Nyuton beshigi
Yo‘q, shoshilmang. Maqola mashhur fizik olim Isaak Nyuton yotgan beshik haqida emas. Bu - 1960-yillar oxirida paydo bo‘lgan va butun dunyoda ommalashib ketgan suvenir-o‘yinchoqlardan biri xolos. Bu o‘yinchoq shuningdek maktab va kollejlar fizika laboratoriyalari uchun ham ajoyib tajriba vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin. "Nyuton beshigi"ni dastavval 1967-yilda ingliz aktyori Saymon Prebbl yasagan bo‘lib, uning ilk konstruksiyasi yog‘ochdan tayyorlangan bo‘lgan. Shu tufayli ham uni "beshik" deb qiyosiy nomlangan. Prebblning o‘zi o‘sha paytlardayoq ushbu suvenir-o‘yinchoqni tijorat maqsadlarida keng ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, sotuvga chiqara boshlagan. Nyuton beshigining zamonaviy ko‘rinishlari harakat yo‘nalishi bo‘ylab bir tekislikda tebranuvchi 5 yoki 7 ta metall sharlardan iborat bo‘lib, ular "beshik" ustuniga bir xil uzunlikdagi iplar bilan osib qo‘yilgan bo‘ladi.



Maqolalar



Yaqin yillar ichida cho'g'lanma lampalar ham tarixga aylanadi. Chunki, ularning zamonasi deyarli tugadi va deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda yoritish tizimlari uchun energiya tejamkor fluoressent lampalardan foydalanishga o'tilmoqda. Shunga qaramay, cho'g'lanma lampaning ham insoniyat tarixidagi ko'p yillik munosib o'rnini va xizmatini e'tirof etmaslik adolatdan emas. Deyarli 1 asrdan ziyod vaqt mobaynida cho'g'lanma lampalar yoritish tizimlari uchun eng maqbul lampa sifatida idoralar va xonadonlar shiftida o'z muqim o'rniga ega bo'lib keldi. Cho'g'lanma lampalar - dunyoni o'zgartirgan ixtirolardan biridir.




