Itterbiy

Itterbiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 70. Yb (lotincha Ytterbium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Siyrak yer metallari turkumiga mansub (Ittriy guruhi).
Oddiy modda shaklidagi itterbiy yarqiroq kulrang tusdagi metall holida bo‘ladi. Itterbiy metalining ikki xil kristall panjara shakli mavjud: birinchisi – mis kristall panjarasi o‘xshash, kubik panjara shaklidagi α-Yb; va ikkinchisi α-Fe singari, hajmiy markazlashgan kubik panjarali β-Yb. α↔β o‘tish harorati 792 °C.



Ma'lumotnomalar


Gafniy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IVB guruh elementi. Atom raqami 72. Hf (lotincha Hafnium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda shaklidagi gafniy qiyin eriydigan kumush-oq rangdagi metall yarqiroq holida bo‘ladi.
Algebraik strukturalar - nazariy matematikaning tarkibiy qismi o'laroq shakllangan. Shunga qaramay, algebraik strukturalar fizika, kimyo va boshqa fan sohalaridagi muhim masalalar yechimi uchun tadbiq qilina boshlandi va tez orada texnikada ham o'z amaliy ahamiyatini namoyon qildi. Umuman olganda, algebraik strukturalar tushunchasi bugungi kunda shunchaki nazariy matematika sohasi chegarasidan tashqariga chiqib ketgan. Algebraik strukturalar fizika, kimyo va ayniqsa informatika sohalarida o'ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Guruhlar nazariyasi va algebraik strukturalar tushunchasisiz nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasini barpo qilish imkonsiz bo'lgan bo'lur edi
920-980 yillarda Damashqda yashab o'tgan arab matematigi Abul Hasan Ahmad ibn Ibrohim, o'zi yozib qoldirgan ilmiy qo'lyozmalarda al-Uqlidisi taxallusi bilan imzo chekkan. Xususan, uning muallifligida 953 yilda yozib bitirilgan "Kitob al-fusul fi al-hisab al-Hindi" kitobi arab tilida bitilgan matematik asarlar ichida eng birinchilaridan biri hisoblanadi. "Al-Uqlidisi
1054-yilda shimoliy yarimsharda istiqomat qiluvchi ko'plab xalqlar osmon sferasida ilgari hecham kuzatilmagan g'alati yorqin obyektning paydo bo'lishiga guvoh bo'lishdi. Buzoq yulduz turkumida yangi, nihoyatda yorqin yulduz paydo bo'lgandi. Yangi paydo bo'lgan yulduz keyingi ikki yil davomida asta-sekinlik bilan xiralashib, so'ngra yana ko'zdan g'oyib bo'lgan. o'sha voqea haqida eng mufassal ma'lumotlarni Xitoy munajjimlari yozib qoldirishgan. Zamonaviy astronomlar tilida o'ya yangi yulduz (supernova) chaqnashi deb yuritiladigan mazkur hodisadan keyin, koinotning o'sha qismida eng o'tkir ko'z ham arang ilg'aydigan juda xira tarqoq gaz buluti qolgan. Keyinchalik ushbu gaz bulutini astronomlar "Qisqichbaqasimon tumanlik" deb atay boshlashgan.




