Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Kalkulyatorlar haqida ikki og'iz

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Kalkulyatorlar haqida ikki og'iz

Kalkulyatorlar matematikani o'rgatmaydi, lekin ayrim hisob-kitoblarni yaxshiroq tushunishda, yoki, hisoblashlarni tezroq bajarishda ko'mak beradi. Ularning ayniqsa katta sonlar bilan ishlashdagi amaliy ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi. Biroq, kalkulyator bilan hisoblash va miyani ishlatib qo'lda hisoblash qo'llaniladigan matematik uslublar o'rtasida katta farq bor...

Aytaylik, bizga 183 sonining 5 darajali ildizini, ya'ni, ni chiqarish kerak. Quyida, ushbu nisbatan sodda matematik amalni ikki xil yo'l bilan hisoblab chiqish usullarini ko'rsatamiz. Birinchisida - maktabda olingan matematik bilimlar asosida, o'qituvchilarimiz aytganidek, "miyani ishlatib", qog'oz va qalam vositasida hisoblaymiz. Ikkinchisida esa, cho'ntak kalkulyatoridan foydalanib, xuddi bozordagi savdogarlar singari hisoblaymiz (lekin bozorda hecham ni hisoblashga to'g'ri kelmasa kerak ??????).

Yangilаndi: 07.02.2025 13:54
 

Dunyoning turli mamlakatlarida jahon xaritasi qanday tasvirlanadi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Dunyoning turli mamlakatlarida jahon xaritasi qanday tasvirlanadi?

Agar qadimgilar o‘ylaganidek, Yer - uchta fil va xo‘kiz ko‘tarib turadigan yassi shakldagi makon bo‘lganida, xaritashunoslarning ishi birmuncha yengil bo‘lardi. Biroq Yer faqat "lokal" yassi bo‘lib, uning faqat kichik-kichik qismlarinigina xaritaga tushirish, ya'ni, tekislikka proyeksiyalash oson xolos. Lekin, katta hududlar, mamlakat va mintaqalar, qit'a va materiklar xaritasini proyeksiyalashda xaritashunoslar turli xil ilmiy yondoshuvlar bilan asoslangan xaritalarni tuzishga majburdirlar va bunda shunchaki Yer sirti topologiyasini qog‘ozga tushirish bilan ish bitib qolmaydi. Qadimgi tamaddunlar o‘z chegaralarini kengaytirar ekanlar, o‘z sarhadlarining imkon qadar aniq xaritalarni yaratishga muttasil urinib kelganlar.

Yangilаndi: 14.12.2018 08:27
 

Pit Xeyn superellipsoidi

E-mail Chop etish

Pit Xeyn superellipsoidi

1965-yilda Daniyalik olim, ixtirochi va konstruktor Pit Xeyn (1905-1996) turli obyektlar uchun badiiy bezak va interyer elementi sifatida ishlatish maqsadida "supertuxum" yoki, "superellipsoid" ixtiro qildi. Ushbu ellipsoidning o'ziga xosligi shundaki, u har ikki tarafida o'ta barqaror tik tura oladi va ag'anab ketishi amri maholdir.

Superellipsoidning uch o'lchamli shakli |x/a|2,5+|y/b|2,5=1 formula orqali aniqlanadigan superellipsning x o'q atrofida a/b=4/3 bo'yicha aylanishidan hosil qilinadi. Umumiy holatda superellipsoidning tenglamasi (|x|2/a+|y|2/a)a/b+|z|2/a=1 ko'rinishida bo'lib, bunda a va b albatta noldan katta sonlar bo'lishi lozim.

Yangilаndi: 06.02.2025 08:47
 

"Ko'zlaringga ishonma" turkumidan: Yerdagi va xaritadagi eng qisqa yo'l qaysi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

"Ko'zlaringga ishonma" turkumidan:
Yerdagi va xaritadagi eng qisqa yo'l qaysi?

 

Avvalgi maqolada xaritalarning asl voqe'lik bilan nomuvofiqliklari haqida suhbatlashgan edik. Ma'lum bo'ldiki, proyeksiyalashdagi nisbatlarning proporsionalligiga faqat ekvatorda aniq rioya qilinar ekan. Shu sababli, Merkator xaritalarida shimoliy va janubiy qutbga yaqin joylashgan geografik obyektlar, aslidagidan ko'ra kattaroq taassurot uyg'otadigan tarzda ifodalanar ekan.

Lekin, geografik obyektlarning xaritada nomuvofiqliklar bilan ifodalanishi Merkator proyeksiyasidagi yagona g'alati jihat emas. Undan ham qizig'i shuki, geometriya o'qituvchingiz zo'r berib uqtirgan qonunni inkor etgan holda, Merkator xaritalarida ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofa to'g'ri chiziq bo'lmaydi! Ha, bu haqiqatan ham shunday. Ishonmayotgan va nima uchun bundayligiga qiziqayotgan bo'lsangiz, ushbu maqolani ham erinmay o'qib chiqishni tavsiya qilaman.

Yangilаndi: 30.01.2025 09:08
 


Maqolaning 17 sahifasi, jami 32 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12365448

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis