Rentgen nurlari tibbiyotda
Rentgen nurlari tibbiyotda
Rentgen nurlarining qattiq jismlardan, masalan, odam muskullaridan ham o‘ta olishi, ularning tibboyotdagi benazir dastyorga aylanishlariga sababchi bo‘ldi. Rentgen nurlari, hakimlarga mijoz organizmida nimalar sodir bo‘layotganligini aniqlashga yordam beradi.
Rentgen nurlari 1895-yilda Vyurtsburg universitetining olmon olimi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) tomonidan kashf etilgan edi. Bu nurlar ham, ko‘zga ko‘rinadigan nurlar, gamma-nurlanishlari, radioto‘lqinlar, mikroto‘lqinlar, infraqizil, ultrabinafsha nurlanishlar singari, elektromagnit spektrining bir turi hisoblanadi. Rentgen nurining kashf etilishiga tasodif sababchi bo‘lgan.
Konrad Rentgen katod nurlari taratuvchi elektron-nur trubkasi bilan tajribalar olib borar edi. Bir safar, trubka zich va qop-qora qalin qog‘ozli g‘ilof bilan berkitilgan holatda tasodifan elektrni ulab yubordi va yaqin orada joylashgan platinosianistik bariyning kristallari yashil rangda rovlana boshlaganini payqab qoldi. Rentgen trubkani o‘chirishi bilanoq, tovlanish to‘xtadi. Qaytadan yoqsa, kristallar yana yorishib, tovlana boshladi. Tekshirishlarni davom ettrib, Rentgen avvalari ma’lum bo‘lmagan nurlanish turi bilan to‘qnash kelganini fahmladi. U katod nurlari, elektron-nur trubkaning ichida qandaydir to‘siqqa duch kelayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladi.
Yangilаndi: 06.03.2018 11:07
|
Kimyoviy qurollar haqida...
Kimyoviy qurollar haqida...
Sevimli adibimiz G‘ofur G‘ulomning «Shum bola» asari asosida suratga olingan shu nomli filmni barchamiz ko‘rganmiz. Undagi qahramonlar tilidan aytilgan ko‘plab dialoglar jamiyatda qanotli iboralar tarzida keng tarqalgan. Masalan, «Birinchi zarbda tizzalarigacha...» deydigan Hojibobo, yoki, «Innankeyinchi?» deb xit qilib yuboradigan Boy ota. Bularni eslab, odamni yuziga tabassum yuguradi. Lekin men, o‘sha kinofilmdagi boshqa bir epizodga e'tiboringizni qaratmoqchiman.
Choyxonada bir guruh odamlar ichida, bir ziyoli kishi ovoz chiqarib gazeta o‘qiydi:
«G‘arbiy Ovro‘po muhoraba maydonidagi jangu jadal, Olmoniya uchun tahlikali tusga kirmoqda. Verdon yaqinidagi jangu jadal...»
Gap nima haqida ketayotganligini darhol angalagandirsiz?
Yangilаndi: 12.12.2017 16:54
Suyuq kristalli displey
Suyuq kristalli displey
1960-yillarda paydo bo‘lgan Suyuq Kristalli Displeylar (SKD yoki, LCD –liquid-crystal display) haqiqiy texnik inqilobni amalga oshirdi. Aynan ular tufayli hozirda, maishiy xizmatimizda tasvirning o‘ta sifatli va tiniq ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan tekis ekranli televizorlar, kompyuter monitorlari, va boshqa ko‘plab texnikalarga ega bo‘ldik. Bunday ekranlar keng miqiyosli va energiya tejamkorligi bilan ham benazirdir.
.
1888-yilda Avstriyalik olim Fridrix Reynitser (1857-1927) murakkab efirlardan biri – xolesterilbenzonatning erish haroratini aniqlash uchun laboratoriya tajribalari olib borar edi. Uning hayratlanishiga sabab bo‘lib, bu murakkab modda ikki xil erish harorati nuqtasini namoyon etdi. Xolesterilbenzonat 145.5 °C da loyqa va xira suyuqlikka aylanar edi, 178.5 °C da esa u yana qaytadan shaffof va tiniq xususiyat kasb etardi.
