Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi
XIX-asr oxiri va XX-asr boshida SGS, MTS, MKSA, MKKGS kabi bir necha xil birliklar tizimlari paydo bo'ldi. Shu tahlit, xalqaro miqiyosda qabul qilingan birliklar tizimlari ko‘payib ayni bir kattalikka tegishli qiymatni turli tizimlarda turlicha ifodalash, kattalikni o‘zini esa har xil ta'riflashga majbur bo‘linadigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan tashqari amalda ko‘p qo‘llaniladigan lekin tizimlashmagan nostandart birliklar, hamda ko‘plab davlatlarda mahalliy ijtimoiy tuzumda uzoq asrlardan beri muqim o‘rnashib qolgan milliy birliklarning ham amaliy ahamiyati yuqoriligicha qolgan bo‘lib, bu holat hisoblashlarda, xalaqaro savdo munosabatlarida va ilmiy natijalarni ifodalashda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqarar edi. Xususan, biror birlikni bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tkazishda kattaliklar qiymatlarining oldiga o‘tkazish koefitsientlarini qo‘yish, bir qancha matematik amallarni qo‘shimcha bajarishga majbur bo‘linardi. Natijada, fizik kattaliklarning metrik tizimiga asoslangan yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish va dunyo miqiyosida joriy etish, kun tartidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu tizimga qo‘yiladigan asosiy talablarga binoan, qabul qilinishi lozim bo‘lgan yangi tizim, amaldagi barcha tarqoq xalqaro birliklar tizimlarining va tizimlashmagan nostandart birliklarning o‘rnini butunlay bosa olishi hamda, amaliy foydalanishga qulay bo‘lishi shart edi.