Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.
Har yili oktyabr oyining dastlabki haftasida butun dunyo ilmiy jamoatchiligi nigohi Stokgolm tomon yuzlanadi. Chunki, oktyabrning ilk kunlarida Shvetsiya Fanlar Akademiyasi tomonidan, dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot - Nobel mukofotining joriy yilgi laureatlarini e'lon qiladi. Xabaringiz bor, Nobel mukofoti Fiziologiya va Tibbiyot, Fizika, Kimyo ilmlari bo'yicha, hamda, adabiyot, iqtisodiyot va tinchlik sohalarida beriladi. Albatta, qaysidir olim, yoki shaxsga ushbu oliy ilmiy mukofot berilgani haqida xabar tarqalishi hamonoq, uning aynan qaysi "ko'rsatgan karomati" uchun mukofotga loyiq ko'rilgani ham ma'lum qilinadi. Tabiiyki, oddiy xalq eng avvalo, o'sha ilmiy ishning amaliy ahamiyati bilan qiziqadi. Ya'ni, "xo'sh, bundan odamlarga nima naf?" - qabilidagi savol albatta o'rtaga tashlanadi.