O‘z tajribalarining natijalaridan jiddiy hayratlangan olim, muammo haqida nemis fizigi Otto Lemanni (1855-1922) voqif qiladi. O‘sha vaqtlarda fanga moddaning faqat uch xil faza holati ma’lum bo‘lib, u qattiq, suyuq va gaz bo‘lishi mumkin xolos degan tushuncha humkron edi. Lemann mazkur qiziqarli jumboqni tadqiq qilib, Xolesterilbenzonatning loyqalangan ko‘rinishdagi xira suyuqlik holati to‘rtinchi faza bo‘lishi kerak degan xulosaga keldi. Bu fazani olim «Suyuq kristall holati» deb atadi.Hozirgi davrda fanga minglab shunday fazaga ega moddalar ma’lum.
Yangilаndi: 24.03.2018 12:37
«MIR» orbital stantsiyasi
«MIR» orbital stantsiyasi
Â
1986-yilda orbitaga chiqarilgan «MIR» orbital stantsiyasi Yer sayyorasi atrofida sun'iy yo‘ldosh sifatida 89067 marotaba aylanib chiqdi, 12 ta davlatdan koinotga parvoz qilgan 104 nafar fazogirga o‘ziga xos fazoviy uy bo‘lib xizmat qildi. 2001 yilda esa aylanishdan to‘xtatilib, yerga qaytarildi.
Â
«MIR» orbital stantsiyasi - XX asr fan-texnikasining eng buyuk yutuqlaridan biri bo‘lib, u 1986 yilning 19 fevralida, Sobiq ittifoq tomonidan bir modulli - asosiy blok shaklida yer orbitasiga chiqarilgan edi. Bosqichma bosqich ravishda fazoviy yuk kemalari yordamida «MIR» orbital stantsiyasi uchun qo‘shimcha modullarni olib chiqib o‘rnatildi va ular 6 ta tutashuvchi portlarga ulandi. 2001 yilga kelib, «MIR» orbital stantsiyasining vazni 124 tonnaga yetib qoldi va eng yirik fazoviy apparat maqomini oldi. (hozirda Xalqaro Fazoviy Stantsiya - XFSning vazni bundan ortib ketgan.) fazoviy ekspeditsiyalardan birining ishtirokchisining iborasi bilan aytganda, «MIR» orbital stantsiyasi bir biri bilan old oynalari tarafdan maxkam jipslashtirilgan 4 ta maktab avtobuslarini eslatardi. Mazkur stantsiyaga fazogirlar odatda «Soyuz TM» fazoviy kemasida uchib borishgan va qaytishgan. Kosmik yuklar va jo‘natmalarni esa, uchuvchisiz fazo kemasi «Progress-M» da tashilgan. 1990 yillarning o‘rtalariga kelib, «MIR» Xalqaro Orbital Stantsiya maqomini oldi. 1995 yilning 27 iyun kuni «MIR» va AQSHning «Atlantis» fazo kemasi bilan dastlabki tutashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shu vaqtdan boshlab, «MIR»ga rus (ittifoq) fazoviy kemalaridan tashqari AQSHning «Endeavor», «Atlantis» va «Discovery» fazoviy shatllarining to‘qqiz marotaba parvozi amalga oshirildi.
Yangilаndi: 16.12.2017 17:43
Barbara Mak-Klintok
Barbara Mak-Klintok
(1902 - 1992)
Barbara Mak-Klintok genetika sohasining eng yuksak ilmiy salohiyatga ega olima va tadqiqotchisi bo‘lib, u genetika sohasidagi ilmiy izlanishlari natijasida 1983-yilda fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishlaridagi  Nobel mukofotiga loyiq topilgan.
Â
Barbara Mak-Klintok 16-mart 1902-yilda AQSHning Konnektikut shtati, Xartford shahri tavallud topgan. Keyinchalik ularning oilasi Nyu Yorkka ko‘chib o‘tdi va Barbara Bruklindagi o‘rta maktabda o‘qiy boshladi. Uning onasi Barbaradagi tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishni ma’qullamas edi. Lekin baribir, uning 1919-yilda Nyu York shtatidagi Itake shahri, Kornell universitetiga o‘qishga kirishiga to‘sqinlik qilmadi. U mazkur universitetda Botanikadan chuqur ta’lim oldi. 1923-yili bakalavr diplomini qo‘lga kiritdi. Bir yil avval u genetika bilan jiddiy qiziqib qolgan edi. 1927-yilga kelib Barbara Mak-Klintok fan doktori ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Lekin, o‘sha vaqtda Kornell universitetida ayollarning genetika bilan shug‘ullanishi qat’iy ta’qiq ostida bo‘lgani uchun, Barbara Mak-Klintokning ilmiy unvoni rasman Botanika yo‘nalishida qayd etilgan edi. Shu yildan e’tiboran olima ayol, o‘zi ta’lim olgan universitetda Botanika fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi. Olimaning mazkur o‘quv yurtidagi O‘qituvchilik faoliyati 1931-yilgacha davom etdi.
