Butun olam tortishish qonuni
Butun olam tortishish qonuni
Jismlarning yerga tushishiga sabab yer sharining tortish kuchi ekanligi haqidagi fikr yangilik bo‘lmagan: buni qadimgilar ham, masalan Platon bilgan. Lekin bu tortishishning kuchini qanday o‘lchash kerak? Yer sharining hamma joyida u kuch bir xilmi? - ushbu savollar, Butun olam tortishish qonuni muallifi Nyutongacha bo‘lgan olim va faylasuflarni birdek ajablantirib, o‘ylantirib va shubhaga solib kelgan.
Kepler o‘zining uchinchi qonunini ochganida shunday ahvolga tushdiki, u o‘zining to‘g‘ri fikrlayotganidan shubhalanib qoldi. 1619-yilda Kepler e'lon qilgan o‘zining mashhur "Olam tuzilishi garmoniyasi" asarida mazkur savollarga javobni qisman bergan va muhim qonunni ochishga juda yaqin kelgan edi. Lekin u o‘zi qilgan mulohazalardan to‘liq ratsional xulosa chiqara olmadi. Bundan tashqari Kepler sayyoralar harakatini qandaydir o‘zaro tortishish kuchlariga bog‘ladi, va "kvadrat proporsiyalar" (ya'ni, ta'sir, masofalar kvadratiga teskari proporsionalligi) qonunini qabul qilishga ham tayyor edi. Lekin u ko‘p o‘tmay, bu qonundan voz kechdi va uning o‘rniga tortishish kuchi sayyoralar orasidagi masofa kvadratiga emas, balki masofaning o‘ziga teskari proporsional degan xulosaga keldi. Keplerga sayyorlar harakatining mexanik asoslariga taalluqli, o‘zi ochgan qonuniyatlarni ilmiy asoslash nasib etmadi.
Yangilаndi: 04.01.2019 08:36
|
Qog'oz
Qog'oz
Qog'ozni Xitoyliklar kashf etishgan. Va bu tasodif emas.
Birinchidan, Xitoy juda qadim zamonlardayoq o'zining kitobiy sermushohada mafkurasi hamda, amaldorlardan doimiy hisobot talab etuvchi murakkab rasmiyatchilik tizimi bilan dong taratgan. Shu tufayli, bu yerda doimo, ixcham va arzon yozuv vositasi va materialiga talab yuqori bo'lgan. Qog'oz ixtiro qilingunicha Xitoyliklar bambuk taxtachalar, yoki, shoyi matolarga yozishgan. Lekin shoyi doimo o'ta qimmat, bambuk esa, noqulay va o'g'ir bo'lgan. Masalan bitta bambuk taxtachaga o'rtacha 30 ieroglif siqqan. Endi tasavvur qiling, bitta o'rtacha hajmdagi kitob yozish uchun bunday taxtachadan qancha zarur bo'lgan ekan? Bunday "Bambukli kitob"ni ko'tarib yurish uchun butun boshli arava darkor bo'lgan.
Yangilаndi: 22.01.2025 11:46
Sun'iy radioaktiv izotoplarning olinish usullari va qo‘llanish sohalari
Sun'iy radioaktiv izotoplarning olinish usullari va qo‘llanish sohalari
Jadvalda sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, hamda, fan-texnikaning turli sohalarida keng miqiyosda qo‘llaniladigan radioaktiv izotoplarning ishlab chiqarish usullari, olinish reaksiyasi va uning asosiy qo‘llanish sohalari haqida ma'lumot keltirilgan.
Uchinchi ustundagi qavs ichidagi birinchi belgi (harf) - bombardimon qilinadigan zarrachani ifodalaydi: p - proton, d - deytron, n - neytron, α - alfa-zarra.
