Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq...
Bu-qiziq

Zamin tin olmoqda. Tom ma'noda

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Zamin tin olmoqda. Tom ma'noda

COVID-19 pandemiyasining muayyan texnologiyalarning rivojiga ijobiy ta’siri haqida avval ham yozgan edik. Buni qarangki, epidemiyadan kutilmagan naf ko‘rayotgan oz sonli sohalar, masalan, onlayn dars platformalari, yetkazib berish xizmatlari va antiseptik ishlab chiqaruvchilar qatorida, yana bir soha vakillari ham o‘zlari uchun tarixda misli ko‘rinmagan qulay ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishibdi. Kim deysizmi? Seysmologlar!

Yangilаndi: 10.04.2020 12:48
 

Eng uzoq va eng be’mani fizik tajriba

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 33
Juda yomon!A'lo! 

Eng uzoq va eng be’mani fizik tajriba

Sizningcha, biror ilmiy tajriba qancha muddat davom etishi mumkin? 1 haftami, 1 oymi? Albatta, yillab davom etadigan eksperimentlar haqida ham eshitgansiz. Masalan, biologiyada muayyan turlarning ko‘payishi, yoki, seleksiyada, yangi navlar olinishiga qaratilgan tajribalarga, tabiiyki, uzoq yillar ketishi mumkin.

Biroq, aniq fanlarda va xususan, fizikada, odatda bunday uzoq muddatli tajribalar kamdan-kam bo‘ladi. Lekin, fizikada bundan naq 93 yil avval boshlangan va yana qariyb bir asr davom etishi kutilayotgan bir g‘alati tajriba borki, ushbu maqolada shu haqida to‘xtalmoqchimiz. Bu eksperiment haqiqatan ham, eng uzoq davom etayotgan tajriba sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan va shuningdek, eng bo‘lmag‘ur befoyda tajriba sifatida ham biroz istehzoga olingan.

Yangilаndi: 28.01.2020 14:31
 

Gaz niqobi - protivogaz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 55
Juda yomon!A'lo! 

Gaz niqobi - protivogaz

Protivogaz – nafas olish organlarini, ko‘z, hamda yuz terisini havoda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaharli gazlar va toksik moddalardan himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasidir.

Protivogazlarning ikki turi, ya’ni, filtrlovchi hamda, izolyatsiyalovchi turlari farqlanadi.

Filtrlovchi protivogazlar odamni o‘zi turgan havo muhitidagi zaharli gazlardan himoya qiladi va bu turdagi gaz niqoblarini kiygan holda uzoq muddat ish bajarish, zaharli havo muhitida ishlashda va yurishda davom etish mumkin emas. Chunki, o‘z nomiga ko‘ra, bu turdagi protivogaz, nafas olinayotgan havo muhitidagi zaharli gazlarni filtrlab ushlab qoladi va nafas olish uchun faqat kislorod gazini o‘tkazib beradi. Bunda, kislorod ham aynan o‘sha muhitning o‘zidan olinadi. Shu sababli ham, bunday protivogazni taqqan holda uzoq turib bo‘lmaydi.

Yangilаndi: 06.02.2019 12:53
 

Quyosh o‘rnida boshqa yulduzlarni tasavvur qilib ko‘ramiz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 40
Juda yomon!A'lo! 

Quyosh o‘rnida boshqa yulduzlarni tasavvur qilib ko‘ramiz

Rossiyaning Aerokosmik tadqiqotlar markazi - Roskomos qiziq bir infografikani havola etdi. Unda, agar bizning yulduzimiz - Quyosh o‘rnida boshqa yulduz bo‘lganida, u Yerdan qanday ko‘rinardi? - degan savol qo‘yilgan va musavvir fantaziyasiga ko‘ra chizilgan tasvirlar orqali Quyosh o‘rnida boshqa yulduzlar bo‘lganda qanday ko‘rinishi namoyish qilib berilgan. Ushbu infografikani saytimiz o‘quvchilariga ham ilindik. Marhamat, tanishing:

Yangilаndi: 21.11.2018 17:52
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 5 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11838918

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis