Uglerod zanjirlari
Organik birikmalarning xilma xilligi Uglerod atomining boshqa atomlar bilan o‘zaro bog‘lanib, zanjir hosil qila olishi tufaylidir. Bunday zanjirlarning uzunligi hech narsa bilan cheklanmaydi va ular o‘ta murakkab yo‘nalishlarda tarmoqlanishi mumkin.
Eng sodda organik birikmalar faqatgina uglerod (C) va vodorod (H) atomlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday bog‘lanishga ega moddalar uglevodorodlar deyiladi. Uglevodorodlar juda foydali moddalardir. Ular aralashma holatida neft mahsulotlari va tabiiy gaz tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Bundan tashqari uglevodorodlar turli tuman mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy hom-ashyo hisoblanadi.