Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Metallar haqida oz-mozdan

E-mail Chop etish PDF

Metallar haqida oz-mozdan

Metallar shubhasizki eng asosiy texnik xom-ashyodir. Ulardan taqinchoq, ish qurollari, texnika vositalari va ho kazolar tayyorlanadi. Kimyoviy element nuqtai nazaridan esa metallarning har biri o‘ziga xos tarixi va qiziq xossalariga egaligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu maqolada davriy jadvaldagi eng taniqli va asosiy metallar haqida qiziqarli faktlar bilan nomma-nom o‘rtoqlashamiz.

Palladiy.

Tartib raqami 46. Atom og‘irligi 106,4

1802-yilda nemis astronomi Genrix Olbers eng yirik asteroidni kashf qilgan va unga Pallada deb nom bergan edi. Undan bir yil o‘tib, Angliyalik kimyogar Uilyam Vollaston platina rudasini spirtda eritish orqali o‘tkazilgan uzun zanjirli reaksiyadan so‘ng, undan yangi kimyoviy elementni ajratib oladi va unda, o‘sha Pallada asteroidi sharafiga palladiy deb nom beradi.

Yangilаndi: 03.10.2019 23:36
 

Bir kun qayoqqa ketdi?

E-mail Chop etish PDF

Bir kun qayoqqa ketdi?

Hech tasavvur qila olasizmi, taqvimda bir kun o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘lsa-ya? Aytaylik, 29-dekabrdan so‘ng, birdaniga 31-dekabr kelsa nima deysiz?! Bus-butun 1 sutka, ya'ni, 30-dekabr qayoqqa ketadi unda?

Maqola hazil mazmunda emas. Tinch okeanining janubiy qismida joylashgan Samoa davlatida 2011-yilda haqiqatan ham bir kun, ya'ni, 30-dekabr sanasi yo‘qolib qolgan!

Keling, avvaliga ushbu davlat bilan yaqindan tanishsak: Samoa – Tinch okeani o‘rtasida joylashgan orol davlat. 1962-yilda Yangi Zelandiya tarkibidan mustaqil bo‘lib chiqqan. Poytaxti Apia shahri. Mamlakatning avvalgi nomlarini eski xaritalarda G‘arbiy Samoa va yoki Germaniya Samoasi tarzida ham uchratishingiz mumkin (u hozirda ham mavjud bo‘lgan Amerika Samoasidan farqlash uchun shunday atalgan). Bunga sabab, XIX-asr oxiri va XX-asr boshlarida (1914-yilgacha) orol Germaniya tasarrufida bo‘lgan. 1914-yilda Samoani Yangi Zelandiya egallab olgan va to 1962-yilgacha, mamlakat Vellington ma’muriyati orqali boshqarilgan. Aynan shu sababdan, Samoa davlati o‘zining sobiq metropoliyasi bo‘lmish Yangi Zelandiya bilan iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan hali ham kuchli aloqalarga ega. Aytish mumkinki, Samoa iqtisodiyoti ko‘p taraflama Yangi Zelandiya bilan aloqalar ustiga qurilgan.

Yangilаndi: 10.09.2019 07:48
 

Bel

E-mail Chop etish PDF

Bel

Bel – muayyan fizik kattalikning, aynan shu kattalikning boshlang‘ich asos uchun olingan birligiga logarifmik nisbatini ifodalovchi birlik. Ya'ni, birlikning asosida o‘nli logarifm yotadi. Ushbu birlik AQSHlik olim va ixtirochi Aleksandr Bell sharafiga nomlangan.

Energetik kattaliklar (quvvat, energiya, energiya zichligi va ho kazolar)  uchun 1 bel 1:10 nisbatda; va kuch kattaliklari (tovush bosimi, elektr kuchlanish, elektr toki kuchi va ho kazolar) uchun esa √10≈3,162 nisbatda olinadi. Bel birligining nisbatan keng tarqalgan ko‘rinishi – uning ulushli birligi bo‘lmish detsibell bo‘ladi.

Bel Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) tarkibiga kirmaydi. Biroq, O‘TXQ tomonidan, SI birliklari bilan birga cheklovlarsiz qo‘llashga ruxsat etilgan. Asosan, akustika, radiotexnika va elektr aloqasida qo‘llanadi.

