Oltin va Kumush munosabatlari
Oltin va Kumush munosabatlari
O‘zbek romanchiligining mumtoz va shedevr namunasi, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar»asarida bosh qahramon Otabekning hijriy hisob bilan 1265 yil 26 Javzoda Kumushbibiga yozgan maktubida shunday jumlalar bor: «Men Sizni Kumushka ham qanoatlanmay Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim». Albatta, bu asardagi qahramnolarning o‘zaro sadoqatini aslida hech qanday o‘lchov va qiyos bilan ifodalab bo‘lmaydi. Oilaga sadoqat, vafo, mehr va muhabbatning qiyosini ustoz Qodiriy o‘z qahramoni - Otabek tilidan eng oily va yuksak insoniy qadriyatlar ekanligiga urg‘u bermoqda. Albatta, bu badiiy o‘xshatish. Lekin uning zamirida o‘ta teran ifoda mavjud: insoniyat tarixida va rivojlanish bosqichlarida bu ikki nodir metallar pul va moddiy boyliklar, iqtisodiy salohiyat va davlat qudrati kabi tushunchalarning etaloni sifatida, hamisha muhim va tutgan. Hozirgi zamonda ham davlatning xalqaro maydondagi obro‘ - qudrati haqida gapirilganda, uning oltin zahiralari haqida eslatib o‘tiladi. Shohsupadagi g‘olib sportchilarga Oltin va Kumush medallar taqdim qilinadi.
Yangilаndi: 18.12.2017 17:48
|
Yonish nazariyasi
Yonish nazariyasi
XVIII-asrning ikkinchi yarmida kimyo fani yuksalish jarayonini boshlab yubordi. Kashfiyotlar kashfiyotlarga, ixtirolar ixtirolarga ulanib ketdi. Bu davrda qator ajoyib va iqtidorli tajribakorlar - Pristli, Blek, Sheele, Kavendish va boshqalar yashab, ilmiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishdi. Blek, Kavendish va ayniqsa Pristli ishlarida bu o'sha vaqtgacha misli ko'rinmagan yangi kimyoviy dunyo - gazlar olami namoyon bo'la boshlaydi. Tadqiqot usullari doimiy takomillashib bordi. Blek, Kronshted, Bergmann va boshqalar ilmiy tajribaviy tahlilning yangidan yangi qirralarini ochib, kimyoviy tahlillar sifatini yangi bosqichga ko'tarishdi. Bu ulkan hajmdagi ishlar natijasida ko'plab yangi kimyoviy elementlar ochildi, birikmalar kashf etildi.
XVII va XVIII-asrlar chegarasida olmon kimyogari Georg Ernst Stal (1659-1734) "Flogiston nazariyasi" deb ataladigan, mohiyatiga ko'ra dastlabki kimyoviy nazariyani o'rtaga tashladi. U o'z mazmuniga ko'ra xato bo'lib chiqqan bo'lsa hamki, lekin fanga boshqa jihatdan naf keltirdi. U yonish va metalllarni toblash (kalsinatsiya) jarayonlarini yagona nuqtai nazardan bog'lab o'rganib, mazkur jarayonlar bo'yicha tekshirishlarni tizimli asosga keltirishga sababchi bo'ldi.
Yangilаndi: 22.01.2025 11:37
Nikolay Kopernik
Nikolay Kopernik
(1473-1543)
Nikolay Kopernik 1473-yilning 19-fevralida Polshaning Toruni shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo‘lib, bu shaharga Germaniyadan ko‘chim kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan. o‘n yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va to‘qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bo‘lajak olim roppa rosa o‘n yoshga to‘lgan vaqtda to‘satdan qayg‘uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o‘lat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham o‘zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keyingi taqdiri, uning o‘qishi va tarbiyasi muammolari tog‘asi
Aynan Boloniyada Kopernik astronomiyaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘zining ilmiy faoliyatiga asos bo‘ladigan darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik o‘zining eng dastlabki ilmiy astronomik kuzatishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyin Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to‘lin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o‘rgatilgan Ptolomey ta'limoti faktlari bilan bunday nomuvofiqlik Nikolay Kopernikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib ko‘rishga undadi.
