Zamin tin olmoqda. Tom ma'noda
COVID-19 pandemiyasining muayyan texnologiyalarning rivojiga ijobiy ta'siri haqida avval ham yozgan edik. Buni qarangki, epidemiyadan kutilmagan naf ko'rayotgan oz sonli sohalar, masalan, onlayn dars platformalari, yetkazib berish xizmatlari va antiseptik ishlab chiqaruvchilar qatorida, yana bir soha vakillari ham o'zlari uchun tarixda misli ko'rinmagan qulay ishlash imkoniyatiga ega bo'lishibdi. Kim deysizmi? Seysmologlar!






Eng uzoq va eng be'mani fizik tajriba
Ko'plab sport turlarida rekordlar muntazam qayd etib, tarixga muhrlanib boriladi. Rekordlar deganda, ko'pchilikning ko'z o'ngida avvalo o'sha mashhur Ginnesning rekordlar kitobi gavdalanadi. Ushbu kitob, inson va uning faoliyati, ilm-fan, tabiat va ho kazolarga oid turli tuman, ba'zan esa, o'ta kulgili rekordlarni ham qayd etib, muntazam ravishda chop etib boradi. Bu kitobni jahonning ko'plab mamlakatlarida, mahalliy rekordlar bilan to'ldirilgan shaklda qayta nashr etilib, millionlab adadlarda sotilishi barchaga ayon. Ushbu kitobda, aniq fanlarga, xususan, kimyo borasidagi "eng-eng" iborasi bilan qo'shib yoziluvchi son va sifatlarga ham keng o'rin berilgan.


