Chang va g'ubor bo'lmasa...
(Ayzek Azimovdan tarjima asosida)
O'lim qosh bilan qovoq orasidan ham yaqin degan iborada jon bor. Bir muddat avval bizning xonadonimiz a'zosidek bo'lib qolgan to'tiqushimiz o'ldi. U 5 yoshda edi. Biz uni juda ham yaxshi ko'rardik. U doim diqqat markazimizda bo'lib, xonadonimizning katta-yu kichik barcha a'zosining mehri tushgan jonivor edi. Biz unga yaxshi qarardik. Vaqtida suvini yangilardik, qafasini tez-tez tozalardik va doim ozuqasini berib borardik. Uni xona bo'ylab uchishga ham ko'p qo'yib yuborardik. Unga ayrim qisqa so'zlarni ham o'rgatdik. Yelkamizga qo'nsa va biz ovqat yeyayotgan likopdan uvoq cho'qisa indamasdik. Qaytanga, bundan xursand bo'lardik ham. Xullas, biz o'zimiz ham uni xuddi oilamiz a'zosidek ko'rardik va unga ham o'zini shunday his qilishiga imkon berardik.