Organik sintez
Gey-Lyussakning shogirdi bo'lgan farang kimyogari Teofil Jyul Peluz (1807-1867) tomonidan 1834-yilda kaliy sianid ta'sirida alkilsernokislota tuzlari orqali sianidli alkillarni tayyorlashga muvaffaq bo'ldi. O'sha yilning o'zida Jan Batist Dyuma (1800-1884) tomonidan o'yuvchi kaliy ta'sirida xloroformdan chumoli kislotasi hosil bo'lishi aniqlandi. Shu tariqa, Dyuma galogen hosilalaridan gidroliz usuli bilan kislotalarni olish yo'lini topgan edi.
1842-yilda ishqoriy metallarning amalgammasi orqali galogen hosilalarini tiklash usulini Melzens ismli kimyogar taklif qildi. Oradan besh yil o'tib, 1848-yilda bir guruh olimlar - Jan Batist Dyuma, Malaguti, Leblan, Frankland hamda, Kolbyelar tomonidan kam uglerodli birikmalardan nitrillar vositasida kislotalarni olish usuli taklif qilindi. Shu paytning o'zida, olmon kimyogari Erxald Micherlix (1794-1863), tarixda birinchi marta, to'yingan azot kislotasi va oltingugurt kislotasi aralashmasi orqali, nitrobenzol va benzol moddalarini sintez qilishga muvaffaq bo'ldi.



Maqolalar

6766 yilda bir keladigan noyob kometa Samarqandlik astronom tomonidan suratga olindi



