Yer o‘qining og‘ish burchagi hamda Gomerning "Odisseya"si
Qadimgi yunon shoiri Gomerning ikkita eng mashhur asari bor. Birinchisi - "Iliada" dostoni bo‘lsa, ikkinchisi Iliada dostonidir. Ushbu asarlarning ikkalasi ham qahramonlik eposi bo‘lib, asarlar yunon mifologiyasi asosida yaratilgan, Iliada va Odisseya shunchaki she'rlar, hikoya yoki, rivoyatlar to‘plamigina emas, balki, real tarixiy voqealarni ham bayon etganligi bilan muhim. Shu jihatdan, mazkur asarlar qadimgi dunyo tarixini o‘rganishda ham muhim yozma manba bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, mashhur Troya voqeasi aynan "Iliada" dostonida keltirib o‘tiladi. "Odisseya" esa bosh qahramon - Odisseyning jahongashta sarguzashtlarini, hamda, uni sabr bilan kutgan rafiqasi - Penelopaning sadoqatini madh etuvchi dostondir. Qisqasini aytganda, Iliada va Odisseya - umumjahon madaniyatining nodir namunalari hisoblanadi va butun bashariyat mulki sifatida e'tirof etiladi. Gomer asarlarini o‘zbek tiliga Mirtemir domla, hamda, Qodir Mirmuhamedovlar tomonidan tarjima qilingan.