Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Olimlar
Olimlar

Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan boshlab, murakkab Atom elektrostansiyalari, kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli yo‘ni bosib o‘tdi. Odatda ilm-fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlar o‘tib, taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi. Bu - to‘g‘ri mulohaza. Evklid va Arximedsiz - Nyuton, Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari umuman bo‘masligi ham mumkin edi. Lekin, umuman olganda hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘gan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. "Olim" va "Ilm" so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘imida, ilm uyini obod qilgan buyuk olimlar, alloma vatandosh - ajdodlarimiz va jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Yan Diderik Van der Vaals

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Yan Diderik Van der Vaals

 

Yan Diderik Van der Vaals (gollandcha Johannes Diderik van der Waals) golland fizigi, gaz va suyuqliklarning agregat holatlarining yagona fizik tamoyilga asoslanishini tasdiqlovchi holat tenglamasini keltirib chiqarganligi bilan mashhur bo‘lgan olim. Uning asosiy ilmiy ishlari, nazariy va molekulyar fizika sohalariga taaluqlidir. Fizika bo‘yicha 1910-yilgi Nobel mukofoti laureati.

Yan Diderik Van der Vaals 1837-yilning 23-sentyabrida Gollandiyaning Leyden shahrida tug‘ilgan. o‘rta maktabni tugatgach, Leydendagi boshlang‘ich maktablarning birida dars berish bilan ish boshlagan. Bir vaqtning o‘zida, Leyden universitetiga, haqiqiy talabalik huquqlaridan farq qiluvchi - "erkin tinglovchi" maqomi bilan, ma'ruzalar tinglash uchun doimiy qatnagan. Chunki, o‘sha vaqtdagi Gollandiya davlatining ayrim qonunlariga ko‘ra, Van der Vaals oliy ta'lim muassasasida o‘qish huquqiga ega bo‘lmagan. Shunga qaramay u, 1862-1865 yillar davomida, Leyden universitetining asosiy ma'ruza va seminarlarining barchasiga muntazam qatnagan. Shu tarzda, u o‘zining o‘rta maktablarda fizika va matematikadan dars berish huquqini bruvchi sertifikatining tadbiq doirasini kengaytirishga muvaffaq bo‘lgan. 1864-yildan boshlab u Deventer shahar o‘rta maktabida o‘qituvchilik qila boshlaydi. Ikki yildan so‘ng, ya'ni 1866-yilda u Gaagadagi o‘rta maktablarning biriga ishga o‘tadi va keyinchalik o‘sha muassasada direktor lavozimiga tayinlanadi. 1869-yilda, molekulalar orasidagi o‘zaro ta'sir kuchlarini kashf qildi va keyinchalik ushbu kuchlar, olimning nomi bilan vandervaals kuchlari deb yuritila boshladi.

Yangilаndi: 23.11.2018 14:07
 

Lyudvig Eduard Bolsman

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Lyudvig Eduard Bolsman

Lyudvig Eduard Bolsman (nemischa Ludwig Eduard Boltzmann) - Avstriyalik fizik-nazariyotchi. Molekulyar-kinetik nazariya hamda, statik mexanika asoschisi. Uning ilmiy ishlari asosan, gazlarning kinetik nazariyasi, kapilyar hodisalari, elastiklik, optika, matematika va albatta termodinamika sohalariga bag‘ishlangan.

Lyudvig Bolsman 1844-yilning 20-fevralida, Avstro-Vengriya imperiyasining poytaxti bo‘lgan Vena shahrida tug‘ilgan. Ularning oilasi avvaliga Vels, keyin esa Linz shaharlariga ko‘chib o‘tishgan bo‘lib, Bolsman boshlang‘ich va o‘rta ta'limni aynan Linz gimnaziyasida olgan. 1866 yilda Vena universitetiga o‘qishga kirib, mashhur fizik olimlar - Loshmidt va Stefan qo‘l ostida ta'lim oladi. Aynan shu yili u, gazlarda tashqi potensial maydonda joylashgan ideal gazning impuls bo‘yicha ham, koordinata bo‘yicha ham bir tekis taqsimlanishi (Bolsman taqsimoti) formulasini keltirib chiqargan edi. 1867 yildan boshlab, o‘zi o‘qiyotgan universitetda, fizik olim Yozef Stefanning assistenti bo‘lib ishlay boshlaydi. Ikki yillik assistentlik faoliyatidan so‘ng, uni Grats universitetiga, matematik fizika bo‘yicha professor lavozimiga ishga taklif qilishadi va Bolsman ushbu oliygohda ma'ruzalar o‘qiy boshlaydi.

Yangilаndi: 20.02.2019 08:45
 

Kammerling-Onnes Heyke

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Kammerling-Onnes Heyke

Heyke Kammerling-Onnes (gollandcha Heike Kamerlingh Onnes) - golland fizik va kimyogari. Tarixda ilk bora, past haroratlar fizikasida amaliy natijalarga erishgan olim hisoblanadi. Uning o‘z davri uchun rekord hisoblangan 0.9 K haroratga erishgani va bu orqali suyuq geliy olish usulini kashf etgani uchun, fizika bo‘yicha 1913-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Shu tufayli ham uning ilmiy doiralardagi hazilomuz unvoni "Janob Mutlaq nol" bo‘lgan.

