Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Tabiat qonunlari
Maqolalar

Elektromagnit nurlanishlar spektri

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Elektromagnit nurlanishlar spektri

Elektromagnit nurlanishlarning radioto‘lqinlardan boshlanib, gamma-nurlanishlar bilan yakunlanuvchi turli xillari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan faqat to‘lqin uzunligiga ko‘ra farqlanadi xolos. Elektromagnit to‘lqinlar vakuumda yorug‘lik tezligida tarqaladi.

 

Maksvell qonunlarining kashf qilinishidan keyin, ushbu qonunlar o‘sha zamonda hali fanga ma'lum bo‘lmagan tabiat hodisasi - elektromagnit to‘lqinlarning mavjudligiga ishora berayotgani ma'lum bo‘ldi. Bunday to‘lqinlar o‘zaro bog‘liq elektr va magnit maydonlarining fazoda yorug‘lik tezligida tarqaluvchi tebranishlarini o‘zida namoyon qiladi. Ushbu mulohazalarni va o‘zi kashf qilgan qonunlardan kelib chiqadigan boshqa muhim xulosalarni Jeyms Klark Maksvell tenglamalar sistemasi ko‘rinishida ilmiy jamoatchilik e'tiboriga havola qilgan. Ushbu tenglamalarga ko‘ra, elektromagnit to‘lqinlarning vakuumdagi tarqalish tezligi shunchalik muhim va fundamental qiymat bo‘lib chiqdiki, uning butun olam uchun universial konstanta ekanligi vajidan, fizikagi boshqa tezliklarni ifodalash uchun qo‘llaniluvchi v belgisi o‘rniga, ushbu tezlik uchun (ya'ni, elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi uchun) alohida bir belgi - c qo‘llanilishi kerakligiga qaror qilindi.

Ushbu kasfiyotdan keyin, Maksvell darhol shuni tushundiki, biz ko‘zlarimiz bilan koradigan oddiy yorug‘lik nurlari, ya'ni, ko‘rinuvchi yorug‘lik, tabiatda mavjud rang-barang elektromagnit to‘lqinlar xilma-xilligining atiga kichik bir qismi xolos ekan. Bu vaqtda ko‘zga ko‘rinadigan nurlar spektridagi yorug‘lik to‘lqinlarining to‘lqin uzunliklari allaqachon fanga ma'lum bo‘lib, ya'ni, binafsharang spektridan boshlab (400 nm) spektrning qizil qismi (800 nm) gacha bo‘lgan uzunlikka ega elektromagnit to‘lqinlarni odamzot bevosita, o‘z ko‘zi bilan tabiiy ravishda kuzatib kelayotgan edi. (nm - nanometr, ya'ni, 10−9 metr uzunlik).

Yangilаndi: 18.12.2018 09:22
 


Maqolaning 8 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12108428

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov