Marsdagi tong...
Marsni tadqiq qilish maqsadida Arizona Oy va Sayyoralar universiteti laboratoriyasi rahbarligi ostida Ball Aerospace & Technologies firmasi tomonidan loyihalab, «Mars Reconnaissance Orbiter» kosmik apparati bortiga o'rnatilgan «HiRISE» (High Resolution Imaging Science Experiment) yuqori aniqlikdagi fazoviy kamerasi tufayli biz, yaqin qo'shnimiz - Mars sayyorasida tongning qanday otishi, Quyoshning zenitdagi holati, Marsdagi kezib yurgan Marsaxod tadqiqotchi apparatlarini kuzatishimiz mumkin.