Yangilаndi: 17.01.2019 09:20
Boyl - Mariott qonuni
Boyl - Mariott qonuni
Buyuk ingliz olimi Robert Boylning tadqiqotlari Kimyo fanining yangi bosqichga ko'tarilishi va mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos bo'lib hizmat qildi. U kimyoni alohida fan sifatida ajratib, uning muammolarini, mustaqil maqsad vazifalarini va ularni yechishning alohida, tibbiyotdagidan farq qiluvchi xususiy yo'nalishlari zarur ekanligini ko'rsatib berdi. Ko'p sondagi rang reaksiyalari hamda cho'kish reaksiyalarini tizimli ravishda tadqiq qilib borib, Boyl analitik kimyoga asos soldi. U endigina yuzaga kelib, tartiblanib borayotgan fizik-kimyo faning dastlabki qonunlaridan birini ochdi va u orqali fan tarixiga o'z nomini abadiy muhrlab qo'ydi. Robert Boyl (1627-1691) qirolich Yelizavetta zamonida yashagan omadli va o'tkir xarakterli amaldor - Korkning birinchi gertsogi Richard Boylning 14 ta farzandi orasidagi o'n uchinchisi bo'lgan. Uning otasi ko'plab yurishlarda ishtirok etib, katta miqdorda yer-mulklar va boyliklar orttirgan edi. Robert Boyl ham otasining yerlaridan biri - Irlandiyadagi Lismor Kasle hududida tug'ilgan va butun bolaligini o'sha yerda o'tkazgan. U o'z uyida, malakali murabbiylardan nihoyatda yaxshi darajada ta'lim olgan va 8 yoshida Iton universiteti talabasiga aylangan. U yerda to'rt yil ta'lim olgach, oatsining yangi yer muklaridan yana biri - Stolbridjga yo'l oladi.
Yangilаndi: 22.01.2025 11:41
Yelkan va kema
Yelkan va kema
Yelkanning ajdodi juda qadimdayoq, odam endigina qayiqlar yasab, dengizga chiqishga jur'at etgan zamonlardayoq paydo bo'lgan deb hisoblanadi. Dastavval yelkan sifatida yog'ochlarga mahkamlab bog'langan hayvon terisi xizmat qilgan. Qayiqda turgan odamga uni doimiy qo'lda tutib turishga va shamol yo'nalishiga muvofiq burib - sozlab borishga to'g'ri kelgan. Odamlar yelkanlarni mahkamlash uchun machta va to'sinlardan foydalanishni qachon ixtiro qilgani noma'lum. Lekin, davrimizgacha yetib kelgan qadimgi Misr malikasi Xatshepsut kemalarining tasvirlaridayoq yog'ochdan ishlangan kema machtasi va to'sinlarini, shuningdek shtag (machtani orqasiga ag'anab ketishidan tutib turuvchi chilvir arqonlar) hamda, yelkanni ko'tarib, tushirishga mo'ljallangan moslamalarni ko'rish mumkin. Shu tufayli Yelkanli kemalarning paydo bo'lishini ham juda qadim zamonlarga bog'lash o'rinli. Bu borada ilmiy jamoatchilikning aniq fikri yoq.
Yangilаndi: 22.01.2025 11:47
Litosfera
Litosfera
Yerning ichki tuzilishi
Yer nazariy - farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo'lib o'rganiladi: Qobiq, Mantiya va Yadro.
Yer qobig'i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5-10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 - 45 km, tog'li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o'zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig'ini o'rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi. Qobiqdagi tog' jinslari harorati o'rtacha har 33 metrda 1 °C ga ko'tariladi.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:25
21-Iyul - Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!
21-Iyul - Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!
Bugun 21-iyul - Insoniyatning tarixda ilk bora yerdan tashqaridagi osmon jismi - Oyga qadam bosgan kuni. 1969- yilning aynan shu kuni, 20:17:39 (UTC) da AQSHning Apollon-11 fazoviy kemasida astronavtlar Nil Armstrong hamda Edvin Oldrindan iborat ekipaj, oy modulini, tabiiy yo‘ldoshning g‘arbiy qismidagi "Sokinlik dengizi" hududida qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lishdi. Astronavtlar oy sirtida 21 soat 36 daqiqa df 21 soniya vaqt davomida bo‘lib, u joyga ilmiy tadqiqot asbob uskunalari hamda AQSH bayrog‘ini o‘rnatish ishlarini amalga oshirdilar. Oyga dastlabki qadamni qo‘ygan inson bu - Nil Armstrong edi. Ushbu tarixiy hodisa 21-iyul 02:56:15 UTCda amalga oshdi. 15 daqiqadan so‘ng oy yuzasiga ikkinchi astronavt Edvin Oldin ham qadam bosdi. Ular 21,55 kg oy tuprog‘idan namuna olib fazoviy stantsiyaga qaytish uchun tayyorlana boshladilar. Bu vaqtda fazoviy kemaning uchuvchisi Maykl Kollins ularni oy orbitasida kutib turdi. Mazkur tarixiy voqea insoniyatning ilm fan va texnika borasidagi eng buyuk muvvafaqiyatlaridan biri sifatida tarixning oltin sahifalaridan joy oldi. ta'kidlash joizki, mazkur fazoviy dastur alsilda ilmiy mohiyatdan ko‘ra siyosiy mafkuraviy maqsadlarni ko‘proq ko‘zlagan edi. Chunki, koinotga ilk parvozni amalga oshirga inson - Yuriy Gagarinning va sobiq ittifoqning muvaffaqiyatlari, kosmik tadqiqotlar borasida AQShni o‘ziga xos "poyga"da ortda qoldirayotgan edi. Shu tufayli mazkur dastur, Apollon-11 va oyga qadam g‘oyasi, prezident Kennedi tomonidan "milliy maqsad" sifatida e'tirof etilgan. Astronavtlar yerga qaytgach, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishgan. Quyida ular oy sirtidan olib kelgan fotosuratlardan naminalarni havola etamiz.
