Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan boshlab, murakkab Atom elektrostansiyalari, kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli yo‘ni bosib o‘tdi. Odatda ilm-fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlar o‘tib, taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi. Bu - to‘g‘ri mulohaza. Evklid va Arximedsiz - Nyuton, Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari umuman bo‘masligi ham mumkin edi. Lekin, umuman olganda hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘gan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. "Olim" va "Ilm" so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.
Saytimizning ushbu bo‘imida, ilm uyini obod qilgan buyuk olimlar, alloma vatandosh - ajdodlarimiz va jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.
|
Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)
Biz foydalanadigan yulduzlar xaritalari aksariyat hollarda real voqe'likka unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi: chunki, odatda biz samoni faqat tunda va qurollanmagan ko‘z bilan kuzatamiz. Aslida esa, har soniya, har lahzada koinotda ulkan, favqulodda ulkan miqyosli tomoshalar ijro etiladi: o‘ta yangi yulduzlar portlaydi; qora tuynuklar materiyani o‘z komiga tortadi; ko‘z ongimizda hayratlanarli rang va shakllarga ega ulkan galaktikalar namoyon bo‘ladi. Lekin ushbu beqiyos va favqulodda go‘zal tomoshani faqat kam sonli mutaxassis kishilar - kuchli va sifatli teleskoplarga ega astronomlargina kuzatishadi. Qurollanmagan ko‘z bilan esa deyarli hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi.
Yangilаndi: 23.11.2018 13:02
|
Amaliya (Emmi) Nyoter - matematikaning toj-taxtsiz qirolichasi
Zamonamizning saralangan eng yetuk matematiklarining fikricha, ayollar uchun oliy ma'lumot eshiklari ochilganidan buyon dunyoga kelganlar orasida Emmi Nyoter eng yuksak matematik ijodiy iste'dod sohibasi bo‘lgan.
Albert Eynshteyn.
Eynshteyn haq edi. Emmi Nyoter (1882-1935) haqiqatan ham, hayratlanarli darajada o‘ta iste'dodli ajoyib matematik olima bo‘lgan. Eynshteyn Emmi Nyoter bilan Prinston Istiqbolli Tadqiqotlar Institutida birga ishlashni istagandi. Biroq, XX asr fizikasi dahosining bu niyati amalga oshmagan. Ular birgalikda, hamkasb bo‘lib ishlashga muvaffaq bo‘lishmadi. Bunga sabab, Emmi Nyoterning bevaqt o‘limi bo‘lgan edi.
Yangilаndi: 23.11.2018 13:15
Lev Davidovich Landau
(1908-1968)
Lev Davidovich Landau 1908-yilning 22-yanvar sanasida Ozarbayjonning Boku shahrida tug‘ilgan. Uning otasi mahalliy korxonalarning birida neftchi-muhandis, onasi esa vrach bo‘lib ishlagan.
o‘zining bolalik yillari haqida eslaganda Landau "hamma qatori bola edim, vunderkind bo‘lmaganman. Insho yozganimda eng yuqori olgan baho 3 bo‘lgan. Matematikaga qiziqardim. Barcha nazariyotchi fiziklar ilm-fanga matematika orqali kirib kelishadi. Men ham istisno emasman. 12 yoshimda differensiallashni, 13 yoshimda esa integrallashni bilardim" - degan edi.
Albatta, ushbu xotiralarida Lev Landau olimlarga xos tarzda kamtarlik qilgan. U o‘rta maktabda shu darajada yaxshi o‘qiganki, o‘zlashtirishda tengqurlaridan o‘zib ketganidan, uni juda tez sinfdan-sinfga o‘tkazishgan. Lev Landau 13-yoshidayoq maktabni a'lo baholar bilan tamomlagan. Biroq, o‘spirin yoshdagi farzandlarini oliygohda qiynalib qolishidan cho‘chigan ota-onasi uni o‘sha yiliyoq oliy o‘quv yurtiga kirishini istashmagan. Shu sababli Landau dastlab Boku iqtisodiyot bilim yurtiga kirib o‘qiy boshlagan.
Yangilаndi: 04.12.2018 10:40
Robert Boyl (1627-1691)
Robert Boyl ilm-fan tarixida shunchaki kashshof olim sifatida emas, balki, ilm-fanni tizimlashtirib, tartibga solgan tashkilotchi olim sifatida ham yorqin iz qoldirgan. Uning modda tuzilishining korpuskulyar nazariyasi bo‘yicha ilmiy ishlari atom-molekulyar ta'limot yo‘lidagi eng muhim qadamlardan biri bo‘lgan edi. Robert Boylning ilmiy tadqiqotlari kimyo fanining yangitdan tug‘ilishiga sabab bo‘lgan edi. Hozirgi zamon ilm-fanida eng fundamental, eng muhim fanlardan biri bo‘lmish - kimyo fanini mustaqil fan sifatida shakllantirgan olim sifatida ham aynan Robert Boyl tan olinadi. Aynan Boyl, kimyoda o‘ziga xos yondoshuv va uslublar mavjud bo‘lishi kerakligini va bu fanni eskicha uslubda, ya'ni, tibbiyot tarkibida o‘rganishdan foyda kam ekanini isbotlab bergan edi. Juda ko‘p sonli rangdor reaksiyalar va cho‘ktirish reaksiyalarini o‘tkazish orqali, Boyl shuningdek analitik kimyo faniga ham asos solib berdi.
Robert Boyl 1627-yilning 25-yanvar sanasida dunyoga kelgan. o‘z zamondoshlari Robert Boylning otasi Richard Boylni o‘ta manfaatparast, tamagir va yulg‘ich odam sifatida eslab qolishgan. Robert Boyldek mashhur va hassos olimning shunday noinsof kishining farzandi bo‘lganiga ishongisi kelmaydi odamni... Biroq tarixiy haqiqat aynan shunday: Richard Boyl - o‘ta kalondimog‘, shuhratparast, urishqoq odam bo‘lib, qirolicha Yelizavetta zamonida u Kork gersogi maqomiga erishgan edi. U katta-katta yer egalarini qaqshatib, kerak bo‘lsa ular bilan urush, qon to‘kish orqali ko‘pchilikning yer-joylarini tortib olgan. Shu tarzda u o‘z yer-mulklarini kengaytirib, boyib borgan. Uning naq 14 nafar farzandi bo‘lgan va Robert Boyl ular ichida eng kenjalaridan biri, aniqrog‘i 13-chi farzand bo‘lgan.
Yangilаndi: 05.12.2018 16:52
Sofya Kovalevskaya (1850-1891)
Odatda matematiklar ichida yozuvchilik mahoratiga ega, hamda, siyosatga ham aralashib turadiganlari juda kamdan-kam uchraydi. Biroq, aynan shunday serqirra matematiklardan bir nechtasini tarix guvoh bo‘lgan. Misol uchun, Unabomber laqabli yovuz qo‘poruvchi jinoyatchining asl ismi Teodor Kachinskiy bo‘lib, kallasini yaxshilik uchun ishlatmagan bu iflos aslida yetuk matematik bo‘lgan. Shuningdek, Andre Blox ismli kuchli matematik ham, o‘z mutaxassisligi bilan emas, balki jinoyatchiligi bilan ko‘proq nom chiqargan. Bunday misollardan yana ko‘plab keltirish mumkin. Lekin, keling shular bilan cheklana qolamiz. Bizning hikoyamiz esa Sofya Kovalevskaya haqida bo‘ladi.
Yangilаndi: 15.01.2019 09:16
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
Maqolaning 2 sahifasi, jami 8 sаhifа |