Yangilаndi: 15.01.2019 10:45
Yupiter
Yupiter
Yupiter Quyosh tizimidagi eng katta sayyora. Quyoshdan uzoqlashish tartibida beshinchi va Yerga nisbatan Quyoshdan 5.2 marta uzoqroq masofada harakatlanadi. Yupiter Quyosh atrofida deyarli 12 yilda bir marotaba to‘liq aylanib chiqadi. Uning ekvatorial diametri Yernikidan 11,2 marta katta bo‘lib, 142984±2 km ni tashkil qiladi. Yupiterning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri, boshqa sayyorlarga nisbatan eng kichik bo‘lib, ekvatorida 9 soat, 50 daqiqa va 30 soniyani, o‘rta kengliklarida esa, 9 soat, 55 daqiqa va 40 soniyani tashkil qiladi. Shu tarzda Yupiter ham xuddi Quyosh singari qattiq jism kabi aylanmay balki, turli qismlarida turlicha aylanish tezligi hosil qiladi. o‘ta tezkor aylanishi tufayli bu sayyora qutblarida katta siqilish va zichlikning ortishi paydo bo‘ladi. Yupiter massasi Yer massasidan 318 barobar katta. o‘rtacha zichligi esa 1.326 gr/sm3 bo‘lib, Quyoshning o‘rtacha zichligiga yaqin qiymat hisoblanadi. Yupiterning aylanish o‘qi uning orbitasiga deyarli perpendikulyar - burchak 87°. Ekvatoridagi erkin tushish tezligi 24.79 m/s2.
Yangilаndi: 09.10.2019 07:47
"Kepler" kosmik teleskopi ishdan chiqdi
"Kepler" kosmik teleskopi ishdan chiqdi
Econimic Timesning ma'lumot berishicha NASA tomonidan ochiq koinotga chiqarilgan "Kepler" kosmik teleskopi ishdan chiqqan. Mazkur teleskopning kosmik missiyasidan asosiy ko'zlangan maqsad - Quyosh tizimidan tashqarida, Yer turkumidagi va hayot mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan ekzosayyorlarni qidirib topish hisoblanadi. "Muammo kosmik teleskopning mustaqil ravishda" xavfsiz ish rejimiga o'tganligidan aniqlanib, teleskop avtomatik boshqaruv tizimi algoritmlarida ko'zda tutilgan bunday ish rejimi, odatda uning tashqi konstruktsiyasi yoki harakat mexanizmlarida biror jiddiy muammo kelib chiqsa faollashadi. Nosozlik kutilmagan hol bo'ldi deyish qiyin. Bu kabi vaziyatlar avval ham ro'y bergan edi. Lekin bu safargisi ancha jiddiy bo'lib, "Kepler"ning olamshumul missiyasini so'roq ostiga qo'ymoqda.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:28
Gidravlik tormoz
Gidravlik tormoz
Avtomobilga kuchli dvigatel kerakligi tushunarli. Lekin zaruriy vaqtda avtomobilni imkoni boricha tezroq to‘xtatadigan ishonchli tormoz tizimining ahamiyati ham undan kam emas. Ko‘plab zamonaviy avtomobillarda gidravlik tormoz tizimlar qo‘llaniladi.
Â
XIX-asr oxirida paydo bo‘lgan ilk avtomobillar davridan buyon avtomobil tormoz tizimida ko‘plab o‘zgarishlar, takomillashuvlar yuz berdi. Dastavval avtomobil tormoz tizimi g‘ildirak gardishiga (diskaga) qisiladigan oddiy kolodka ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Bunga o‘xshash tormozlar hozir ham velosipedlarda qo‘llaniladi. Qisqa qilib aytganda, dastlabki avtomobillarning haydovchilari o‘z ulovlarini o‘zlarining jismoniy kuchlarini ishlatish evaziga to‘xtatishgan.
