Vitaminlar
Â
1893-yilda yosh golland vrachi Eykman, vatanini tark etib, Yava orolidagi Baraviya shahriga ko‘chib o‘tadi va o‘sha yerda yashay boshlaydi. Bu yerda «Beri-beri» deb atalgan dahshatli kasallik tarqalgan edi. Lekin bu kasallik faqat yavada emas, Xitoy, Yaponiya, Koreya kabi sharqiy osiyo davlatlarida, Afrika va Janubiy Amerikaning bir qancha davlatlarida ham keng tarqalgan bo‘lib, Eykman kasallikning asosan muttasil guruch iste'mol qiladigan aholi orasida uchrayotganligiga e'tibor qaratdi. Odam yoki jonivorlar «Beri-beri» bilan hastalanganida avval qo‘llari keyin oyoqlari qotib qolardi, bo‘yinning tomirlari tortishib, bemorlar aksariyat hollarda vafot etardilar. Eykman kasallikni davolash uchun jiddiy izlanishga kirishdi. U turli vositalarni davomli ravishda sinab ko‘rdi. Lekin, uning biror bir dorisi yoki muolajasidan davolovchi ta'sir kuzatilmas edi.