Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Yonish nazariyasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 45
Juda yomon!A'lo! 

Yonish nazariyasi

XVIII-asrning ikkinchi yarmida kimyo fani yuksalish jarayonini boshlab yubordi. Kashfiyotlar kashfiyotlarga, ixtirolar ixtirolarga ulanib ketdi. Bu davrda qator ajoyib va iqtidorli tajribakorlar - Pristli, Blek, Sheele, Kavendish va boshqalar yashab, ilmiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishdi. Blek, Kavendish va ayniqsa Pristli ishlarida bu o'sha vaqtgacha misli ko'rinmagan yangi kimyoviy dunyo - gazlar olami namoyon bo'la boshlaydi. Tadqiqot usullari doimiy takomillashib bordi.  Blek, Kronshted, Bergmann va boshqalar ilmiy tajribaviy tahlilning yangidan yangi qirralarini ochib, kimyoviy tahlillar sifatini yangi bosqichga ko'tarishdi. Bu ulkan hajmdagi ishlar natijasida ko'plab yangi kimyoviy elementlar ochildi, birikmalar kashf etildi.

XVII va XVIII-asrlar chegarasida olmon kimyogari Georg Ernst Stal (1659-1734) "Flogiston nazariyasi" deb ataladigan, mohiyatiga ko'ra dastlabki kimyoviy nazariyani o'rtaga tashladi. U o'z mazmuniga ko'ra xato bo'lib chiqqan bo'lsa hamki, lekin fanga boshqa jihatdan naf keltirdi. U yonish va metalllarni toblash (kalsinatsiya) jarayonlarini yagona nuqtai nazardan bog'lab o'rganib, mazkur jarayonlar bo'yicha tekshirishlarni tizimli asosga keltirishga sababchi bo'ldi.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:37
 

Kislorodning kashf etilishi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Kislorodning kashf etilishi

Balki hayron qolarsiz, lekin bu fakt: kislorod bir necha marta kashf etilgan!

Kislorod haqidagi dastlabki ma'lumotlar VIII asrga tegishli Xitoylik alkimyogar Mao Xoaning risolalarida uchraydi. Xitoyliklar bu gaz ("yyin") - havoning tarkibiy qismi ekanligini bilishgan va unu "boshlanish negizi" deb atashgan. Shuningdek Xitoyliklarga kislorodning pistako'mir, oltingugurt, va bir qancha metallar bilan birikishi ham ma'lum bo'lgan. Shuningdek xitoylar kislorodni selitra kabi birikmalardan ajratib ola bilishgan.

Usbu tarixiy ma'lumotlar asta sekin unutilib ketdi. Faqat XV asrga kelib kislorod haqida Leonardo da Vinchi qisqacha eslash tariqasida ma'lumot qoldirib o'tdi. Uni Gollandiyalik Drebbel ismli shaxs yana yangitdan qayta kashf etdi. Drebbelning shaxsi haqida ma'lumotlar deyarli yo'q. uning kuchli kashfiyotchi va yirik olim bo'lgani tayin. Aynan Drebbel suvosti kemasini loyihalagan ilk muhandislardan biri hisoblanadi. Kislorodning kashf etilishi ham aynan suvosti kemasi bilan bog'liq.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:39
 

Yozuv

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Yozuv

Insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishining qanday ulkan ahamiyat kasb etganligini alohida ta'kidlashga hojat yo'q. Agar odamlar taraqqiyotning ma'lum bosqichiga kelib, o'zlariga zaruriy axborotni ma'lum bir ramziy belgilar yordamida qayd qilib olishga va shu tarzda uni saqlab va boshqalarga tarqatishga o'rganmaganlarida edi, tamadduning umumiy ahvoli qaysi shaklga kelib qolishi mumkinligini tasavvur qilish ham qiyin. Shunisi aniqki, kishilik jamiyati hozirgidek taraqqiyot darajasiga erisha olmagan bo'lar edi.

Yozuvning dastlabki ko'rinishlari eramizdan avvalgi 4-ming yillikda paydo bo'la boshlagan. Lekin bungacha ham axborotni qayd etish va saqlashning turli usullari mavjud bo'lgan: ma'lum shaklda joylashtirilgan shox shabbalar, toschalar, va sanoq cho'plari va ho kazolar tarzidagi eng soda axborot saqlash usullari asta sekinlik biloan murakkab shakldagi belgilar - ma'lum bir buyum yoki hodisani ifodalovchi tasvirlarga o'tib borgan.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:45
 

Temir

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Temir

Erkin tabiiy jism holida topilgan temir, misdan farqli ravishda yer qobig’ida deyarli uchramaydi. Lekin u ko’plab minerallatning tarkibiga kiradi va rangli metallardan ko’ra ancha keng tarqalgan. Qadimda uni deyarli hamma joydan qazib olish mumkin edi – xattoki,  botqoqlik, ko’lmak, yaylovli va boshqa rudalardan ham. Biroq, mis metallurgiyasiga nisbatan temir metallurgiyasi anchagina qiyin jarayon hisoblanadi. Temir 1539 °C haroratda eriy boshlaydi. Bunday yuqori harorat qadimgi temirchi ustalar uchun yetib bo’lmas manzil edi. Shu sababli temir inson hayot faoliyatiga misga nisbatan kechroq kirib keldi. Temirning qurol yarog’ hamda mehnat asboblari yasash materiali sifatida qo’llanilish faqat eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdagina keng quloch yoza boshladi. Bunga sabab temirni tiklashning temirni maxsus pechlarda (1300-1400 °C li gorn pechlarida) rudadan to’g’ridan to’gri tiklash usuli kashf etilishi bo’ldi. Ba’zi xalqlarning temirni ancha erta o’zlashtirgani haqida ham ma’lumotlar mavjud, masalan, kavkaz hududida yashagan qadimgi qabilalar eramizdan avvalgi 3 ming yillikdayoq temir rudasidan metall ajratib olishni bilgan ekanlar.

Yangilаndi: 09.08.2013 15:12
 


Maqolaning 29 sahifasi, jami 32 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 12473779

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)