Ba'zi moddalarning samarali yadroviy kesimi xususiyatlari
Jadvalda ba'zi moddalar uchun yadroviy ozaro ta'sirdagi foydali yadro kesimining qiymatlari keltirilgan. Foydali kesim (foydali sozi kopincha qoldirib ketiladi) mazkur moddaning atomlarining yadrolari hamda neytronlari orasida yadro reaksiyalarining amalga osha olishi ehtimolligini ifodalaydi va u Barn olchov birligi bilan olchanadi.
Quyida korsatilgan moddalarning aksariyati yadro texnikasida keng qollanilib, ulardan konstruktsion materiallar - yadro reaktorining turli qismlari va detallari - issiqlik ajratuvchi elementlarning qobiqlari, kassetalari, quvurlar va ho kazolar tayyorlanadi. Shuningdek ulardan issiqlik otkazgich, sekinlashtiruvchi, hamda, neytronlarni kuchli yutuvchi sifatida foydalaniladi. Jadvalda moddaning mazkur xususiyatlardan qay biriga ega ekanligi, uning nomi yonidagi qavs ichida korsatilgan, ya'ni: k - konstruktsion material, i - issiqlik otkazgich, s - sekinlashtiruvchi, yu - kuchli yutuvchi.