Kammerling-Onnes 1853 yilning 21-sentyabr kuni, Gollandiyaning Groningen shahrida tug‘ilgan. o‘rta ta'limni o‘z shahridagi maktabda tamomlagach, 1870 yilda Groningen universitetining fizika va matematika bo‘limiga o‘qishga kiradi. Keyinroq oliy ta'limni Geydelberg universitetida, mashhur olimlar Kirxgof va Bunzenlar qo‘l ostida davom ettiradi. 1873 yilda u yana Groningenga qaytib keladi. 1878-1882 yillar davomida Kammerling-Onnes, Delfta universitetida ma'ruzalar o‘qiy boshlaydi. 1882-yilda uni, Gollandiyaning eng mashhur oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lmish Leyden universitetiga, amaliy fizika fanlari professori lavozimiga taklif etishadi va Kammerling-Onnes ushbu lavozimni qabul qilib oladi.

Kammerling-Onnesning doktorlik dissertatsiyasi o‘ziga xos mavzuda bo‘lib, unda olim Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini g‘ayrioddiy usul bilan isbotlashga uringan. 1883 yilda himoya qilingan mazkur dissertatsiya, yirik ilmiy doiralarda katta qiziqish va munozaralarga sabab bo‘lib, olimga ilk muvaffaqiyatlar uchun katta yo‘l ochib bergan edi.

Yangilаndi: 24.05.2019 12:25
 

Ralf Govard Fauler

E-mail Chop etish PDF

Ralf Govard Fauler

Ralf Govard Fauler (inglizcha Sir Ralph Howard Fowler) - ingliz fizik-nazariyotchisi, astrofizik, matematik. Nazariy astrofizikaga tamal toshini qo‘ygan ilk olimlardan biri. Uning ilmiy ishlari asosan, statik mexanika, kvant nazariyasi, matematika hamda, termodinamika fanlariga bag‘ishlangandir.

Ralf Fauler, 1889-yil 17-yanvar sanasida, Buyuk Britaniyaning Esseks grafligidagi, Roydon yerida, ishbilarmon va sportchi oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta'limni 10 yoshigacha uyda, yollanma murabbiy nazoratida olgan. Keyinchalik esa, Horris Hill o‘rta maktabiga o‘qishga o‘tgan. o‘rta ta'limni, 1902-1908 yillar davomida Vinchester maktabida tamomlagan. Ralf Faulerning iste'dodi, maktab yillaridayoq yuzaga chiqqan bo‘lib, u Vinchester maktabidagi o‘quvchilik yillaridayoq, tabiiy fanlar va ayniqsa, matematika bo‘yicha bir necha nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan. U 1906-yilda, Kembrij universitetining maxsus stipendiyasiga sazovor bo‘lib, universitetda o‘qish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lgan. 1908-yilda maktabni bitirgach, Fauler, Kembrijga, matematika yo‘nalishiga o‘qishga kiradi va mazkur oliygohni 1911-yilda bakalavr darajasi bilan tamomlaydi. 1913-yilda, uning matematika borasidagi ilmiy yutuqlari uchun Relay mukofotin bilan taqdirlanadi va universitet qoshidagi Triniti kollejiga ishga qabul qilinadi. Fauler, 1915-yilda, Kembrij universiteti magistri diplomiga ham ega bo‘ladi. Bu vaqtda u, ikkinchi darajali differensial tenglamalarni yechishning o‘ziga xosliklari masalalarida ilmiy izlanishlarni boshlagan edi.

Yangilаndi: 25.12.2018 14:51
 

Valter Germann Nernst

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Valter Germann Nernst

Valter Germann Nernst (nemischa Walther Hermann Nernst) - olmon kimyogari, kimyo bo‘yicha 1920 yilgi Nobel mukofoti sohibi. Termodinamika fani va ayniqsa kimyoviy termodinamika sohasiga ulkan hissa qo‘shgan olim. Nobel mukofotini ham aynan termodinamika sohasida, aniqrog‘i, "Termodinamika borasidagi ishlarining e'tirofi uchun" berilgan.

Valter Nernst 1864-yil 25-iyunda Sharqiy Prussiyaning (hozirda Polsha tarkibida) Pomeraniya o‘lkasi, Brizen sharida tug‘ilgan. 1887-yilda Vyurtsburg universitetini tamomlagan. 1891-1902 yillar davomida Gettingen universiteti professori lavozimida ishlagan. 1902 yilda e'tiboran 1933-yilgacha Berlin universitetida, professor unvoni bilan faoliyat yuritgan. Nernst shuningdek, 1905-1933 yillar davomida, Berlin kimyo Instituti direktori, 1924-1933 yillar ichida esa, Berlin universiteti qoshidagi Fizika Instituti rahbarligi ishlarini ham qo‘shib olib borgan.

Nernstning ilmiy ishlari asosan, past haroratlar fizikasi, fizik kimyo va albatta termodinamika sohalarida bo‘lib, u 1886 yilda Nernst-Ettingsxauzen effekti, ya'ni, jismda harorat gradienti mavjud bo‘lgan holda, unda tashqi magnit maydoniga perpendikulyar tarzda elektr maydoni yuzaga kelishi hodisasini kashf qilgan. Olim, Uitston ko‘prigi (o‘lchovchi ko‘prik, elektrotexnika atamasi) yordamida o‘tkazgichlarning dielektrik singdiruvchanliklarini aniqlash uslubini ishlab chiqqan.

Yangilаndi: 24.05.2019 12:13
 


Maqolaning 4 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Buyuk alloma ajdodlarimiz

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11452757

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)