Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya
Maqolalar

DAWN sayyoralararo avtomatik stansiyasi Serera mitti sayyorasiga yetib bordi.

E-mail Chop etish

DAWN sayyoralararo avtomatik stansiyasi Serera mitti sayyorasiga yetib bordi

2015-yilning 6-mart kuni NASAning DAWN koinot kemasi mitti sayyora - Sereraga yetib bordi va uning atrofida aylanish orbitasiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 2015-yilga mo‘ljallangan dasturning ilk bandlariga ko‘ra, Dawn Serera orbitasida 2015-yilning iyul oyigacga faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Avvallari fazoga uchrilgan sayyoralaro avtomatik fazo stansiyalaridan faqrli o‘laroq, Dawn o‘ziga belgilangan vazifalar yuzasidan tashrif buyurishi lozim bo‘lgan osmon jismlari - Vesta asteroidi hamda Serera mitti sayyorasini «uchib o‘tish» yo‘nalishida, ya'ni, yaqinidan uchib o‘tayotib o‘rgnadigan apparat sanalmaydi. Balki u o‘zi yo‘nalgan osmon jismi orbitasi atrofida ma'lum muddat aylanib, keyin esa navbatdagi manzil tomon yo‘l oladigan fazoviy apparat sanaladi. Xususan u, Sereraga yetib borgunicha, Vesta asteroidi atrofidas deyarli bir yil aylanib, undasn keyingina, aniqrog‘i, 2012-yil sentyabrida mitti sayyoraga yo‘l olgan edi.

Dawn sayyoralararo apparatining asosiy maqsadi Vesta asteroidi va Serera mitti sayyorasini o‘rganishdan iborat bo‘lib, bu apparat 2007-yilning 27-sentyabr kuni Kanaveral kosmodromidan Delta-2 7925H raketa eltuvchisi tomonidan uchirilgan edi. Parvoz vaqtidagi massasi 725 kg bo‘lgan. o‘rganish uchun Vesta va Serera tanlanishining sababi sifatida esa, NASA mutaxassisari tomonidan, bu ikki osmon jismining bir-biriga qarama-qarshi turdagi asteroidlar sinfiga mansubligi bilan izohlashgan edi. Ya'ni, Vesta asteroidi - yaxlit tog‘ jinsiga o‘xshash, suvsiz osmon jismi bo‘lsa, Serera esa - taxminan 100 km gacha bo‘lgan qalin muz qatlamiga ega bo‘lgan va shaklan sfera shakilga yaqin osmon jismi hisoblanadi. Bundan tashqari, Vesta asteroidi Yer sirtiga yetib keladigan meteoritlarning asosiy manbai sanaladi.

Yangilаndi: 22.12.2018 11:17
 


Maqolaning 8 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11744588

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov