Vakuumdagi yorug'lik tezligi
(energiya haqida qanday tasavvurlarimiz bor?)
Ilm-fanga Eynshteyn taqdim etgan E=mc2 formulasidan ham taniqliroq formulani topish qiyin. Uni deyarli hamma taniydi: yuqori intellektual ilmiy-fantastika shinavandalari ham, atom fizikasi mutaxassislari ham, talabalar, gazeta muxbirlari, uy bekalari, haydovchilar va hatto ayrim deputatlar ham.
Lekin, tanish boshqa, uning mohiyatini anglash boshqa narsa. Formulani bilishi va uni tushunish ham boshqa-boshqa narsalardir.



Maqolalar


Oy toshlari
O'lim qosh bilan qovoq orasidan ham yaqin degan iborada jon bor. Bir muddat avval bizning xonadonimiz a'zosidek bo'lib qolgan to'tiqushimiz o'ldi. U 5 yoshda edi. Biz uni juda ham yaxshi ko'rardik. U doim diqqat markazimizda bo'lib, xonadonimizning katta-yu kichik barcha a'zosining mehri tushgan jonivor edi. Biz unga yaxshi qarardik. Vaqtida suvini yangilardik, qafasini tez-tez tozalardik va doim ozuqasini berib borardik. Uni xona bo'ylab uchishga ham ko'p qo'yib yuborardik. Unga ayrim qisqa so'zlarni ham o'rgatdik. Yelkamizga qo'nsa va biz ovqat yeyayotgan likopdan uvoq cho'qisa indamasdik. Qaytanga, bundan xursand bo'lardik ham. Xullas, biz o'zimiz ham uni xuddi oilamiz a'zosidek ko'rardik va unga ham o'zini shunday his qilishiga imkon berardik.
Qadimgi Misr matematikasiga oid saqlanib qolgan tarixiy ashyolar ichida Rind papirusi eng muhimi sanaladi. Eni 30 sm, uzunligi taxminan 5 m atrofida bo‘lgan ushbu o‘rog‘liq qog‘oz Nil daryosining sharqiy sohilidagi Fiva shahrida joylashgan sag‘analardan birida topilgan. Uni Axmes ismli odam yozgani ma'lum. Papirusda ierogliflar tizimiga o‘xshash bo‘lgan ieratik yozuv sistemasidan foydalanilgan. Papirusning yozilgan vaqtini tarixchilar eramizdan avvalgi 1650-yillarga taalluqli deb hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, Axmes matematika tarixida nomi bizgacha yetib kelgan birinchi odam ham bo‘lib chiqadi! Bundan tashqari, aynan ushbu papirus - yozuvda turli matematik amallarni ifodalovchi belgilar qo‘llangan ilk yozma manba hamdir. Masalan, «qo‘shish


