  aylanish  davrlarini ham aniqlab bo‘lmadi).

Hisoblash astronomiyasi   hech qachon Galileyning kuchli tomoni emas edi, endi ko‘rlik uni kuzatishlar o‘tkazishdan mahrum qildi. Galiley hisoblash astronomiyasidan  tajribali  monax-olivetan Vinchenso Reneridan imkoniyati boricha bir yil oldinga Yupiter yo‘ldoshlarining  efemeridasini topishni so‘raydi. Hisoblash  cho‘zilib  ketadi  va  Reneri  zaruriy  jadvallarni  tuza olmaydi.

Bosh shtat Gortenziyga Galiley bilan uchrashib, zaruriy tafsilotlarni aniqlashtirish, Bosh shtatning sovg‘asi — oltin zanjirni topshirishni buyuradi. Kutilmaganda muzokaraga inkvizitsiya aralashadi. Murakkab o‘yin boshlandi, natijada  yo  Galileyning  o‘zi Gortenziy bilan uchrashishni va Gollandiya sovg‘asini olishni rad etadi, yoki inkvizatsiyadan sovg‘ani olmaslik haqida ko‘rsatma oladi. Birinchilikni Italiyada qoldirish haqida muzokara boshlandi. O‘qituvchisi  bilan  uchrashishi  ta’qiqlangan  Kastelli  Galiley  bilan  uchrashishga va  usulning tafsilotlarini bilib olishga ruxsat oladi. Kutilmaganda Gortenziy va Real vafot etadi. Galileyning ham kuchi qolmaydi. Florensiya  inkvizatori  Rimga «butunlay  ko‘r  bo‘lib  qolgan  olim,  matematik hisoblashlar bilan shug‘ullanishdan  ko‘ra  ko‘proq  go‘rda  yotganga  o‘xshaydi» deb xabar beradi. Galileyni  umid  tark  etmagan, biroq unga o‘z fikrini amalga oshirish nasib etmasligi  ma’lum  bo‘lib qoladi. Ehtimol, loyihani amalga oshirib bo‘lmas. Dengizda  geografik  uzunlikni  o‘lchash masalasini hal qilish uchun yana ancha vaqt o‘tdi. Ammo masala boshqacha yo‘l — aniq dengiz soatlari yordamida hal qilindi.

Galileyning oxirgi bir  gapi  shuni ko‘rsatadiki, uni o‘z hayotining bosh muammosi hech qachon tark etmagan, bu esa Galileyni «tuzatib bo‘lmasligidan» guvohlikdir: «Shunday  qilib, men Kopernikning  kuzatish  va farazlarini yetarli emas deb hisoblayman, ammo menimcha, Ptolomey, Aristotel va ularning izdoshlarining  kuzatish  va  farazlari  undan  ham yolg‘on va xato, chunki keyingilar  fikrining  asossiz  ekanini  odatdagi so‘zlardan foydalanib yetarlicha aniq  yuzaga  chiqarish  mumkin». Unga  odam uchun  tushunarsiz va Kopernikni rad  etuvchi  dalillar  bilan tortishishga ruxsat etilmagan, ammo Ptolemeyni rad etish uchun odam tushunadigan  dalillar  yetarli.


 

 

Xotima. Uch yarim asr o‘tgandan so‘ng narsalar Galiley tasavvur qilganidan boshqacharoq ko‘rinadi. Bu Ptolomey va Kopernik sistemalari orasidagi farqda, Yerning harakati «haqiqiyligi» masalasiga taalluqli.

Osmon  mexanikasiga  real   suyanmasdan  olamning izchil sistemasini tuzish qiyin.  Paradoks shundaki, Galileyning osmon mexanikasi uning «yer» mexanikasidan farqli yetarlicha sodda va Aristotelning qarashlariga yaqin edi. Birinchidan, u osmon jismlari doimiy ta’sir etuvchi kuchlarsiz inersiya bilan harakatlanadi deb o‘ylardi. U uchun uzoq ta’sir haqidagi  faraz qabul qilinadigan emas, masalan  yerdagi obyektlar  uchun Oyning va Quyoshning tortishi astrologik anaxronizm  kabi  qabul qilinar edi. Ikkinchidan, Galileyning fikricha osmon jismlari  inersiya  bo‘yicha harakatlanib, tekis aylanma harakat qiladi.

Inersiyaning «yer» prinsipiga zidligi o‘z-o‘zidan ma’lum!

Galiley  uchun  bosh  masala  Yerning haqiqiy (mutlaq) harakati masalasi va uning amaliy  tajribadagi isboti edi. Isbot uchun yerdagi hodisalar xizmat qilishi lozimligidan, inersiyaning yerdagi va osmondagi tamoyillari to‘qnashishi aniq. Galiley  o‘ziga  xos  buyuk   sezgirlik  bilan Tixo Bragening, Ingoli  ham takrorlagan, harakatlanayotgan kemadagi  qator  hodisalar bu harakatni ham sezishi  lozim  degan tasdiqini rad etadi. Galileyning bu rad etishi (bu o‘z mohiyatiga ko‘ra («yerdagi») inersiya qonunining birinchi ifodasi edi) tajribaga asoslangan edi. Bir vaqting o‘zida Galiley Yerning harakatini sezadigan (dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi) hodisalari ham mavjud deb tasdiqlaydi. Bunda Yerning taxmin qilinayotgan harakati ichki usulda sezib bo‘lmaydigan kema harakatidan nima bilan farq qilishi ko‘rsatilmaydi.

