Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Bu qanday ishlaydi?
Bu qanday ishlaydi?

Gaz niqobi - protivogaz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 58
Juda yomon!A'lo! 

Gaz niqobi - protivogaz

Protivogaz - nafas olish organlarini, ko'z, hamda yuz terisini havoda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan zaharli gazlar va toksik moddalardan himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasidir.

Protivogazlarning ikki turi, ya'ni, filtrlovchi hamda, izolyatsiyalovchi turlari farqlanadi.

Filtrlovchi protivogazlar odamni o'zi turgan havo muhitidagi zaharli gazlardan himoya qiladi va bu turdagi gaz niqoblarini kiygan holda uzoq muddat ish bajarish, zaharli havo muhitida ishlashda va yurishda davom etish mumkin emas. Chunki, o'z nomiga ko'ra, bu turdagi protivogaz, nafas olinayotgan havo muhitidagi zaharli gazlarni filtrlab ushlab qoladi va nafas olish uchun faqat kislorod gazini o'tkazib beradi. Bunda, kislorod ham aynan o'sha muhitning o'zidan olinadi. Shu sababli ham, bunday protivogazni taqqan holda uzoq turib bo'lmaydi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:22
 

Mikroto'lqinli pech

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Mikroto'lqinli pech

Hozirgi kunda mikroto'lqinli pech uy bekalarimizning oshxonadagi yaqin dastyorlaridan biriga aylangan. Lekin bunday pechlar ota-bobolarimiz avvaldan ishlatib kelgan an'anaviy pechlardan ko'ra boshqacharoq ishlaydi. An'anaviy pechlar masalliqni, yoki, taomni tashqaridan qizdiradi. Mikroto'lqinli pech esa taomni o'z nomiga ko'ra, taomga mikroto'lqinlar vositasida ishlov beradi.

Har qanday modda singari, ovqat va uning masalliqlari ham molekulalardan tashkil topgan bo'ladi. Biz iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarning molekulalari asosan suv va yog' molekulalaridan iborat bo'ladi. Mikroto'lqinli pechga joylashtirilgan taomni tashkil qiluvchi molekulalar mikroto'lqinlar ta'sirida juda tezkor titrash va tebranish jarayoniga duchor bo'ladi. Texnikada bu jarayonni vibratsiya ham deyiladi. Aynan shu vibratsiya natijasid ovqatni tashkil qiluvchi molekulalar bir-biriga ishqalanadi. Ishqalanish esa qizishga olib keladi. Siz ham sovuqda qo'llaringizni beixtiyor bir-biriga ishqab isitganingiz esingizdami? Mikroto'lqinli pechga joylangan taom molekulalari ham xuddi shuning singari bir-biriga ishqalanib qiziydi. Natijada ovqat isiydi. Eng qizig'i shundaki, mikroto'lqinli pechga qo'yilgan taom isib, qizigani bilan, lekin pech va uning detallari o'zi umuman isimaydi. Bunday pechning an'anaviy oddiy pechdan farqi ham shunda. Oddiy pechga o'tin, yoki, ko'mir yoqsangiz, pechning o'zi bilan birga. Uning yaqin atrofidagi hamma narsa qiziydi. Mikroto'lqinli pechda esa faqat taom qiziydi xolos!

Yangilаndi: 22.01.2025 11:58
 

Kvant kompyuteri: u qanday tuzilgan?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 33
Juda yomon!A'lo! 

Kvant kompyuteri: u qanday tuzilgan?

Kvant kompyuterlari haqida deyarli hamma eshitgan. Lekin, kvant kompyuteri qanday ko‘rinishi va uning tuzilishi haqida hamma ham aytarli tasavvurga ega emas. Biz quyida, kvant kompyuterlarining ishlash tamoyillari va tuzilishi haqida imkon qadar tushunarli tilda bayon qilmoqchimiz.

Dunyo bo‘ylab axborot hajmi kundan-kunga ortib bormoqda. Statistikaga ko‘ra, raqamli formatdagi axborot hajmining o‘zi yiliga 30% ga ko‘paymoqda ekan. Yana o‘sha statistikada qayd etilishicha, oxirgi 5 yil ichida insoniyat tomonidan, undan avvalgi butun tarix mobaynida ishlab chiqarilgan axborot hajmidan ko‘ra ko‘proq axborot ishlab chiqarilgan emish. Buning qanchalik to‘g‘ri ekani ushbu manba mualliflarining vijdoniga havola albatta. Lekin, nima bo‘lganda ham, qachonlardir shunchaki ko‘l bo‘lgan va keyinchalik “axborot dengizi”ga aylangan informatsiya yig‘indisi, endilikda allaqachon “axborot ummoni”ga aylanib bo‘lgani ham inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Boz ustiga, zamonaviy dunyoda - paypoqdan tortib, kir mashinagacha bo‘lgan - deyarli hamma narsa internetga ulanmoqda.

Yangilаndi: 21.11.2018 17:17
 

MRT

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

MRT

1970-yillar boshida AQSHlik olimlar Reymond Damian, Pol Loterbur hamda, Angliyalik fizik Piter Mensfild birgalikda, magnit rezonans vositasida tana a'zolarining tasvirini olish va qayta ishlash uslubini ixtiro qilishdi. Aniqrog‘i, magnit rezonansi yordamida odam a'zolarini tomografiya qilish g‘oyasi, dastlab 1971-yilning 2-avgust sanasida, kimyo professori Pol Loterburdan chiqqan edi. Uning bu boradagi tadqiqotlari bayon qilingan "Induksiyalangan mahalliy o‘zaro ta'sir vositasida tasvir hosil qilish; magnit rezonansiga asoslangan misollar" - deb nomlangan ilmiy maqolda "Nature" jurnalida chop etilgan. Bugungi kunda tibbiyot muassasalarining eng asosiy tibbiy uskunalaridan bo‘lmish MRT shu tarzda ommalasha boshlagan.

Yangilаndi: 21.11.2018 17:55
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 3 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12106567

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!