Bel – ikkita bir nomli energetik kattaliklar P0 va P1ning o‘zaro nisbatining o‘nli logarifmi tarzida aniqlanadi:

Yangilаndi: 27.08.2019 10:09
 

Yozuv mashinkasi

E-mail Chop etish PDF

Yozuv mashinkasi

XIX-asrning 70-yillarida boshlangan mashina inqilobi bir qarashda texnikadan ancha yiroq bo‘lgan faoliyat sohalarini, xususan matn yozish sohasini ham qamrab oldi. Ming yillar mobaynida odamzot matn yozish uchun faqat o‘z qo‘lidan foydalanib kelgan edi. Yozuv mashinkasi ixtiro qilinishi bilan esa, endi matn yozish masalasi ham mexanizm zimmasiga yuklanib, bir necha barobar tezlashdi. Endilikda, muayyan harf, yoki, so‘zlarni qo‘lda yozib o‘tirmasdan, mashinkadagi tegishli klavishni bossa kifoya! Yozuv mashinkasining paydo bo‘lishi inson hayot faoliyatida juda katta ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Xususan, uning natijasida, ish yuritish va kotibiyat, devon ishlaridagi samaradorlik bir necha barobar ortdi.

Yangilаndi: 26.08.2019 11:08
 

Skandiy

E-mail Chop etish PDF

Skandiy

Skandiy – atom raqami 21 bo‘lgan, to‘rtinchi davrning uchinchi guruhiga mansub element. Formulasi Sc. Oddiy modda shaklidagi skandiy biroz sarg‘ish tusga ega kumush rangli yengil metall. Metall skandiyning ikki xil kristall panjara shakliga ega turi mavjud. α-Sc magniydagi singari geksagonal panjara shakliga ega bo‘lsa, β-Sc esa kubik hajmli panjara strukturasiga ega. α↔β o‘tish harorati 1336 ℃. Skandiy siyrak yer elementlari yoki, boshqacha aytganda «Skandinaviya elementlari» turkumiga kiradi.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Tabiatda skandiy elementi mavjudligini davriy qonunga binoan 1870-yilda Mendeleyev ilmiy taxmin (bashorat) qilgan edi. Oradan 9 yil o‘tib, ya'ni, 1879-yilda bu elementni shved Lars Nilson (1840-1899) tomonidan kashf qilingan. Element Skandinaviya yarim oroli sharafiga nomlangan.

Yangilаndi: 10.02.2020 16:13
 

Borromeo halqasi

E-mail Chop etish PDF

Borromeo halqasi

Borromeo halqasi bu – o‘zaro kesishuvchi obyektlarning bir vaqtning o‘zida ham sodda va ham qiziq to‘plami bo‘lib, u matematiklar va kimyogarlar uchun ahamiyatli qiziq obyektdir. Bu nomning o‘zi Uyg‘onish davrida Italiyada katta obro‘ga ega bo‘lgan nufuzli xonadon sharafiga nomlangan bo‘lib, Borromeolar shajarasi ramzida aynan shunday uchta o‘zaro kesishuvchi halqa tasvirlangan bo‘lgan.

Borromeo halqasining qiziq jihati shundaki, uning hech qaysi biri juft halqa bilan (ya'ni, har ikki tomondan) ulangan emas va shu sababli, uchta halqadan istalgan birini yechilsa, qolgan ikkitasi ham albatta chiqib ketadi. Tarixchilarning fikricha, uch halqadan iborat mazkur naqshdagi halqalarning har biri uchta shajarani – Viskonti, Sforza, hamda, Borromeolar shajarasining ramzlari bo‘lgan. Bu oilalar o‘zaro qiz olib qiz berish orqali, qarindosh-urug‘chilikni yo‘lga qo‘ygan va o‘zaro ittifoq tuzgan bo‘lgan. Shunga o‘xshash halqalardan tuzilgan naqshni shuningdek Florensiyadagi San-Pankratso cherkovi devoridagi 1467-yilga oid tasvirlarda ham uchratish mumkin. Undan tashqari, bu naqshning yanada qadimiyroq nusxasini vikinglardan qolgan 834-yilga oid yodgorlikdan ham topilgan.

Yangilаndi: 21.08.2019 08:44
 

Geya gipotezasi

E-mail Chop etish PDF

Geya gipotezasi

Yer – yaxlit tirik organizm o‘laroq namoyon bo‘ladi

Geya – yunon ma’budasining ismi bo‘lib, u Borliqni xaosdan xalos qilib tartib va muvozanatga keltirgan emish. Geya gipotezasini Angliyalik fizik Jeyms Lavlok ilgari surgan bo‘lib, u 1960-yillarda NASAda ishlagan va ushbu g‘alati g‘oyani ham o‘sha yillarda o‘ylab topgan. 60-yillarda odamzot kosmosni o‘zlashtirishni endi-endi boshlagan edi va ko‘pchilik, tez orada Quyosh sistemasida hayot alomatlarining aniqlanishini kutayotgandi. Shunday bir sharoitda, Lavlok Yer atmosferasi va boshqa sayyoralarning atmosferasini o‘zaro taqqoslab ko‘rib, hayot nishonasi yo‘q bo‘lgan boshqa hamma sayyoralardan farqli o‘laroq, bizning Yerimizning o‘zi go‘yoki ulkan yaxlit tirik organizm ekani haqidagi fikrlarni o‘rtaga tashlay boshladi. O‘shanda u «Yer – shunchaki yashash joyimiz emas. U tirik organizmdir va biz uning bir qismimiz» degandi.