Bu hodisalar uzoq ta’sir etuvchi kuchlar qatnashmaydigan faqat inersiya bo‘yicha yuz beradigan Yerning o‘ziga xos harakatining natijasi ekanini ta’kidlaymiz. Galiley bu yerda qarama-qarshilik ko‘rmaydi. Oldin aytilganidek, Galileyning «hal qiluvchi» dalili xato ekan.

Galileyning haqiqiy (mutlaq) harakatga qarashi to‘g‘ri emas edi. Inersiya qonunining yaratuvchisi hali harakatni nisbiy deb tushunishdan, harakatni tekshirishda  sistemaning  hisob  boshining rolidan yiroq edi. Harakatning nisbiylik xarakterini ochish uchun Gyuygens ko‘p ish qildi. Nyuton (Gyuygensdan farqli ravishda) aylanishni mutlaq deb hisobladi. Ptolomey va Kopernik sistemalarida hisob  boshining sistemasi mavjud; birida Yer tinch tursa, ikkinchisida quyosh   tinch turadi. Mexanikaning rivojlanishi o‘rinli tanlab olingan sanoq sistema harakatlarning  qonuniyatini  aniqlash  uchun  zarur ekanini ko‘rsatadi. Kopernik sistemasining asosiy ustunligi  Kepler qonunlarini keltirib chiqarish imkoniyatining borligida (aytganday, bu qonunlarni Galiley qabul qilmagan). Gap shundaki, Kopernik sistemasida qo‘zg‘almas  hisob boshi katta jismning o‘zida  joylashadi va alohida sayyora qaralayotganida, birinchi yaqinlashuvda  (boshqa  sayyoralarning o‘zaro ta’sirini hisobga olmay) bu sayyora  bilan  Quyoshning  o‘zaro  ta’siri bilan chegaralanish mumkin. Ikkita jism  haqidagi masala hosil bo‘ladi va Keplerning qonunlari Nyuton ko‘rsatgandek, bevosita uning butun olam tortishish qonunidan kelib chiqadi. Yer harakatsiz  bo‘lgan  sanoq  sistemasida  harakatni ifodalash qiyinlashadi, xususan, u uchun Kepler qonunlari o‘rinli bo‘lmaydi.

Galileyning astronomik kuzatishlariga kelsak, u astronomiyada yangi davr ochdi. Bunda asosiy rolni Yupiter yo‘ldoshlari o‘ynadi. Ularning davrlarini hisoblashga  yarim asrdan ko‘proq vaqt ketdi, uni hisoblashga Galileyning o‘zi ham, hisoblash  bo‘yicha  tajribali  bo‘lgan  Rim  kasaba  yig‘ini  astronomlari ham  urinib  ko‘rishgan edi. Mikrometrik texnikaning yetarlicha rivojlanmaganidan   yo‘ldoshlardan  Yupitergacha  bo‘lgan  masofalarni  hisoblash yanada qiyin edi.  Ammo 1685-yili Nyuton o‘zining «Tabiiy Falasafaning matematik asoslari»ga kiruvchi «Olam tuzilishi haqida» degan kitobini yozganda, uning Yupiterning yo‘ldoshlari uchun Keplerning uchinchi qonunini T2~R3(T —aylanish davri, R— Yupitergacha bo‘lgan masofa) o‘lchash ma’lumotlari ba’zi  aniqliklarni  talab  qilsa ham o‘rinli deyishga imkoniyati bor edi. «Hodisalar» degan bo‘lim ana shu fakt bilan ochildi, bunda Nyutonning «Olam tuzilishi»  tayanadigan  eksperimental   faktlar  sanab  o‘tiladi.

Yupiter  yo‘ldoshlarining  harakati  nazariyasini  butun  olam  tortishish  qonuniga ko‘ra tuzilishini asoslash uzoq vaqt osmon mexanikasi klassiklari shuhratparastligini  sinab keldi. Gap shundaki, yetarlicha aniq nazariya faqat Yupiternigina emas, balki  Quyoshning, hatto  yo‘ldoshlarning  o‘zaro  tortishishini hisobga olishi kerak. 1774-yilda bu masala Fransuz Fanlar Akademiyasining mukofotiga  loyiq  mavzulari  orasidan  o‘rin  oladi.

Ancha  aniq  nazariya  1789-yili  Laplas  tomonidan  yaratildi. Medichi Yulduzlari  uzoq  vaqt  birorta  ham  buyuk astronom befarq qaray olmaydigan obyekt bo‘lib qoldi. Ular olimlarga yangi-yangi ajoyib faktlar sovg‘a  qilardi. Masalan,  Laplas  birinchi  yo‘ldoshning aylanish davriga uchinchi yo‘ldosh aylanish  davrining  ikkilangani  qo‘shilsa,  ikkinchi yo‘ldosh davrining uch hissasiga  teng  bo‘lishini aniqladi. Yupiter yo‘ldoshlarining  o‘rganishdagi  eng ajoyib  sahifa  Olaf  Remerning  kashfiyotidir,  biz  quyida  ana shu  haqda  batafsil to‘xtaymiz.

 

Yangilаndi: 15.02.2019 11:04