Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya
Astronomiya bo'yicha ma'lumotnoma va qo'llanmalar

Merkuriy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 51
Juda yomon!A'lo! 

Merkuriy

Merkuriy

Merkuriy - Quyoshga eng yaqin joylashgan sayyora. Uni qadimgi rimliklar savdo ma'budi - Merkuriy nomi bilan atashgan. Bu sayyora insoniyatga qadimdan ma'lum. Olchamlari boyicha katta sayyoralari ichidagi eng kichik sayyora hisoblanadi.

Merkuriy va Quyosh orasidagi masofa - 58 million kilometrni tashkil qiladi. Quyosh atrofida bu sayyora 88 kunda toliq aylanib chiqadi. Merkuriyni fazoda 28 gacha yetuvchi nisbatan katta elongatsiyalar vaqtida kuzatish mumkin. Quyoshga ota yaqinligi, hamda, juda kichik olchamlari tufayli, Merkuriy uzoq vaqtgacha kam organilgan sayyora bolib qolavergan. Faqat 1965 yilga kelib, radiolokatsiya usullarini qollash natijasida Merkuriyning oz oqi atrofida aylanish davri hisoblab topildi. U 58.65 kun, ya'ni sayyoraning Quyosh atrofida aylanish davrining 2/3 qismiga teng ekan. Bu degani, Merkuriydagi kunduz davomiyligi - Quyosh sutkasi 176 kun davom etishini anglatadi. Merkuriyning aylanish burchagi uning orbita tekisligiga nisbatan deyarli perpendikulyar. Merkuriyning akslantirish xususiyati - albedo[1] juda kichik bolib, taxminan 0.07 ni tashkil qiladi. Quyoshning zenitdagi vaqtida sayyora sirtining harorati 620 K gacha, tungi qutblarining harorati esa 110 K atrofida boladi. Merkuriy sayyorasining korinadigan yulduz kattaligi 1,9 dan 5,5 gacha qiymatlarda ozgarib turadi

Yangilаndi: 24.09.2018 08:39
 

Oyning fizik parametrlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

 

Diametri: 3474 kilometr (0,273 Yer diametri);

Yuza maydoni: 3.79·107 km2 (0.074 Yer maydoni);

Katta aylanasi uzunligi: 10979 km;

Hajmi: 2195.3·107 km3 (0.020 Yer hajmi);

Massasi: 7.35·1019 tonna (0.0123 Yer massasi);

O'rtacha zichligi: 3340 kg/m3 ;

Yangilаndi: 16.12.2021 11:53
 

Quyosh atmosferasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Quyosh atmosferasi

Quyosh atmosferasi (quyoshning ko'rinadigan qatlamlari) - bir necha ustma ust qatlamdan iborat. Ulardan eng ichkaridagisi va eng qisqa qalinlikdagisi - Fotosfera bo'lib, u quyosh atmosferasining ko'rinish spektridagi yagona qatlamidir. Fotosfera qatlami yuqori va quyi chegarasi masofasi 300 kilometr bo'lib, takrorlanuvchi rangdor quyosh dog'laridan iborat bo'lib ko'rinadi. Bu dog'larning paydo bo'lishini, Quyoshning ichki qatlamlarida sodir bo'ladigan konveksiya hodisasi bilan bog'lanadi.

Fotosferadan keying qatlam - Xromosfera deb nomlanadi. Xromosferani Quyoshning to'liq tutilishlari vaqtida to'q rangli xalqani o'rab turgan och pushti rangda kuzatish mumkin. Fotosferadan farqli ravishda, Xromosfera bir jinsli bo'lmagan tarkibi bilan diqqatni jalb etadi. Tarkibning bir jinsli emasligining ikki hil ko'rinishi mavjud: Yorqin va Qoramtir. Bularning har ikkalasi ham, yaqqol ajralib ko'rinadigan rangdor dog'lar shaklida ko'rinadi. Bu dog'larning o'lchamlari Fotosfera dog'laridan bir necha barobar katta. Xromosfera xalqasining chetki qismlarida o'ta yuqori zichlikda otilib chiqayotgan gazlarning yonishidan hosil bo'luvchi olov tillari - Xromosfera spikulalarini kuztish mumkin.

Quyosh atmosferasining eng chetki va eng siyrak qatlami - Quyosh toji hisoblanadi. Uni Quyoshning to'liq tutilishi vaqtida, yoki, maxsus asbob - Koronograf bilan kuzatish imkoniyati mavjud. Quyosh tojida harorat million darajagacha yetadi va uning tashqi chetlari Quyoshning o'z radiusidan bir necha o'n barobar uzoqlikkacha yetishi mumkin.

Yangilаndi: 16.12.2021 11:51
 

Quyoshning fizik parametrlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Quyoshning fizik parametrlari

Quyosh tizimining (Sayyoralar va ularning tabiiy yo‘ldoshlari, asteroidlar, kometalalar va ho kazolarning) 99.866% massasi Quyoshning o‘zida jamlangan bo‘lib, u asosan Vodorod (taxminan 70%) va Geliy (taxminan 27%) dan tashkil topgan. Quyoshda uzluksiz ravishda termayadro reaksiyalari boradi va o‘z atrofiga juda ulkan miqdorda yorug‘lik nuralnishlari taratadi. Quyoshdan chiqqan yoruglik to‘lqinlari 8 daqiqa va 20 soniyada Yerga yetib keladi. Quyida Quyoshning asosiy astrofizik parametrlari keltirilgan:

Yangilаndi: 11.02.2020 08:45
 

Atmosfera

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Atmosfera

Atmosfera - yerning gazsimon tashqi qobig'i bo'lib, u yer bilan birgalikda bir-butun holatda aylanadi va sayyorani kosmik nurlardan, meteoritlardan, hamda me'yoridan ortiq qizib yoki sovib ketishidan himoyalaydi. Yer atmosferasi aniq ifodalanadigan ustma-ust qatlamlardan iborat. Atmosferani, yer sirtidan balandlik yuqorilagan sari harorat o'zgarishiga ko'ra, beshta asosiy sfera va ular orasidagi uchta o'tish qatlamlariga ajratiladi. Ular quyidagilar:

Yangilаndi: 09.11.2021 10:28
 


Maqolaning 8 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11744512

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)