Yangilаndi: 17.01.2019 09:24
Fraungofer chiziqlari
Fraungofer chiziqlari
Yozef Fraungofer 1814-yilda quyosh spektrida yuzlab noma'lim chiziqlarni (yutilish chiziqlari) aniqladi va difraksion panjara yordamida ulardan aksariyatining to‘lqin uzunliklarini o‘lchadi. Nisbatan intensiv chiziqlarni Fraungofer lotin harflari bilan belgiladi. Jadvalda ularning qiymatlari keltriladi.
Yangilаndi: 13.12.2018 17:08
Blez Paskal
Blez Paskal
Paskal qalbida tubsiz uyurma olib yurar edi.
Sh. Bodler
Blez Paskalga Uyg‘onish davri uchun xarakterli bo‘lgan, ammo XVII-asrda deyarli tugab ketgan, ajoyib har tomonlilik mansub edi. Hali tabiiy fanlar (aytaylik fizika va matematika) ning to‘la ajralish vaqti yetmagan, ammo odatda gumanitar va ilmiy-tabiiy mashg‘ulotlar qo‘shib olib borilmas edi.
Tabiatshunoslik tarixiga Paskal buyuk fizik va matematik sifatida matematik analiz, loyihaviy -chizma geometriyasi, ehtimollik nazariyasi, hisoblash texnikasi, gidrostatikaning yaratuvchilaridan biri sifatida kirdi. Fransiya Paskalni ajoyib yozuvchilardan biri deb tan oldi: "Buyuk aqllar Paskaldan buyuk farang tili asridagi eng yetuk yozuvchi sifatida hayratlanishadi... uning qalami yaratgan har bir satr qimmatbaho tosh kabi ulug‘lanadi" (Jozef Bertran).
Yangilаndi: 17.01.2019 09:43
Bronza
Bronza
Milodgacha bo'lgan uchinchi ming yillikdayoq insonlar o'z xo'jalik faoliyatlarida metalllardan keng miqyosda foydalana boshladilar. Toshdan yasalgan mehnat qurollaridan metall asboblarga o'tish jarayoni insoniyat tarixida juda ulkan va mislsiz ahamiyatga ega bo'lgan. Aytish mumkinki, insoniyatning ijtimoiy taraqqiyotiga boshqa hech bir ixtiro bu darajadagi ta'sir ko'rsatmagan.
Keng miqyosda qo'llanila boshlagan birinchi metall - mis bo'lgan. Mis ajratib olish uchun zarur tosh ma'danlarni doimiy izlash jarayonida qadimgi odamlar misning qizg'ish-yashil yoki, yashil-kulrang ranglardagi tabiiy yaxlit namunasiga e'tibor qaratishgan. Qoyatoshli sohillar bo'ylab ular mis kolchedan va qizil misli ruda (kuprit)lar duch kelishgan. Avvaliga odamlar ularni oddiy toshlarga ishlov bergandek qayta ishlab foydalanishgan. Tez orada ular mis bo'lagining toshbolg'a zarbalari bilan urib ishlov berilganidan so'ng, uning qattiqlik xususiyati sezilarli darajada ortgani va yanada qulayroq asboblar yasash uchun yaroqli holatga kelganini payqashdi.
Yangilаndi: 22.01.2025 11:48
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
Maqolaning 53 sahifasi, jami 55 sаhifа |