Yangilаndi: 20.08.2019 16:40
 

Gaz chang buluti gipotezasi

E-mail Chop etish PDF

Gaz chang buluti gipotezasi

Quyosh sistemasi gaz va changdan iborat quyuq bulutdan hosil bo‘lgan

Quyosh tizimi qanday hosil bo‘lgani haqida fikr yurituvchi gipotezalar kosmogoniya sohasiga taalluqlidir. Kosmogoniya – nazariy astronomiyaning eng qadimgi bo‘limlaridan biri bo‘lib, u aynan Quyosh sistemasining paydo bo‘lishi va shakllanish evolyutsiyasiga oid turli gipoteza va nazariyalarni o‘zida jamlaydi.

Shunday gipotezalardan eng birinchisini nemis faylasufi Immanuil Kant (1724-1804) ilgari surgan edi va u asosan mantiqiy mulohazalarga tayangan holda, birmuncha jo‘n modelni taklif qilgan. Shunga ko‘ra, Quyosh sistemasining shakllanishiga oid dastlabki haqiqiy ilmiy gipotezani farang olimi Pyer Simon Laplas tomonidan taklif etilgan deb olinadi. Aynan Laplas, Nyutonning butun olam tortishish qonuni doirasida Quyosh sistemasidagi sayyoralarning harakat mexanizmlarini asoslab bergan.

Yangilаndi: 19.08.2019 14:17
 

Ervin Shryodinger

E-mail Chop etish PDF

Ervin Shryodinger

(1887-1961)

XX-asrning eng buyuk fizik olimlaridan biri, Ervin Shryodinger 1887-yilning 12-avgustida Venada tug‘ilgan. Uning otasi Rudolf Shryodinger kleyonka ishlab chiqaradigan fabrikaning xo‘jayini bo‘lgan. Badavlat oila boshlig‘i bo‘lgan Rudolf Shryodinger, shuningdek, mohir rassom, hamda, botanika fanining o‘z mamlakatida ko‘zga ko‘ringan bilimdoni hisoblangan. Ervin Shryodinger esa oilada yagona farzand bo‘lgan. Boshlang‘ich ta’limni ham Ervinga otasi Rudolfning o‘zi bergan. O‘qishni, yozishni va arifmetikani otasidan o‘rgangan Ervin, u haqida doim «charchoqni bilmaydigan ustoz va do‘st» deb ta’rif berar edi. Haqiqatan ham, otasi yosh bolakay og‘li Ervinning har qanday savollariga erinmay, batafsil va tushunarli qilib javob berishi, uning yanada va yana savolga ko‘mib tashlashiga nisbatan sabr-toqat bilan o‘rgatishda davom etishi tufayli, Shryodinger yoshligidayoq mukammal ensiklopedik bilimga ega shaxsga aylanishida katta xizmat qilgan.

Yangilаndi: 12.08.2019 14:39
 

Berilliy

E-mail Chop etish PDF

Berilliy

Berilliy – atom raqami 4 bo‘lgan, ikkinchi davrning ikkinchi guruhiga mansub element. Formulasi Be. Oddiy modda shaklidagi berilliy yorqin kulrangda bo‘lib, o‘rtacha qattiqlikdagi, kuchli toksik metall bo‘ladi.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Berilliyni 1798-yilda fransuz kimyogari Lui Nikola Voklen (1763-1829) kashf qilgan. O‘sha paytda, kashshofning o‘zi ushbu elementga «glyutsiniy» deb nom bergan edi. «Berilliy» nomini esa keyinchalik, nemis kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) tomonidan berilgan va ommalashtirilgan. Uni sof holda ajratib olishni ilk bora 1828-yilda fransuz kimyogari Antuan Byussi (1794-1882) tomonidan uddalangan. Shuningdek, o‘sha yilning o‘zida, Byussidan mustaqil ravishda, nemis kimyogari Fridrix Vyoler (1800-1882) ham berilliyni sof holda ajratib olgan. Sof metall holidagi berilliyni esa birinchi marta 1898-yilda elektroliz usuli bilan, Pol Lebo ismli fransuz fizigi ajratib olgan.

Yangilаndi: 02.08.2019 14:33
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 54 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11829220

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!