Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Gidrodinamika uchun Bernulli qonuni

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Gidrodinamika uchun Bernulli qonuni

Uyning yuqori qavatlaridan quvur orqali pastga qarab oqayotgan suv oqimini tasavvur qilib ko‘ring. Bunda, suyuqlikning bosimi quvur bo‘ylab yo‘l-yo‘lakay o‘zgarib boradi. Suyuqliklarning shuning singari oqish harakati qonuniyatlarini 1738-yilda Shveytsariyalik olim Daniil Bernulli (1700-11782) kashf qilgan. Hozirgi zamon fizikasida qabul qilingan shartli belgilarda Bernulli qonuni quyidagicha formula orqali ifodalanadi:

Bunda, v – oqim tezligi, g – Yer gravitatsiya maydonidagi erkin tushish tezlanishi, z – qaralayotgan suyuqlik elementi balandligi, p – bosim, ρ – esa suyuqlik zichligini bildiradi. const esa doimiy o‘zgarmas qiymatni anglatadi.

Ko‘rib turganingizdek, ushbu formula bosim, oqim tezligi va quvur balandligini o‘zaro bog‘laydi. Bernulligacha bo‘lgan olimlar, yuqoriga qarab harakatlanayotgan jism tortish kuchi maydonida o‘z kinetik energiyasini potensial energiyaga aylantirib borishini fahmlashgan edi. Bernulli esa, xuddi shunga o‘xshash tarzda, harakatlanayotgan suyuqlikning kinetik energiyasining o‘zgarishi ham, uning bosimini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishini tushunib yetgan edi.

Yangilаndi: 28.08.2026 16:26
 

Butunjahon kvant kuni!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Butunjahon kvant kuni!
(#WorldQuantumDay)

Butunjahon kvant kuni, yoki, butunjahon kvant fani kuni – 2021-yildan buyon, har yili 14-aprel kuni nishonlanishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu bayram sanasiga butun dunyo bo‘ylab kvant mexanikasi sohasida izlanib kelayotgan olimlar tomonidan asos solingan bo‘lib, sanani nishonlashdan maqsad – keng jamoatchilik uchun kvant fani va texnologiyalarini tushunishda yordam ko‘rsatish, hamda, ushbu fanning ilg‘or jabhalaridagi yutuqlar bilan yaqindan tanishtirishdir.

Kvant fizikasi sohasidan jilla qursa sirtdan xabardor bo‘lgan do‘stlarimiz nima uchun aynan ushbu sana tanlanganini darhol fahmlashgan bo‘lsa kerak. Bu – Plank doimiysining dastlabki uchta raqamini yaxlitlangani ko‘rinishidagi sana bo‘lib, ma’lumingizkim, bu son 4,135667696 × 10-15 eV·s (elektronvolt-soniya) ni tashkil qiladi. Kvant fizikasi –tabiatni hozirgi zamon ilm-fani erishgan eng fundamental darajada tadqiq qilish sohasi bo‘lib, u tabiatdagi jarayon va hodisalarni atom va subatom zarrachalari miqyosida bayon qilib beradi. Kvant fizikasining dunyoga kelishi va taraqqiy etishi – XX-asrning dastlabki qismiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu jarayon dunyoni klassik fizikadan (Nyuton fizikasidan) – hozirgi zamonaviy fizikaga, ya'ni, o‘z ichiga umumiy va maxsus nisbiylik nazariyasini, hamda, kvant mexanikasi sohalarini qamrab olgan butunlay boshqa fizika olamiga yetaklab kirgan jarayon bo‘lgan edi.

Yangilаndi: 14.04.2025 10:23
 

«Parker» kosmik zondi Quyosh toji orqali o'tdi

E-mail Chop etish

«Parker» kosmik zondi Quyosh toji orqali o'tdi

Endi u inson qo'li bilan yaratilgan eng tezkor apparatg aylandi.

2024-yilning eng so'nggi kunlarida «Parker Solar Probe» kosmik zondi Quyosh tojiga yana bir bor sho'ng'ib chiqdi v bu orqali qator yangi rekordlarni ham o'rnatdi. U dastlab 2021-yild Quyoshga yetib borgan edi.

Aslida «Parker» 24-dekabr kuniyoq navbatdagi yaqinlashuv chog'ida Quyosh toji ichkarisiga kirib ketgandi. Lekin u keyingi bir nech sutka mobaynida signallarga javob bermadi v shu sababli ham, uning keyingi taqdiri shubha ostida qolayotgan edi. NASA muhandislari umidsizlikka tushmay, sabr bilan kutganliklari evaziga, 27-dekabr kuni Grinvich bo'yich soat tongi 5 da zond yana aloqaga chiqdi. Qayd etish joizki, bu safargi maksimal yaqinlashuv chog'ida «Parker» Quyoshdan atigi 6,1 mln masofada bo'lgan bo'lib, bu ko'rsatkich yulduzimizga eng yaqin sayyora bo'lmish Merkuriy orbitasidan deyarli 10 barobar yaqindir. Taqqoslash uchun eslatib o'tamizki, Yerimiz v Quyosh oralig'idagi masofa deyarli 150 million km ni tashkil qiladi. NASAdagilarning ta'kidlashicha, bu safargi yaqinlashuvni ham zond juda yaxshi o'tkazgan v unda hech qanday nosozliklar yuzaga kelmagan.

 

Yangilаndi: 20.01.2025 09:20
 

Loksodroma

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Loksodroma

Buyuk geografik kashfiyotlardan so'ng dengizchilik shiddat bilan rivojlanib, kemalar butun sayyoramiz dengiz va ummonlari bo'ylab suza boshlagan zamonlarda, xaritashunoslar va ayniqsa darg'alar oldida o'ta muhim bir masala ko'ndalang chiqdi. Ya'ni, Yerning sharsimon shaklda ekani e'tiboridan, ochiq dengizda yo'nalishni to'g'ri belgilash va masofani chamalash - o'ta muhim vazifaga aylandi. Aynan shu maqsadda, XV-asrdan boshlab geodeziya va kartografiyada loksodroma tushunchasi keng yoyila boshladi. Loksodroma - fanga navigatsiya maqsadlarida joriy qilingan tushuncha bo'lib, uni shuningdek sferik spiral, yoki, rumb chizig'i ham deyiladi. Loksodroma go'yoki ulkan ilon singari, Yer sharini o'rab-chirmab oladi va qutblar yaqinida buraladi, lekin, hech qachon qutblarga yetib bora olmaydi. Loksodroma chizig'i xaritada barcha meridianlarni muntazam burchak ostida kesib o'tadi.

Yangilаndi: 20.01.2025 09:30
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 32 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 13994859

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!