Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi
1848-1919 yillarda yashab o'tgan vengr alpinisti va fizigi Lorand fon Etvyosh ikkita massaning o'zaro gravitatsion tortishishini o'lchash uchun burama tarozidan foydalangan. Bunday tarozilar ipning chirpirak bo'lib aylanishi evaziga, juda bo'sh, zaif kuchlarni ham o'lchash imkonini beradi. Garchi, Etvyosh bunday tarozidan foydalanib gravitatsion tortishuvni o'lchashga uringan birinchi olim bo'lmasa-da, lekin u mazkur tarozini takomillashtirib, uning sezgirligini yanada orttirishga erishganligi bilan nom qozongan. Etvyosh gravitatsion tarozisi Yer sirtida gravitatsion kuchlarni o'lchash uchun ishlatiladigan eng yaxshi vositalardan biriga aylangan. Shuningdek, uning vositasida nafaqat Yer sirtidagi gravitatsiya, balki, yer ostidagi turli strukturalarni aniqlash ham mumkin bo'lgan. Garchi, Etvyoshning o'zi asosan fundamental tadqiqotlarga ko'proq e'tibor qaratgan bo'lsa hamki, lekin u takomillashtirgan mazkur asbob keyingi geologik qidiruv ishlarida, ayniqsa, neft va tabiiy gaz konlari ochilishida o'ta muhim ahamiyat kasb etdi.



Ma'lumotnomalar



Tasavvur qiling, sizga ma'lum bir hajmga ega idishda bo'yoq berib, u bilan cheksiz yuzani bo'yashni taklif etishmoqda. Siz nima qilgan bo'lardingiz? Albatta bu ilojsiz narsa ekanini aytib, taklifni rad etishingiz ehtimoli ko'proq, to'g'rimi?
Ko'pyoqlar, yoki, poliedrlar bu - qirralari orqali o'zaro biriktirilgan ko'pburchaklardan tashkil topgan uch o'lchamli jismlar bo'ladi. Bir yog'idagi juft uchlarini qaralganda, ular o'zaro umumiy qirra bilan tutashadigan bo'lib chiqadigan poliedrlar mavjudmi va ular necha xil? Albatta, bunday poliedrlar mavjud. Lekin ular atiga ikki xil (ikkita) xolos. Yoqlari uchburchaklardan tashkil topgan piramida - tetraedrni odamlar qadimdan yaxshi bilishadi. Tetraedrning istalgan ikkita uchini qarasangiz, ularni umumiy qirra tutashtirib turgan bo'ladi. Ya'ni, uning diagonallari bo'lmaydi. e'tibor bering, tetraedrning oltita qirrasi, to'rtta uchi va to'rtta yog'i bo'ladi.
χ2 kriteriysi


