Louson kriteriysi
Termoyadro sintezi jarayonidan energiya manbai sifatida foydalanish imkonli bo'lishi uchun, zarrachalarning zichligi va ularni bir-biri bilan chegaraviy yaqin masofada tutib turish muddati (vaqti) ko'paytmasi muayyan qiymatdan yuqori bo'lishi zarur.
Termoyadro sintezining mohiyati shundaki, unda reaksiya davomida nisbatan yengil kimyoviy elementlar yadrosidan og'irroq elementlar shakllantiriladi. Bunday yadroviy sintez reaksiyalarning aksariyatida, reaksiya natijasida hosil bo'lgan yangi element yadrolarning massasi (ba'zan bunga qo'shimcha ravishda, ikkilamchi mahsulotlar massasi ham qo'shiladi) reaksiyada ishtirok etayotgan boshlang'ich yadrolarning massasidan kam bo'lib chiqadi. Eynshteynning mashhur E=mc2 formulasiga ko'ra, mazkur jarayonda, o'sha ortib qolayotgan massa - sof energiyaga aylanib chiqib ketadi. Aynan shunday yadroviy sintez reaksiyalari orqali odamzot o'z ehtiyoji uchun kerak bo'lgan energiya ishlab chiqarishi mumkin.