O‘zbekistonning havaskor astronomlari
O‘zbekistonda Havaskor Astronomlarning o‘rni haqida gap ketishidan avval bu fan haqida qisqacha eslab o‘tamiz. Astronomiya fani bilan qadim qadimdan va o‘rta asrlarda buyuk olim va allomalarimiz shug‘ullanib kelishgan. O‘zbekiston zamini astronomiya faniga buyuk olimlarni yetishtirib bergan. Astronomiya fanini gapirganda Mirzo Ulug‘bek, Al-Beruniy, Ali Qushchi kabi buyuk olimlarni eslab o‘tmasdan iloj yo'q va ularning astronomiya faniga qilgan xizmatlari butun dunyoga ma’lum va mashhurdir.
Hozirda ham bu fan bilan shug‘ullanishda davom etayotgan ustozlar va yosh olimlar bilan O‘zbekiston doim faxrlanadi. Sh. Egamberdiyev, Y. Tillayev, I. Asfandiyarov, B. Xafizov, B. Axmedov, O. Burxonov, A. Matekov, A. Tursunov va yana bir qancha olimlar va ilmiy xodimlar shular jumlasidandir.
Zamonaviy O‘zbekistondagi astronomik kuzatishlar jabhasida, olimlar va yosh ilmiy xodimlar qatorida, shuningdek, joylarda mustaqil kuzatishlar olib borayotgan havaskor astronomlar ham o‘z o‘rniga ega. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda 13 nafar havaskor astronomlar faoliyat yuritishmoqda.
Biz ushbu maqolamizda sizlarni ular bilan qisqacha tanishtirmoqchimiz.