Boyl - Mariott qonuni
Buyuk ingliz olimi Robert Boylning tadqiqotlari Kimyo fanining yangi bosqichga ko‘tarilishi va mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos bo‘lib hizmat qildi. U kimyoni alohida fan sifatida ajratib, uning muammolarini, mustaqil maqsad vazifalarini va ularni yechishning alohida, tibbiyotdagidan farq qiluvchi xususiy yo‘nalishlari zarur ekanligini ko‘rsatib berdi. Ko‘p sondagi rang reaksiyalari hamda cho‘kish reaksiyalarini tizimli ravishda tadqiq qilib borib, Boyl analitik kimyoga asos soldi. U endigina yuzaga kelib, tartiblanib borayotgan fizik-kimyo faning dastlabki qonunlaridan birini ochdi va u orqali fan tarixiga o‘z nomini abadiy muhrlab qo‘ydi. Robert Boyl (1627-1691) qirolich Yelizavetta zamonida yashagan omadli va o‘tkir xarakterli amaldor - Korkning birinchi gertsogi Richard Boylning 14 ta farzandi orasidagi o‘n uchinchisi bo‘lgan. Uning otasi ko‘plab yurishlarda ishtirok etib, katta miqdorda yer-mulklar va boyliklar orttirgan edi. Robert Boyl ham otasining yerlaridan biri - Irlandiyadagi Lismor Kasle hududida tug‘ilgan va butun bolaligini o‘sha yerda o‘tkazgan. U o‘z uyida, malakali murabbiylardan nihoyatda yaxshi darajada ta'lim olgan va 8 yoshida Iton universiteti talabasiga aylangan. U yerda to‘rt yil ta'lim olgach, oatsining yangi yer muklaridan yana biri - Stolbridjga yo‘l oladi.