Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Ixtirolar tarixi
Ixtirolar tarixi


Tranzistor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 31
Juda yomon!A'lo! 

Tranzistor

Ming yillar o‘tib, insoniyatning eng buyuk ixtirolari haqida kitob chiqarilsa, o‘sha paytdagi avlodlar albatta 1947-yilning 16-dekabr sanasini "Axborot erasining boshlanishi" sifatida alohida qayd etishadi. Aynan shu kuni, Bell laboratoriyasi xodimlari - Jon Bardin (1908-1991) va Uolter Bratteyn (1902-1987) ikkita yuqori elektrodlarni, germaniy plastinkasi bilan ishlov berilgan va uchinchi, elektr kuchlanish manbaiga ulangan elektrodga joylashtirilgan maxsus plastinka bilan ulab, ajoyib bir mikroelektron detalni yaratishdi. Ushbu detalda, yuqori elektrodlardan biriga past kuchlanishli tok oqizilganda, ikkinchi yuqori elektrodda nisbatan kuchliroq tok paydo bo‘lar edi. Shu tarzda haqiqatan ham axborotlashtirish erasini boshlab bergan eng muhim vositalardan biri - tranzistor ixtiro qilindi.

Yangilаndi: 11.02.2020 08:38
 

Stetoskop

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Stetoskop

Odam tanasidagi turli tovushlarni - o‘pkada nafas kirib-chiqishi, yoki, yurak qorinchalarida qon harakatlanishi tovushini eshitish orqali tashxis qo‘yish tibbiyotda ancha qadimgi usullardan biridir. Lekin avvallari vrachlar tanadagi tovushlarga ko‘ra tashxis qo‘yish uchun bemor tanasiga quloqlarini bosib eshitishlari kerak bo‘lardi. Bu birinchida gigienik nuqtai nazardan yoqimsiz bo‘lsa, qolaversa, ma'naviy-axloqiy qoidalarga ham biroz raxna solardi. Axir doktorlar odatda erkak kishilar bo‘lishgan va bu ayol bemorlar tanasini eshitib ko‘rishda yumshoq qilib aytganda "noqulayliklar"ga sabab bo‘lgan. Qolaversa, bevosita quloqning o‘zi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitib qo‘yilgan tashxislar har doim ham aniq bo‘lmagan. Chunki bunda tashqi shovqinlardan, xalaqitlardan himoyalanish deyarli imkonsiz bo‘lgan. Vaziyat XIX-asrning 10-yillarigacha shunday davom etdi. Vrachlar bemor tanasini eshitish uchun qandaydir mukammalroq va gigienik xavfsiz vositaga muhtoj edilar.

Yangilаndi: 05.12.2018 17:01
 

Fotografiyaning ixtiro qilinishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 48
Juda yomon!A'lo! 

Fotografiyaning ixtiro qilinishi

XIX-asrda amalga oshirilgan ko‘plab ajoyib ixtirolar ichida shubhasiz fotografiya ham eng asosiylaridan biri hisoblanadi. O‘sha paytda odamlarni "lahzani to‘xtatish" degan nom bilan hayratga solgan ushbu ixtiro, haqiqatan ham tarixdagi eng buyuk ixtirolar sirasiga kiradi.

Biz hozir smartfonimiz, yoki, mashhur brendning yuqori sifatli raqamli foto-videokamerasi yordamida istagan narsamizni osonlik bilan suratga tushira olamiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng bo‘lmag‘ur selfimaniyalardan tortib, ilm-fan uchun beqiyos ahamiyatli muhim fotosuratlargacha - hamma-hammasi birgina tugmachani yengil bosish orqali, hozirda juda oson va jo‘n olinmoqda. Hozirda fotosurat olish uchun maxsus o‘quv kurslaridan o‘tish va uyda bir qancha maxsus jihozlardan iborat fotolaboratoriyaga ega bo‘lish shart emas. Smartfon tugmasini yengil bosasiz va tamom! Fotosurat tayyor. Uni istasangiz internetga joylaysiz, istasangiz qog‘ozga chop etib, albomga yopishtirasiz... xullas, bizning avlod uchun fotosurat olish - pista chaqqandek ham ish bo‘lmay qolgani chin haqiqat.

Yangilаndi: 10.12.2018 11:07
 

Parovoz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Parovoz

Paravozning ixtiro qilinishi - rels yo‘llari va lokomotivning loyihalanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Aytish joizki, rels yo‘llari lokomotivdan ko‘ra ancha avvalroq paydo bo‘lgan. Relslarni dastavval qattiq pishiq yog‘ochdan yasashgan va asosan tog‘-kon ishlarida, qazilmalarni aravachalarda kon ichkarisidan tashqariga tashib chiqishda foydalanishgan. Tog‘-kon ishlarida yog‘och relslarning qo‘llanishiga oid ilk tarixiy yozuvlarni biz Sebastiyan Myunster qalamiga mansub bo‘lgan, 1541-yilda chop etilgan risolada uchratishimiz mumkin. XVIII asrga kelib, relslarni cho‘yandan tayyorlay boshlashgan. Biroq, cho‘yan bu borada o‘zini unchalik ham oqlamagan. Sababi, cho‘yan birmuncha mo‘rt metall bo‘lib, cho‘yan relslar tez qiyshayib, ko‘p buzilgan. XIX asr boshlarida esa relslarni yumshoqroq temirdan yasay boshlashgan va shu davrdan boshlab, rels yo‘llarini "temiryo‘l" deb atash urfga kira boshlagan. Shunga qaramay, uzoq yillar mobaynida temiryo‘ldan faqat konlarda ruda tashish uchun foydalanilgan va undan yo‘lovchi tashishda foydalanishga o‘tish uchun ancha yillar kerak bo‘lgan.

