Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Peano egri chizig'i

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Peano egri chizig'i

1890-yilda italyan matematigi Juzeppe Peano, fazoni to'ldiruvchi egri chiziqlar turkumidan eng dastlabki misolni keltirish orqali, butun matematika olamini ag'dar-to'ntar qilib yubordi. Egri chiziqlarning bunday yangi turkumi haqida so'z yuritarkan, rus matematigi Naum Vilenkin "ular tufayli, matematikadagi eng asosiy ta'riflar ham o'z ma'nosini yo'qotdi" - deb ta'kidlagan edi.

Peano egri chizig'i termini odatda, fazoni to'ldiruvchi egri chiziq terminiga sinonim sifatida qo'llaniladi. Bunday egri chiziqlarni odatda, zigzagsimon chiziqning uzluksiz davom ettirilishi va oqibatda ushbu chiziqning o'zi joylashgan fazoni butunlay to'ldirilishi bilan yasaladi. Peano chiziqlari haqiqatan ham matematikada katta shov-shuvga sabab bo'lgan. Chunki, bunday egri chiziqning chiziqlari bir o'lchamlikka ega bo'lib ko'ringani bilan, aslida ular ikki o'lchamli maydonni egallaydi. Shunga ko'ra, Peano egri chiziqlarini aslida egri chiziq deyishning o'zi to'g'rimikin? Ustiga ustak, Peano egri chiziqlari kub, yoki, giperkub singari uch o'lchamli fazoni ham to'ldiradi! Peano egri chiziqlari uzluksiz bo'ladi. Lekin, Kox qorparchasi, yoki, Veyershtrass funksiyasidan farqli o'laroq, Peano egri chiziqlari o'zining biror-bir nuqtasiga o'zi urinma bo'lmaydi. Fazoni to'ldiruvchi egri chiziqlar uchun Xausdorf o'lchamligi 2 ga teng.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:46
 

Bregg qonuni

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Bregg qonuni

Muayyan matematik shartlarga amal qilinsa, kristalldan akslangan rentgen nurlari shunday aniq difraksion manzarani namoyon qiladiki, undan kristallning panjara strukturasining tasvirini hosil qilish mumkin bo'ladi.

Kristallarda atomlar muntazam takrorlanuvchi geometrik struktura tarzida tartiblangan bo'lib, ushbu strukturani fanda kristall panjara deyiladi. Qattiq jism fizikasi sohasining asosiy vazifalaridan biri - kristalllarning struktura tuzilishini aniqlashdan iboratdir. Kristallarning struktura tuzilishini aniqlash uchun odatda fiziklar Avstraliyalik olim ser Uilyam Lourens Bregg (1862-1942) tomonidan kashf qilingan va uning nomi bilan ataladigan qonunga asoslanuvchi usuldan foydalanadilar.

Yangilаndi: 10.02.2025 07:43
 

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

Har yili oktyabr oyining dastlabki haftasida butun dunyo ilmiy jamoatchiligi nigohi Stokgolm tomon yuzlanadi. Chunki, oktyabrning ilk kunlarida Shvetsiya Fanlar Akademiyasi tomonidan, dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot - Nobel mukofotining joriy yilgi laureatlarini e'lon qiladi. Xabaringiz bor, Nobel mukofoti Fiziologiya va Tibbiyot, Fizika, Kimyo ilmlari bo'yicha, hamda, adabiyot, iqtisodiyot va tinchlik sohalarida beriladi. Albatta, qaysidir olim, yoki shaxsga ushbu oliy ilmiy mukofot berilgani haqida xabar tarqalishi hamonoq, uning aynan qaysi "ko'rsatgan karomati" uchun mukofotga loyiq ko'rilgani ham ma'lum qilinadi. Tabiiyki, oddiy xalq eng avvalo, o'sha ilmiy ishning amaliy ahamiyati bilan qiziqadi. Ya'ni, "xo'sh, bundan odamlarga nima naf?" - qabilidagi savol albatta o'rtaga tashlanadi.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:46
 

Nobel-2017. Biologik soat mexanizmi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Nobel-2017. Biologik soat mexanizmi. Sirkada ritmlarining molekulyar mexanizmlarini kashf qilgan olimlar Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi.

Yerdagi hayot sayyoramizning o'z o'qi atrofida ayanishi jarayoniga qat'iy moslashgan. Ilm-fanda ko'p yillardan beri ma'lumki, Yerdagi barcha tirik organizmlar, shu jumladan odam ham, kundalik muntazam ritmga moslashgan ichki biologik soatlarga egadir. Ushbu biologik soat, tirik organizmning kun va tun almashinishi natijasida yuz beradigan tashqi omillarga tayyorlanishi va moslashishini nazorat qiladi. Biologik soat ilm-fanda ancha yillardan buyon ma'lum mexanizm bo'lsa-da, lekin olimlar uning qanday ishlashini aniqlashganiga hali uncha ko'p bo'lgani yo'q. Ushbu, 2017-yilgi Fiziologiya va Tibbiyot yo'nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan olimlar uchligi - Jeffri Xoll, Maykl Rosbash hamda, Maykl Yung aynan ushbu biologik soatlarning ishlash mexanizmini kashf qilishganliklari uchun oliy ilmiy mukofotga loyiq ko'rildilar. Ularning ilmiy ishlari silsilasi - o'simliklar, hayvonlar, hamda odam organizmning biologik ritmlari qay tarzda Yerdagi kun va tun almashinishi jarayonlari bilan sinxronlanishini mohiyatini ochib beradi.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:47
 


Maqolaning 10 sahifasi, jami 32 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14069693

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov