Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Skandinaviya elementlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Skandinaviya elementlari

1794-yili asl millati fin bo‘lgan Yoxann Gadolin ismli olim, Shvetsiyaning Itterbyu shaharchasi yaqinidan ilgari ilm-fanga noma'lum bo‘lgan, yangi mineral topib oldi. Gadolin shaharcha nomiga ishora qilgan holda, ushbu topilmani ittria deb nomlagan edi. Sinchiklab tekshirishlar orqali, olim ushbu mineral tarkibida kimyogarlarga shu choqqacha noma'lum bo‘lgan kimyoviy element mavjudligini ham aniqladi. Tabiiyki, ushbu kimyoviy elementni ham, o‘sha shaharcha nomi bilan ittriy deb atay boshlashdi.

Biroq, ittriyning kashf qilinishi haqidagi hikoya shuning o‘zi bilan yakunlanmagan. Ba'zi paytlarda ittriy jahonning eng nufuzli kimyogarlarini ham boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ygan bo‘lib, uning atrofidagi bahslar ancha uzoq davom etgan.

Yangilаndi: 26.08.2019 13:24
 

Kechayu-kunduz atrofingda parvona..

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kechayu-kunduz atrofingda parvona...

(Ayzek Azimovdan tarjima)

Sarlavha lirik chekinish emas. Balki, sof astronomik hodisaning tavsifidir.

Astronomiya haqida oddiy kitobxon uchun maqola yozish istagida bo'lgan har qanday muallif oldida, bir kunmas bir kun, qanday qilib Oyning Yerga faqat bir tarafi bilan yuzlangani, shu bilan birga u yana o'z o'qi atrofida ham, Yer atrofida ham aylanishini tushuntirish masalasi ko'ndalang bo'ladi.

Astronomiyada chuqur bilimga ega bo'lmagan kishi uchun ushbu fakt yaqqol tushunarsiz, bir-birga zid fikrdek ko'rinadi. Shunga qaramay, Oyning Yerga faqat bir tarafi bilan yuzlangani hammaga oydek ravshan. Chunki, Oy har safar Yerga faqat bir tarafi bilan qarab turishini hech qanday qo'shimcha asbob uskunalarsiz, hamda hisob-kitoblarsiz ham, shunchaki ko'z bilan kuzatish orqali ishonch hosil qilish mumkin. Har safar oydin kechada Oyga qaraganimizda, uning yuzidagi qoramtir joylari (dog'lari) o'z joyida turganini guvohi bo'lamiz. Agar u aylanganida edi. Bu joylari asta-sekin siljib, ko'rinmay qolishi va keyinroq yana ko'rina boshlashi lozim edi. Shunday holatda, biz Yerdan turib ham, Oyni hamma tomonini ko'rishimiz mumkin bo'lardi.

Yangilаndi: 31.01.2025 10:41
 

Nobel-2016. Mukofot sohibi ro'za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Nobel-2016. Mukofot sohibi ro'za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan

2016-yil 3-oktyabr sanasida, ya'ni, dushanba kuni jahonning barcha ilm-fan xodimlari katta qiziqish bilan kutadigan Nobel haftaligi ochildi. an'anaga binoan, bu hafta davomida biz ilm-fanning tibbiyot va fiziologiya (3-oktyabrda), fizika (4-oktyabrda), hamda, kimyo (5-oktyabrda) yo'nalishlarida eng muhim ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirganligi uchun ushbu nufuzli xalqaro ilmiy mukofotga loyiq ko'rilgan olimlarning ism-shariflarini bilib olamiz.

Umuman olganda, bu yilgi Nobel mukofotining birinchi laureati allaqachon ma'lum. Dushanba kuni Nobel mukofoti hay'ati tibbiyot va fiziologiya sohasida Nobel-2016 mukofotiga loyiq ko'rilgan olim ismini ma'lum qildi. Bu - 71 yoshli yapon olimi, Tokio Texnologiya Instituti professori, molekulyar biologiya yo'nalishidagi jahonning eng ilg'or mutaxassislaridan biri Yosinori Osumi bo'ldi.

Yangilаndi: 17.02.2025 07:55
 

Entropiya uchun Bolsman tenglamasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Entropiya uchun Bolsman tenglamasi

"Millionlab odamlar shuurini uyg'otish uchun bir tomchi siyoh kifoya qiladi" - deb yozgan edi bir paytlar Jorj Jordan Bayron. Avstriyalik fizik Lyudvig Bolsman sistemadagi ko'p sonli zarrachalarning xatti-harakatini matematik jihatdan bayon qiluvchi statistik termodinamika bilan shug'ullangan. Masalan, stakandagi suvga tomizilgan siyoh tomchisidagi zarrachalarning harakatini ifodalash uchun, statistik termodinamikadan foydalanish mumkin. 1875-yilda Lyudvig Bolsman sistemaning entropiyasi S va sistemaning mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan holatlarining soni W o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi ixcham, lekin juda aniq formulani keltirib chiqardi. Uning formulasi S=k lnW ko'rinishida bo'lib, bu yerda k - Bolsman doimiysi deyiladi. Ushbu doimiyni "Bolsman doimiysi" deb atash fikri keyinroq Maks Plankdan chiqqandi. Bolsman doimiysi, sistemaning harorati va energiyasi orasidagi bog'liqlikni ifodalaydi.

Yangilаndi: 04.02.2025 15:23
 


Maqolaning 16 sahifasi, jami 32 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12365428

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov