Li E8 guruhini izlab
Deyarli yuz yildan ziyod vaqt mobaynida matematiklar ulkan 248-o'lchamli obyektni tushunishga urinib kelishdi. E8 nomi bilan tanilgan ushbu obyektni o'rganishda eng kuchli dasturchilar va matematiklardan iborat xalqaro guruh va eng ilg'or superkompyuterlar jalb qilinganidan keyingina, 2007-yilda muayyan natijaga erishildi.
Lirik chekinish sifatida, Iogann Kepler (1571-1630) muallifligidagi "Olam tilsimi" (Mysterium Cosmographicum) asariga murojaat qilamiz. Kepler ham astronom va ham matematik olim sifatida simmetriya masalasiga shu darajada kuchli qiziqqanki, u butun Quyosh tizimi va undagi sayyoralarning orbitalarini bir-birining ustiga-ustak, ustma-ust joylashtirilgan platon shakllari, masalan, kub va dodekaedr ko'rinishida tasavvur qilish kerak deb taklif qilgan. Uning tasavvuridagi o'sha «samoviy simmetriya»da xuddi ulkan piyoz singari chizib ko'rsatilgan. Kepler simmetriyasining bu ko'rinishi ham miqdoriy jihatdan, ham, tadbiq etilishi sohasi jihatdan cheklangan bo'lib, aslida Koinotda simmetriyaning shunday murakkab turlari aniqlanganki, ular hatto Keplerning tasavvuriga ham sig'magan bo'lardi.