Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Tabiat qonunlari
Maqolalar

Kepler qonunlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 48
Juda yomon!A'lo! 

Kepler qonunlari

1: Sayyoralar Quyosh atrofida cho‘zinchoq elliptik orbitalar bo‘yicha harakatlanadi, ushbu ellips fokuslaridan birida Quyosh joylashgan bo‘ladi.

2: Quyosh va sayyorani tutashtiruvchi xayoliy to‘g‘ri chiziq, teng vaqtlar orasida ellipsni teng yuzalarga taqsimlaydi.

3: Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanib chiqish davrining kvadratlari nisbati, ushbu sayyora orbitasi katta yarim o‘qlari nisbatiga teng bo‘ladi.

 

Iogann Kepler ajoyib ichki hissiy anglash, intuitsiya egasi bo‘lgan. U butun umri davomida, Quyosh sistemasining qandaydir ajoyib sirli san’at asari ekanligini isbotlashga tirishgan. Avvaliga u Quyosh sistemasi tuzilishini qadimgi yunon geometriyasidan buyon saqlanib kelayotgan besh xil to‘g‘ri ko‘pyoqlar bilan bog‘lab izohlashga urindi. (To‘g‘ri ko‘pyoqlar bu – barcha yoqlari teng yonli muntazam ko‘pburchaklardan iborat bo‘lgan uch o‘lchamli jism bo‘ladi). Kepler zamonasida astronomlar faqat oltita sayyorani bilishar edi va tasavvurga ko‘ra ular, «shaffof sferalar» ichida joylashib harakatlanadi deb qaralardi. Kepler o‘z ilmiy kuzatish va tekshirishlarini, ushbu sferalarning o‘zaro joylashuvi bir-birining ichiga ichki chizilgan (to‘g‘rirog‘i, ichki joylashgan) to‘g‘ri ko‘pyoqlar ko‘rinishida bo‘ladi degan fikrni tekshirib ko‘rishdan boshlagan. Uning tasavvuriga ko‘ra: Saturn va Yupiter orasida kub, Yupiter va Mars orasida esa tetraedr, Mars va Yer orasida dodakaedr, Yer va Venera orasida ikosaedr, Venera va Merkuriy orasida oktaedr tartibdagi sferalar joylashadi deb o‘ylagan. Ma’lumingizkim, to‘g‘ri ko‘pyoqlari (ularni shuningdek, «Platon jismlari» ham deyiladi) 5 xil va o‘sha zamonda odamlarga ma’lum bo‘lgan sayyoralar esa 6 ta edi. Shunga muvofiq, Kepler har bir sayyora orasida shunday to‘g‘ri ko‘pyoqlardan birortasi ko‘rinishidagi shaffof sfera mavjud bo‘lsa, bu osmon jismlari harakati mukammallik, ideallik bo‘ladi deb o‘ylagan. U hayotining bu qismida, sayyoralar harakati va umuman Koinot albatta ideal bo‘lishi kerak degan fikrda edi.

Yangilаndi: 14.05.2020 12:53
 

Immun tizimi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Immun tizimi

Immun tizimi bizning organizmimizga kirib olgan «yovlarni» payqab, bu haqidagi ma’lumotni maxsus hujayralarga uzatish va yov hujumini daf qilish vazifasini bajaradi.

Odamzotning va boshqa tirik organizmlarning yashash muhiti anchayin agressivdir. Turli viruslar va bakteriyalar qo‘shini bizni har tarafdan qurshab olgan bo‘lib, ular bizga hujum qilish uchun doimo qulay fursatni poylab yotadi. Shu sababli, bunday dushmanga qarshi kurashda bizning mudofaa tizimimiz – immun sistemasi ishga tushadi. Bu dushmanga qarshi kurashdagi mudofaa chizig‘ining ayrim sarhadlari – sof anatomik mudofaa bo‘lib, ular virus va bakteriyalarga qarshi jismoniy (fizik) to‘siq qo‘yadi va zararli mikroblar undan nariga o‘tolmaydi. Masalan, teri va shilliq pardalar shunday vazifani bajaradi. Agar virus yoki bakteriya ushbu fizik to‘siqdan ham oshib o‘tib, organizmga kirishni uddalasa, unda, organizm unga qarshi yallig‘lanish jarayoniga asoslangan qarshi hujumni ishga soladi va natijada, tananing zararlangan qismiga qon kelishi kuchayadi. Qon o‘zi bilan leykotsitlarni olib keladi. Ular kapillyar tomirlar devorlari orqali o‘tib, tanaga kirib olgan dushmanni mahv qiladi. Kesib olgan joyingiz atrofining qizarib qolishi organizmning aynan shu reaksiyasi tufayli yuzaga keladi.

Yangilаndi: 27.04.2020 09:54
 

Glikoliz va nafas

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Glikoliz va nafas

Jonivorlar va boshqa organizmlar metabolizmi asosida, uglevodlarda jamlangan energiyani ajratib olishga qaratilgan kimyoviy jarayonlar yotadi

Fotosintez jarayonida, Quyosh energiyasi uglevod molekulalarining kimyoviy bog‘larida zaxiralanadi va bunday molekulalar ichida eng muhim ahamiyatlisi bu olti uglerodli shakar – glyukozadir. Boshqa organizmlar ushbu molekulalarni ozuqa sifatida iste’mol qilganidan so‘ng, undagi zaxiralangan energiya ajralib chiqadi va metabolizm uchun yo‘naltiriladi. Bu glikoliz va nafas olish jarayonida ro‘y beradi. Undagi kimyoviy jarayonlarni qisqacha quyidagicha bayon qilish mumkin:

Glyukoza + kislorod → karbonat angidrid + suv + energiya

Osonroq tushunish uchun, shunday tasavvur qilish mumkinki, organizm energiya olish uchun, uglevodlarni «yoqadi».

Yangilаndi: 13.02.2020 16:42
 

Geya gipotezasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Geya gipotezasi

Yer – yaxlit tirik organizm o‘laroq namoyon bo‘ladi

Geya – yunon ma’budasining ismi bo‘lib, u Borliqni xaosdan xalos qilib tartib va muvozanatga keltirgan emish. Geya gipotezasini Angliyalik fizik Jeyms Lavlok ilgari surgan bo‘lib, u 1960-yillarda NASAda ishlagan va ushbu g‘alati g‘oyani ham o‘sha yillarda o‘ylab topgan. 60-yillarda odamzot kosmosni o‘zlashtirishni endi-endi boshlagan edi va ko‘pchilik, tez orada Quyosh sistemasida hayot alomatlarining aniqlanishini kutayotgandi. Shunday bir sharoitda, Lavlok Yer atmosferasi va boshqa sayyoralarning atmosferasini o‘zaro taqqoslab ko‘rib, hayot nishonasi yo‘q bo‘lgan boshqa hamma sayyoralardan farqli o‘laroq, bizning Yerimizning o‘zi go‘yoki ulkan yaxlit tirik organizm ekani haqidagi fikrlarni o‘rtaga tashlay boshladi. O‘shanda u «Yer – shunchaki yashash joyimiz emas. U tirik organizmdir va biz uning bir qismimiz» degandi.

Yangilаndi: 20.08.2019 16:40
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12108384

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)