Samodagi shaffof chiziqlar
(Ayzek Azimovning shu nomli hikoyasidan tarjima)
O'g'lim ba'zan maktabdoshlari kalaka qilishayotganidan shikoyat qilib qoladi. Chunki amerikaliklarga xos bo'lmagan Azimov familiyasi o'smir yoshidagi bolalar uchun boshqa istalgan narsa kabi ermak obyekti bo'lishi ajablanarli emas. Lekin uning darg'azab ko'zlaridan bilamanki, u o'zini kalaka qilinishiga sabab bo'layotgan ushbu familiyani, boshqa odatiyroq familiyaga, masalan, Smit yoki Braunga almashtirishni ich-ichidan istaydi. Men o'g'limni chin dilimdan tushunaman. Sababi, bir paytlar o'zim ham ushbu familiyam tufayli bir qancha yoqimsiz sarguzashtlarni boshdan kechirishimga to'g'ri kelgan.
Farzandim bilan bu yoqimsiz mavzuda gaplashgan paytlarimda, o'zimga ham harbiy xizmat o'tagan askarlik davrlarim yodimga tushib ketadi. Xizmatda bizni topografik xaritalar bilan ishlashga o'rgatishgan. Bu mashg'ulot, aytaylik, kundalik saf tayyorgarligidan yaxshiroq va yoqimliroq edi. Biz xaritalarni obdon o'rganardik va koordinatalarni aniq belgilashni mashq qilardik. Bu hammasi qiziqarli va yoqimli edi. Lekin, kunlardan bir kun, serjant og'zidan men uchun "mash'um" atama yangradi va mening safdoshlarimga hazil-kalaka uchun gap topildi. o'shanda xizmatdoshlarimdan aksariyati "azimut" degan ilmiy atamani umrida birinchi bor eshitishi edi. "Azimut" so'zini eshitgani hamonoq, safdagilarning deyarli hammasi tirjaygan bashara bilan yarq etib menga qaragan. Ular o'zlari kutmagan holda, men uchun yangi laqabga ega bo'lishgandi.
Men harbiy xizmat oxirigacha safdoshlarimning ba'zan samimiy, ba'zan ahmoqona hazil-huzullariga arang chidadim. Lekin nima ham qila olardim. El og'ziga elak tutib bo'lmaydi. Men xizmatim tugallanib, demobilizatsiya bo'lgunimcha xizmatdoshlarim uchun Ayzek Azimut bo'lib qolaverdim. Eng alam qiladigani esa, meni azumut deb kalaka qilgan har bir askar, o'zini xuddi kuchli yumor hissiga ega, ajoyib hazilkashdek ko'rsatishga urinardi. Men esa vaziyatga bardosh berish uchun, mashhur shoirning "Bu - armiya, janob!"[1] degan iborasini takrorlashdan o'zga chora topolmaganman. Harholda o'sha be'manigarchiliklardan qutulib ketdim.






Plank aslida mutlaqo yangi fan sohasini barpo qilishni o'ziga maqsad qilgan emasdi. U aslida mumtoz fizika sohasining qonunlari orqali aniq bir masalaning aniq bir xususiy holini tekshirmoqchi edi. U mutlaq qora jism deb ataluvchi faraziy qattiq jism modelini tadqiq qilgan. Bunday qora jism nazariy jihatdan qaralganda, o'zining sovuq holatida sirtiga kelib tushayotgan barcha nurlanishlarni yutishi, qiziganda esa, o'zidan barcha diapazonda nurlanish taratishi lozim edi. Plankkacha ham qora nurlanish nazariyasini barpo qilishga bo'lgan urinishlar ko'p uchragan, lekin ularning barchasi oqibatda barbod bo'lgan edi. Qisqa to'lqinli nurlanishlar sohasini o'ta aniqlik bilan bayon qiluvchi formulalar (masalan Vin formulasi) uzun to'lqinli nurlanishlar sohasiga tadbiq qilinganida nihoyatda beo'xshov xatoliklar berardi. Va aksincha, uzun to'lqinli nurlanishlar sohasini mufassal bayon qiluvchi formula (Reley-Jins formulasi) qisqa to'lqinli nurlanishlar sohasi uchun umuman yaramas edi.
Tabiat hodisalarini bayon qiluvchi fizik nazariyalar ichida shubhasiz eng aniq va mukammal nazariyalardan biri bu - kvant elektrodinamikasi sanaladi. Xususan, kvant elektrodinamikasi yordamida fiziklar, fotonlar - yorug'likni tashkil qiluvchi eng kichik birliklar ekanligini tasdiqlashga muvaffaq bo'lishdi hamda ularning zaryadlangan zarralar bilan qanday o'zaro ta'sirlashishini tasvirlab beruvchi ixcham va ajoyib matematik modelni barpo qilishdi. Ushbu modelga asoslanib esa, XX-asr ikkinchi yarmi fizikasi yanada ulkan qadamlar bilan olg'a ketdi.