Yangilаndi: 14.12.2018 08:33
 

Paroxod

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Paroxod

O‘zi harakatlanadigan va shamol yo‘nalishiga qarshi suza oladigan kema haqidagi fikrlar, to‘g‘rirog‘i, orzular odamlarda juda qadimdan mavjud bo‘lgan. Bunday kemalarga ayniqsa, daryolarda oqimga qarshi suzib qatnaydigan kema boshqaruvchilari ko‘proq intizor bo‘lishgan. Notekis o‘zan bo‘ylab yuqori tomon suzishda yelkan yoki, eshkakchilar kuchidan foydalanish juda murakkab bo‘lib, ko‘pincha bunday suzishning imkoni deyarli bo‘lmagan. Kemalarni, yoki, yuklarni oqimga qarshi tortish uchun burloqlar mehnatidan foydalanishga to‘g‘ri kelardi. Lekin burloqlar bu ishni juda sekin bajarishardi. Shunday muammolar tufayli, ayniqsa daryo transportida oqimga qarshi suzish uchun yelkan va eshkak vositasini istisno qiluvchi, lekin kemani oldinga bemalol harakatlantira oladigan yurituvchi kuchga ehtiyoj kuchli bo‘lgan. Bunday shamol kuchi va qo‘l mehnatidan mustaqil harakatlana oladigan kemaning ilk loyihasini o‘rta asrlarda yashagan mexaniklar taklif qilishgan. Taxminan 527 yilga oid bo‘lgan qadimgi qo‘lyozmalarning birida suv tegirmoni vositasida harakatlantirilishi ko‘zda tutilgan kema modeli tasvirlangan. Faqat unda suv tegirmonni kemaga o‘rnatilgach, baribir uni yoki odam, yoki hayvon kuchi evaziga aylantirib turish zarur bo‘lgan.

Yangilаndi: 17.12.2018 07:51
 

Videofayllarni hajman siqish algoritmini ishlab chiqqan olimlar Olmoniya kelajak mukofoti uchun nomz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Videofayllarni hajman siqish algoritmini ishlab chiqqan olimlar Olmoniya kelajak mukofoti uchun nomzod sifatida ko‘rsatildi.

Bugungi kunda internet tarmog‘ida aylanayotgan axborot hajmining 70% qismini videofayllar tashkil qiladi va bu raqam o‘sishda davom etmoqda. Agar odata juda katta axborot hajmini ishg‘ol qiladigan videofayllarni samarali siqish uchun xizmat qiladigan dasturiy texnologiyalar barpo etilmaganida, zamonaviy internetda video ulushu bu qadar katta bo‘la olmas edi. Videofayllarni maksimal siqish dasturiy texnologiyasini ishlab chiqqan nemis olimlari Germaniyaning Kelajak mukofoti uchun tavsiya etilishdi.

Hozirgi kunda vide har yer va har vaqtda bor. Harakatlanuvchi tasvir avvaliga faqat kinematografiya bilan bog‘lab tushinilgan bo‘lsa, keyinchalik, bu tushuncha televideniye bilan uzviylashdi. 90-yillrda bu jarayonga videmagnitafonlar aralashib kirdi. Yaqin yillar ichida esa, televideniye va kinematograf ham, o‘zining videouzatmalar bo‘yicha yetakchilik rolini internetga boy berib bo‘ldi. Endilikda harakatlanuvchi tasvirninig jozibasidan bahramand bo‘lish uchun, 100 yil avvalgidek chipta olib kinoteatrga kirish, yoki 50 yil avvalgidek, oq-qora ekranli televizorga termulish shart emas. 20-30 yil avvalgi chamadondek keladigan videmagnitafonlar va ularning yuzlab metrli tasmaga ega qutisimon kassetalari ham allaqachon urfdan qolgan. Tugmadek keladigan fleshka xotirasida o‘sha "qadimiy" video-saqlagichlarni bir nechtasini band qila oladigan ulkan hajmli videofayllardan bir nechtasini birdaniga saqlash mumkin. Qolaversa, global tarmoq bo‘ylab, ushbu videolarni jahonning istagan nuqtasiga bir necha daqiqialar ichida jo‘natish bugungi kunimiz uchun oddiy hol. Endilikda tarixiy xronika, konsertlar, opera, spektakl, klip va boshqa ko‘plab tomoshabop narsalarni internetdan oson topish va ko‘rib zavqlanish mumkin. Bundan tashqari, endilikda skayp, videotelefoniya, videokonferensiyalar, teletibbiyot haqida gapirib ham zamondoshlarimizni hayratlantira olmaysiz. o‘zbekistonimizda joriy, 2015-yildan e'tiboran, masofaviy videobog‘lanish orqali xo‘jalik sudlari majlislarini olib borish amaliyoti joriy qilingani ham yuqorida keltirgan so‘zlarimizning isbotidir.

Xayko Shvarts, Tomas Vigand, Ditlef Marpe (o‘ngdan chapga)

Yangilаndi: 19.12.2018 07:49
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 5 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11595128

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov