Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Tabiat qonunlari
Maqolalar

Molekulyar-kinetik nazariya

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 82
Juda yomon!A'lo! 

Molekulyar-kinetik nazariya

Gazning termodinamik xossalari, ushbu gazni tashkil qiluvchi atom yoki molekulalar harakatining o‘rtacha tezligiga bog‘liq.

Gaz tarkibidagi molekulalar bir-biridan ancha uzoq masofada erkin harakatlanadi va faqat o‘zaro to‘qnashgan lahzadagina o‘zaro ta'sirlashadi. Shu sababli molekula bunday to‘qnashuvlar orasida, to‘qnashuvdan keyin o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgartirish sodir bo‘lgan holatlardagina qisqa muddat to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi. Gaz molekulasining to‘g‘ri chiziqli harakat qiladigan qisqa masofasi o‘rtacha erkin masofa deyiladi. Gazning zichligi qancha katta bo‘lsa, tabiiyki, uning molekulari orasidagi masofa shunga monand ravishda qisqa bo‘ladi.

Yangilаndi: 04.12.2018 10:38
 

Kvant xromodinamikasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Kvant xromodinamikasi

Kvarklarni elementar zarralar ichida tutib turuvchi kuchli o‘zaro ta'sirlar - kvarklarning maxsus zarrachalar - glyuonlarni o‘zaro almashinishga asoslangan bo‘ladi.

Materiya tuzilishini tushuntirib berishga urinadigan nazariyalar ichida hozirgi zamonda eng maqbul nazariya "Standart model" deb nomlanadi. Standart modelga ko‘ra, kvarklarning o‘zaro birlashishidan turli xil elementar zarralar vujudga keladi. Ushbu elementar zarralardan esa, o‘z navbatida turli xil kimyoviy elementlarning atomlarining yadrolari shakllanadi. Kvarklarning o‘zaro ta'sirlanishini fizikaning maxsus bo‘limi - kvant xromodinamikasi (qisqacha KXD) o‘rganadi. Ushbu kvant xromodinamikasi nazariyasiga ko‘ra, kvarklarning o‘zaro ta'sirlashishi - ular orasida maxsus bir zarrachalar - glyuonlarni o‘zaro almashinishi orqali sodir bo‘ladi.

Yangilаndi: 04.12.2018 10:41
 

Reley kriteriysi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Reley kriteriysi

Agar ikkita nuqtaviy yorug‘lik manbalaridan birining difraksion maksimumi ikkinchisining difraksion minimumi bilan ustma-ust tushsa, ushbu ikkala nuqtaviy yorug‘lik manbalarini okulyarda o‘zaro farqlash mumkin bo‘ladi.

Lord Reley - qirolicha Viktoriya zamonasiga oid Britaniyalik "Jentelmen olimlar" avlodining yorqin namoyondalaridan biridir. Serqirra olim sifatida nom qozongan lord Reley ilm-fanning xilma-xil sohalarida samarali faoliyat yuritgan bo‘lib, uning eng asosiy yutuqlaridan biri - argon elementining kashf etganligi deb hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, uning fizika fanining ko‘plab yo‘nalishlariga, shu jumladan optika sohasiga qo‘shgan xossasini ham e'tirof etish o‘rinlidir. Yorug‘likning tarqalish qonuniyatlarini o‘rganish asnosida lord Reley yorug‘lik manbalarining optik asboblarda farqlanishi va aniqlanishiga oid muhim bir ilmiy kriteriyni shakllantirdi. Ushbu kriteriy endilikda olim o‘z nomi bilan atalmoqda.

Yangilаndi: 04.12.2018 10:47
 

Shryodinger tenglamasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 25
Juda yomon!A'lo! 

Shryodinger tenglamasi

Ervin Shryodinger

Zamonaviy fizikadagi eng asosiy tenglamalardan biri bo‘lgan mashhur Shryodinger tenglamalarining yuzaga kelishi haqida fizik olimlar ichida o‘ziga xos folklor shakllangan. Haqiqatan ham, mohiyatiga e'tibor qaratilsa, Shryodinger tenglamalari o‘zaro ziddiyatli g‘oyalarni uyg‘unlashtirayotganga o‘xshaydi. Aslida ushbu tenglamalar orqali odamzot olam tuzilishiga oid eng nozik sirlardan birini bilib olgan. Shryodinger tenglamasi kvant zarralarining dual, ya'ni, ikki xil tabiatini bitta ixcham tenglamada mujassamlashtiruvchi differensial tenglama bo‘lib, u kvant zarralarining korpuskulyar va to‘lqin tabiatini namoyon qiladi.

Hikoya qilinishicha, 1926-yilda Avstriyalik nazariyotchi fizik Ervin Shryodinger Syurix shahrida tashkillangan xalqaro ilmiy seminarda mikrodunyodagi obyektlar tabiatiga ko‘ra zarracha emas, balki to‘lqin xossalarini namoyon qilishi haqidagi g‘alati g‘oyalar haqida ma'ruza o‘qiydi. Uning fikrlari aksariyat fiziklar uchun anglash qiyin bo‘lgan uydirma singari yangragan. Masalaning asl mohiyatidan bexabar ba'zi hamkasblari esa Shryodingerni ochiqchasiga kalaka qilishga ham jazm qilishgan. Chunonchi, seminarda hozir bo‘lgan keksa fizik-akademiklardan biri so‘z olib, "Shryodinger, nahotki aytayotganlaringizning barchasi bo‘lmag‘ur safsata ekanini o‘zingiz sezmayapsiz? Yoki bizlarni to‘lqinlarni to‘lqin tenglamalari orqali ifodalanishini bilmaydi deb o‘ylaysizmi?" - deb kesatiq qilgan ekan.

Yangilаndi: 12.08.2019 14:40
 


Maqolaning 6 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12108325

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)