Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Olovbardoshlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Olovbardoshlar

Olovbardoshlar asosiy vazifasi tashqi muhitni hamda konstruksiyalardagi o‘tga chidamsiz elementlarni yuqori harorat, erigan metallar va qizigan gazlar ta'siridan muhofaza qilishdan iborat bo‘lgan kimyoviy materiallardir.

Domna pechining pastki qismida harorat 1500 °C atrofida bo‘ladi. Ikki kapital ta'mirlash orasidagi vaqt (domna pechi kampaniyasi) 5-6 yil, ba'zan esa 10 yil va undan ortiq bo‘ladi. Mana shu vaqt ichida pech muntazam ishlab turadi. Futerovka - pechning ichki qoplamasi - yuqori haroratga bardoshli bo‘lishi va harorat o‘zgarishlariga chidamli bo‘lishi bilan bir qatorda, erigan metall va shlakning kimyoviy ta'siriga ham chidamli bo‘ladi.

Oddiy g‘ishtning bunday sharoitlarga bardosh berishi qiyin albatta. Domna pechlarida va boshqa metallurgiya agregatlarining ichki qismlari olovbardosh materallar, jumladan tarkibiga shamot - maxsus kuydirilgan loy qo‘shilgan g‘ishtlar bilan qoplanadi. Shamot g‘ishtining kimyoviy tarkibi oddiy bo‘lib u kremniy oksid SiO2 bilan aluminiy oksid Al2O3 ning aralashmasidan iborat. Uning olovbardoshligi 1600-1700 °C gacha bo‘ladi.

Yangilаndi: 27.02.2019 15:40
 

Galogenlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 121
Juda yomon!A'lo! 

Galogenlar

Galogenlar Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining VII a guruhchasini tashkil etuvchi elementlar (ular beshta) uchun qo‘llanadigan umumiy nomdir. Galogenlar turkumiga xlor, ftor, brom, yod va astat elementlari kiradi. "Galogen" atamasini 1811-yilda olmon kimyogari I.Shveyger tomonidan, ishqoriy metallar bilan birikib, tuz hosil qiladigan xlor elementini atash uchun taklif qilgan edi. "Galogen" so‘zi yunon tilidagi "tuz tug‘diruvchi" ma'nosini bildiradi. Lekin Shveygerning taklifi umume'tirof etilmadi va taklifligicha qolib ketdi. Keyinroq esa bu atama yana kun tartibiga chiqdi va xlor va unga yondosh elementlarga qo‘yilgan umumiy guruh nomi sifatida fanga kirib keldi.

Galogenlarning barchasi - metallmaslardir. Lekin yodda va sun'iy olingan astatda kuchsiz metall xossalari borligi aniqlangan. Galogenlarni o‘rganish nazariy va amaliy kimyoning taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Elementlarning tabiiy guruhlari haqidagi tushuncha davriy qonunni kashf etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Kislotalarning tarkibi va xossalari, ularning kuchi va oksidlash xususiyatlariga oid hozirgi tasavvurlar galogenlarning kislorodli va vodorodli birikmalarini o‘rganish tufayli shakllangandir.

Yangilаndi: 27.02.2019 15:41
 

Kobalt

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Kobalt

Kobalt - kimyoviy elementlar davriy jadvalining to'rtinchi davrning to'qqizinchi elementi. Formulasi Co. Kobaltning formulasi, uning lotincha nomi  "Cobaltum"ning dastlabki ikki harfidan kelib chiqqan bo'lib, u olmon tilidagi "kobold"  "uy pakanasi", "uy gnomi" ma'nolarini angltadi.

Oddiy modda sifatidagi kobalt Co  oqish, lekin biroz sarg'ishga tortadigan kumush rangli modda.  U ikki xil kristall modifikatsiyalrga ega, bular: geksagonal zich strukturali kobalt  Î±-Co , hamda, kubsimon panjarali strukturali kobalt bo'lmish β-Co.

Yangilаndi: 30.01.2025 07:48
 

Elektroliz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 41
Juda yomon!A'lo! 

Elektroliz

Elektroliz - eritmalar yoki elektrolit eritmasi orqali elektr toki o‘tganda elektrodlarda sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar shu nom ostida birlashadi. Musbat va manfiy elektrodlarda bo‘ladigan jarayonlar mexanizmi turlichadir. Anodda ionlar atom yoki molekulalar elektronlarini bergani uchun unda elektrokimyoviy oksidlanish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Aksincha, katoddagi turli zarralarga elektronlar kelib qo‘shiladi va bu yerda sodir bo‘ladigan reaksiyalar, elektrokimyoviy tiklanish reaksiyalari bo‘ladi.

Elektroliz 1833-1834 yillarda ingliz olimi M.Faradey ochgan qonunlarga bo‘ysunadi.

Faradeyning birinchi qonuni shunday ta'riflanadi: elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdori M elektrolitdan o‘tgan elektr zaryadi miqdoiri q ga to‘g‘ri proporsional: M=kq.

Proporsional koeffitsienti k son jihatdan elektrolitdan elektr zaryadi birligi o‘tganda ajralib chiqadigan modda massasiga teng va unga moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi. Elektrolitdan t vaqt oralig‘ida I o‘zgarmas tok o‘tganda q=I·t va M=k·I·t bo‘ladi.

Yangilаndi: 21.11.2018 17:21
 

Pestisidlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Pestisidlar

Bu so‘zning lotinchadan aniq tarjimasi "marazni o‘ldiruvchilar" bo‘lib, lekin u amalda pestisidlarning mazmununi unchalik to‘liq aks ettrimaydi. "Zararkundandalar, parazitlar, yovvoyi o‘tlar va o‘simlik kasalliklariga qarshi kmyoviy vositalar" deb erkin tarjima qilinishi to‘g‘riroq bo‘lardi.

Hozirda turli-tuman zararkunandalarga qarshi fizik va kimyoviy shakli hamda, tas'ir mexanizmlari bo‘yicha faqr qiluvchi 20 dan ziyod pestisidlar turil mavjud. Ular gerbisidlar, insektsidlar, zoosid, fungisid, repellentlar (hashortalarni cho‘chitadigan) va attraktantlar (hashoratlarni o‘ziga jalb qiladigan), urug‘liklarning turli tuman doriliklari, xemesterilizatorlar, defoliant, o‘stirish regulyatorlari va bsohqalar kiradi.

Pestisidlar tarkibi va strukturasi juda xilma-xildir. Eng ko‘p tarqalgan moddalar: siklik organik birikmalarning galogen hosilalari, triazinlar, karbamatlar, fosforooganik birikmalar, nitrillar va boshqalardir.

Bu moddalarning ko‘pchiigi issiqonli hayvonlar va shu jumladan odam organizmi uchun ham salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham pestisidlarni ishlab chiqarishda va qo‘llash borasida jiddiy nazorat va qat'iy qoidalar joriy qilingan. Pestisidlarning tasniflanishi, ularning tarkibi va ishlatilishi, ularning hashoratlar organizmiga o‘tish usullari, zaharliligi, tabiiy sharoitlarda parchalanish tezligi va boshqa xossalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Dunyo bo‘yicha hozirda yiliga 2000 tonnadan ziyod miqdordagi pestisidlar ishlab chiqarilmoqda.

Yangilаndi: 27.02.2019 15:43
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12159473

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)