Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika
Maqolalar

Toza suv: osmos haqida 5 ta fakt

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Toza suv: osmos haqida 5 ta fakt

Yoz kunlarida tarvuzni suvga solib qo‘yib sovitishni deyarli hammamiz qilib ko‘rganmiz. Avvallari muzlatgichlar bo‘lmagan zamonlarda, ichimliklarni sovitish uchun ham shunday usul keng qo‘llanilgan: meshga to‘ldirilgan sut, sharbat yoki sharobni muzdek suv oqayotgan ariqqa solib qo‘yishardi va natijada, o‘sha ichimlik ham muzdek bo‘lib, ichganda odamga yanada lazzat baxsh etardi.

Farang fizik olimi, abbat Antuan Nolle (1700-1770) ham buzoq terisidan qilingan meshlarda sharob (vino) saqlardi. 1748-yilning issiq yoz kunlarining birida, Nolle shunday meshda saqlanayotgan sharobni sovitib ichish uchun, uni muzdek suvli hovuzga solib qo‘yadi. Biroq, tamaddi qilishga chog‘lanarkan, u xayolida allaqachon muzdek bo‘lib turgan sharobni olish uchun hovuzdan meshni chiqarib oldi va ne ko‘z bilan ko‘rsinki, buzoq terisidan tayyorlangan mesh yorilib, ichiga suv kirib ketgan edi...

Yangilаndi: 30.11.2018 18:33
 

Golf koptogi fizikasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Golf koptogi fizikasi

Golf butun dunyoda eng ommabop o‘yinlardan biri sanaladi. Uni avvallari faqat villasida keng yaylovi bor kiborlar o‘ynashgan bo‘lsa, keyinchalik golf juda keng ommalashdi va hozirda olimpiya sport turlari dasturiga ham kiritilgan. Tabiat qo‘ynida faol hordiq chiqarish uchun golf eng yaxshi variantlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Golfga qiziqqan va muntazam o‘ynaydigan shinavandalar yaxshi bilishadiki, golfchi uchun eng rasvo ish - koptokning qumloqqa o‘tirib qolishi, aksincha, golfchining eng yaqin do‘sti - golf koptogidagi g‘adir-budirliklar bo‘ladi. Ko‘pchilik golf koptogidagi o‘sha g‘adir-budirliklarni shunchaki dizayn uchun qilingan deb o‘ylaydi. Aslida, golf koptogining fervey bilan olis parvoz qilishini ta'minlovchi mukammal "aerodinamika" aynan o‘sha g‘adir-budirliklarda yashiringan.

Yangilаndi: 30.11.2018 18:42
 

Plank doimiysining yanada aniq qiymati belgilandi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Plank doimiysining yanada aniq qiymati belgilandi

AQSHlik fiziklar ilm-fanda eng muhim bo‘lgan konstantalardan biri - Plank doimiysining qiymatini yanada katta aniqlikda hisoblab chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi. Aytishlaricha, Plank doimiysining belgilangan yangi qiymati atiga milliarddan 13 qism xatolik bilan tabiiy qiymatidan farq qilar ekan...

2011-yilda o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi ishtirokchilari Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ni Plank doimiysi asosida qayta taftish qilish haqida qaror qabul qilishgan edi. Rejaga ko‘ra, 2018-yilgacha olimlar ushbu konstantaning eng ishonchli qiymatlarini hisoblab chiqarishlari zarur edi.

Yangilаndi: 30.11.2018 18:45
 

Kvant tunnellash

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Kvant tunnellash

Tasavvur qiling, siz kichkina koptokchani xonangiz devoriga otib, uni devorga urilib qaytishida yana tutib olib, o‘ynamoqdasiz. Albatta, har safar koptokchani devorga otganingizda u devorga borib urilib qaytadi. Chunki, u devor orqali qo‘shni xonaga o‘tib ketishi uchun yetarli energiyaga ega emas.

Biroq, kvant mexanikasi qonunlariga ko‘ra, koptokcha ehtimoliylikning uyqash to‘lqinlari sifatida tasavvur qilinadi va kvant fizikasiga ko‘ra, koptokchada devor orqali qo‘shni xonaga o‘tib ketish uchun juda oz bo‘lsa-da, harholda imkoniyat bor. Geyzenbergning noaniqliklar nisbatlari tamoyilini energiyaga tadbiq qilish qoidalariga asosan, koptokni tashkil qiluvchi zarrachalar devorni tashkil qiluvchi zarrachalar orqali tunneldan o‘tgandek o‘tib ketishi ehtimoldan holi emas. Ushbu nisbatga ko‘ra, zarracha muayyan vaqt momentida muayyan energiya miqdoriga ega bo‘ladi deb aniq aytishning iloji yo‘q. o‘ta kichik vaqt birliklari miqyosida, zarracha energiyasi sezilarli darajada fluktuatsiyalanishi mumkin va natijada, u devor to‘sig‘ini yengib o‘tish uchun yetarli qiymatga ega bo‘lib qolishi mumkin.

Yangilаndi: 01.12.2018 10:46
 


Maqolaning 4 sahifasi, jami 18 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11253764

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)