Yangilаndi: 24.03.2018 12:49
Elektrostatikaning asosiy qonuni
Elektrostatikaning asosiy qonuni
Elektr hodisalari o'zining dastlabki xarakteri - tarqoq holda tadqiq qilinayotgan va alohida olingan qandaydir g'ayritabiiy hodisalar sifatidagi nuqtai nazarlardan tobora holi bo'lib borib, mavjud nazariy va amaliy bilimlarni asosiy tamoyillar bo'yicha yagona g'oya atrofiga birlashtirilayotgan vaqt XVIII asrning o'rtalari edi. Elektr hodisalarini o'rganishda va amaliy tajribalar olib borishda son o'rniga sifat asosiy ko'rsatkichga aylanayotgan vaqt yetib kelgandi.
Bunday yo'nalishdagi faoliyat Peterburglik akademik F. Epinusning (1724-1802) tadqiqotlarida yorqin namoyon bo'ladi.
Epinus o'zining tekshirishlarida quyidagi tamoyillarga tayanadi: har qanday jism, o'zining tabiiy holatida doimo ma'lum elektr miqdoriga ega bo'ladi. Elektr flyuidi zarrachalari o'zaro bir birini itarishadi va odatiy moddalarga tortishadi. Elektr effektlari, jismdagi elektr flyuidning miqdori tabiiy holatdagidan ko'proq yoki kamroq bo'lib qolganida yuzaga chiqadi.
Yangilаndi: 22.01.2025 11:34
Pifagor. "Barcha narsa sondan iborat!"
Pifagor
(taxminan, miloddan avvalgi 580-500 yillar)
Eramizdan avvalgi VI-asrda qadimgi yunon ilm-fani va san'atining o‘ziga xos poytaxti sifatida Egey dengizining Kichik osiyo yaqinidagi qirg‘oqlarida joylashgan Ioniya orollari guruhi ravnaq topdi. Pifagor aynan shu yerda, ko‘p qirrali usta - hunarmand: zargar, muhr va tamg‘alar hamda, o‘ymakor usta Mensarx oilasida tavallud topdi. Afsonalarga ko‘ra, Pifagorning otasi Mensarx va onasi Parfenisa nikohlaridan keyingi asal oyi vaqtida Delf hududlariga kelgan paytlarida, o‘sha yerlik kohinlardan biri ularga asrlar davomida butun olamga mashhur bo‘ladigan, zehn va zakovat, chiroy va ko‘rkamlikda tengi yo‘q o‘ktam og‘il farzand ko‘rishlarini, ma'budlardan biri - Apollon esa, kohin orqali ularga sharqqa - Suriya hududlariga suzib borishlari zarurligini bashorat bergan emish. Birmuncha sodda ijtimoiy va ilohiy tushunchalar hukm surgan qadimgi Yunonistonda, boshqa mahalliy kishilar singari Pifagorning ota onasi ham kohinlar so‘ziga chin dildan ishonishgan. Bashorat ajoyib tarzda amalga oshadi. Sidon shahrida Parfenisa o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi. Mazkur quvonchli hodisa tufayli ona Parfenisa qadimgi yunon an'analariga binoan, unga kohin tilidan o‘g‘il farzand bashoratini bergan Pifiyalik ma'bud Apollon sharafiga o‘z ismini Pifiada deb o‘zgartiradi. o‘g‘liga esa Pifagor - ya'ni, Pifiya bashorati (yoki, Pifiyadagi bashorat) deb ism qo‘yadi. Afsonada Pifagorning tug‘ilgan vaqti haqida hech qanday ma'lumot yo‘q; tarix tadqiqotchilari uning dunyoga kelgan vaqtini eramizdan avvalgi 580-yil bilan bog‘laydilar.
Yangilаndi: 15.01.2019 10:20
Teofast Paratsels
Teofast Paratsels
(1493-1541)
XVI asrda g‘arb tibbiyot va alkimyogarlik fanlari uchrashgan nuqtada yangi arbob: Teofast Paratsels – ajoyib jarroh hakim va alkimyogar, fe’liga ko‘ra tajang va qo‘rs kishi, jarrohlik tig‘i hamda jang xanjarini bir xilda mahorat bilan ishlata oladigan ko‘p qirrali shaxs paydo bo‘ldi.
