Boriy
Boriy – beqaror radioaktiv element. Formulasi Bh. Atom raqami 107. 261 dan 272 massa soniga ega izotoplari ma’lum. Eng uzoq yashovchi nisbatan barqaror izotopi boriy-267 bo‘lib, yarim yemirilish davri 17 soniyaga teng.
Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.
107-element sintez qilingani haqidagi ilk xabarni 1976-yilda Dubnadagi yadroviy tadqiqotlar institutida ishlovchi Yuriy Oganesyan boshliq ilmiy guruh tomonidan e’lon qilingan. Ushbu sintez xrom-54 va vismut-209 yadrolarining o‘zaro birlashish reaksiyasi hosilalarining spontan parchalanishi mahsulotlarini tadqiq qilishga asoslangan edi. Boriyning kashf qilingan ilk izotoplarining yarim yemirish davri 5 soniyadan 1-2 soniyagacha bo‘lgan. 1981-yilda, Darmshtadt og‘ir ionlar instituti ham vismut-209 nishonni xrom-54 yadrolari bilan bombardimon qilishga asoslangan 209Bi+54Cr reaksiyasini tadqiq qilgan va bunda, nuklidlarning α-yemirilishi sezish, hamda, uning parametrlarini aniqlash imkonini beradigan yangi texnologiyalarni qo‘llagan. Darmshtadtda olib borilgan eksperimentlar ham, 107-elementning 262-izotopiga taalluqli bo‘lgan α-yemirilishi hodisasini 5 bora payqagan. Nemislarning tajribalarida bu elementning 4,7 va 2,3 soniya yarim yemirilish davriga ega izotoplari aniqlangan.