Yangilаndi: 26.03.2018 11:26
Tovush
Tovush
Tovush bizning quloqlarimizga hech qachon bir ondayoq yetib kelmaydi. Biz uni eshitgunimizcha, u o‘z manbasidan boshlab qandaydir masofada yo‘l bosib o‘tadi. Tovush tezligi sharoitga qarab tez o‘zgarishi mumkin. Masalan haroratga bog‘liq ravishda
Â
Barchamiz olis olislarda chaqnagan chaqmoqning yarq etib butun osmonni yoritib yuborganini ko‘p kuzatganmiz. Va albatta ko‘pchiligimiz uning o‘zini (yani yorug‘ligini) shu zahotiyoq ko‘rganimiz, lekin gumburlagan vahimali tovushini ancha kech eshitganimizga allaqachon, bolalik chog‘larimizdayoq eÑtibor berganmiz.
Yangilаndi: 16.12.2017 11:20
Yevklid. Geometriyaning "otasi"
Yevklid
(taxminan, eramizdan avvalgi 365-300 yillar)
Bu olim hayoti haqida deyarli aniq ma’lumotlar mavjud emas. Bizga u haqidagi ayrim uzuq-yuluq afsona tarzidagi xabarlar yetib kelgan xolos. Uning eng mashhur asari «Boshlang‘ichlar» ga birinchi bo‘lib sharh yozga Prokl (V asr), Yevklidning qachon va qayerda tug‘ilganligini yoki vafot etganligini aniq aytib bera olmagan. Proklning qayd etishicha «bu arbob alloma» Ptolomey I zamonasida yashagan ekan. Ba’zi biografik ma’lumotlar XII-asrga oid arab qo‘lyozmasida saqlanib qolgan: «Yevklid, Naukratning o‘g‘li «Geometr» nomi bilan mashhur, qadimgi zamon allomasi, kelib chiqishiga ko‘ra yunon, yashagan joyi Suriya, Tir o‘lkasida tavallud topgan».
Yangilаndi: 20.04.2019 14:34
Marsdagi tong...
Marsdagi tong...
Â
Marsni tadqiq qilish maqsadida Arizona Oy va Sayyoralar universiteti laboratoriyasi rahbarligi ostida Ball Aerospace & Technologies firmasi tomonidan loyihalab, «Mars Reconnaissance Orbiter» kosmik apparati bortiga o'rnatilgan «HiRISE» (High Resolution Imaging Science Experiment) yuqori aniqlikdagi fazoviy kamerasi tufayli biz, yaqin qo'shnimiz - Mars sayyorasida tongning qanday otishi, Quyoshning zenitdagi holati, Marsdagi kezib yurgan Marsaxod tadqiqotchi apparatlarini kuzatishimiz mumkin.
Â
Â
Yangilаndi: 09.03.2018 11:03
Gippokrat
Gippokrat
(taxminan, eramizdan avvalgi. 460 - 370 yillar)
O‘z professional kasb yo‘lini boshlashdan avval har bir hakim avvalo Gippokratni albatta yodga olib o‘tadi. U diplom olish chog‘ida uning nomi bilan ataluvchi qasamyodni qabul qiladi. Gippokratdan bir necha yillar keyinroq yashagan boshqa bir yunon hakimi - Galendan tashqari hech kim qadimgi Yevropa tibbiyotining oyoqqa turishiga bunchalik katta ta'sir ko‘rsatgan emas.
Gippokrat milodgacha bo‘lgan 460-yilda Yunonistonning Ioniyalik Doriylari tomonidan tashkil qilingan koloniyasi - Kos orolida tavallud topdi. Afsonaga ko‘ra Gippokrat, tibbiyot ma'budi Asklepiyning avlodidan bo‘lgan emish. Asklepiy avlodlarida tib ilmi avloddan avlodga, ustozdan shogirdga muntazam o‘rgatilib borilgan va o‘ziga xos "Asklepiychilar uyushmasi" shakllangan. Ko‘plab o‘z zamonasining yetuk tibbiyotchi va dorishunoslari mazkur uyushma atrofida birlashganlar. Shu tarzda Gippokratning o‘g‘illari hamda ko‘p sondagi shogirdlari ham yetuk hakimlar bo‘lib yetishishgan va Gippokratning tibbiy amaliy va ilmiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi kashfiyot va ishlarida doimiy yordamchi bo‘lib xizmat qilishgan.
Yangilаndi: 17.01.2019 09:16
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
Maqolaning 52 sahifasi, jami 55 sаhifа |