«Haqiqiy kimyo oltin qidirishda emas, odamlar uchun dori – malhamlar tayyorlashda namoyon bo‘ladi!» — deb e’tirof etgan edi Paratsels, va bu so‘zlar uning hayotiy shiori bo‘lib qoldi.
Filipp Aureol Teofast Bombast fon Gogengeym, taxallusi – Paratsels, 1493-yilning 10-noyabr kuni Shveytsariyaning Shvits kantoni, Eynzideln shaharchasida tug‘ildi. Erta yoshlaridanoq tibbiyot fanlariga qiziqish bilan o‘qishga kirishib, Germaniya, Fransiya va Italiyadagi ko‘zga ko‘ringan hakimlardan tahsil oldi. O‘qish yillaridayoq Paratsels kimyo bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan. U faqatgina tajribalar o‘tkazish bilan cheklanib qolmay, konlarda, shaxta va tog‘-kon sanoati zavodlarida ishlab, amaliy ish tajribasini ham orttirib bordi. Paratsels o‘z faoliyatida eng katta e’tiborni kimyo yutuqlarini tibbiyotga tadbiq etishga qaratdi. Uning bu sayi-harakatlari natijasida, yangi fan yo‘nalishi yatrokimyo[1] paydo bo‘ldi.
Yangilаndi: 06.03.2018 11:12
Kislorodning kashf etilishi
Kislorodning kashf etilishi
Balki hayron qolarsiz, lekin bu fakt: kislorod bir necha marta kashf etilgan!
Kislorod haqidagi dastlabki ma'lumotlar VIII asrga tegishli Xitoylik alkimyogar Mao Xoaning risolalarida uchraydi. Xitoyliklar bu gaz ("yyin") - havoning tarkibiy qismi ekanligini bilishgan va unu "boshlanish negizi" deb atashgan. Shuningdek Xitoyliklarga kislorodning pistako'mir, oltingugurt, va bir qancha metallar bilan birikishi ham ma'lum bo'lgan. Shuningdek xitoylar kislorodni selitra kabi birikmalardan ajratib ola bilishgan.
Usbu tarixiy ma'lumotlar asta sekin unutilib ketdi. Faqat XV asrga kelib kislorod haqida Leonardo da Vinchi qisqacha eslash tariqasida ma'lumot qoldirib o'tdi. Uni Gollandiyalik Drebbel ismli shaxs yana yangitdan qayta kashf etdi. Drebbelning shaxsi haqida ma'lumotlar deyarli yo'q. uning kuchli kashfiyotchi va yirik olim bo'lgani tayin. Aynan Drebbel suvosti kemasini loyihalagan ilk muhandislardan biri hisoblanadi. Kislorodning kashf etilishi ham aynan suvosti kemasi bilan bog'liq.
Yangilаndi: 22.01.2025 11:39
Saturn
Saturn
Saturn quyosh tizimidagi sayyoralar ichida kattaligi bo‘yicha ikkinchi, quyoshdan uzoqlashish tartibida oltinchi sayyora bo‘lib, Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish davri 29.46 yil ni tashkil qiladi. Bu sayyora, quyosh tizimidagi qurollanmagan ko‘z bilan ham ko‘rib bo‘ladigan 5 ta sayyoraning biri bo‘lib, uning ko‘rinadigan yulduz kattaligi birinchi yulduz kattaligidan ham yorqinroqdir. Garchi ekvatorial diametri Yupiternikidan ozgina kichik bo‘lsa hamki, massasiga ko‘ra Yupiterdan ancha far qiladi - deyarli uch barobar. o‘rtacha zichligi juda kichik - 0.7 gr/sm3. Kichik zichlik shu bilan izohlanadiki, bu gigant sayyora asosan vodorod va geliydan tashkil topgan bo‘lib gaz gigantlari turkumiga kiradi. Lekin uning sirtidagi bosim ham Yupiterdagidek katta emas. Saturnning ekvatorial radiusi 60300 km, qut radiusi esa 54400 km ni tashkil qiladi. Uning massasi Yernikidan deyarli 95 marta katta, lekin uning o‘rtacha zichligi esa, 0.69 g/sm3 bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari ichidagi, o‘rtacha zichligi, suvning o‘rtacha zichligidan kichik bo'lgan yagona sayyoradir. Sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10.44 m/soniya2. Saturn quyosh atrofida 29.5 yilda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Undan quyoshgacha bo'lgan masofa 1430 million km, yoki, 9.58 a.b. ni tashkil qiladi. Orbita bo‘ylab aylanish tezligi 9.69 km/soniya.
Yangilаndi: 08.10.2019 18:13
|
|