BIRINCHI HIKOYA:
Harakat qonunlarining kashf etilishi
Dinamikaning birinchi asoslarini Galiley yaratdi. Ungacha kuchlarning taʻsirini faqat ular muvozanatda boʻlgandagina kuzatishar edi; erkin tushayotgan jismning tezlanuvchan harakatini, Shuningdek yuqoriga otilgan jismning egri chiziqli harakatini ham ogʻirlik kuchining doimiy taʻsiri deb qarashsa-da, hech kim koʻrsatilgan Shunday oddiy hayotiy hodisaning qonunlarini aniqlay olmadi. Galiley bu qonunni ochishda qadamni birinchi boʻlib qoʻydi va mexanikaning rivojlanishi uchun yangi va cheksiz sohani kashf etdi. Bu kashfiyot... endi oʻsha ulugʻ inson xizmatlarining eng ahamiyatli va rad etib boʻlmaydigan qismini tashkil etadi. Haqiqatan, Yupiterning yoʻldoshini, Veneraning fazasini, Quyosh dogʻlari va hokazolarni kashf etish uchun teleskop va kuzatuvchanlik talab qilinadi, ammo hamma vaqt kishilar koʻz oldida sodir boʻlib, Shunda ham faylasuflar eʻtiboridan chetda qolgan hodisalardagi tabiat qonunlarini ochish uchun mutlaqo yuksak tafakkur sohibi boʻlish lozim edi.
Lagranj
Muqaddima.
Florensiyada musiqachi sifatida mashhur bo‘lgan Vinchenso Galiley o‘zining katta o‘g‘li Galileo uchun qanday sohani tanlash haqida uzoq vaqt o‘yladi. O‘g‘li musiqaga Shubhasiz, qobiliyatli edi, ammo otasi yanada ishonchliroq sohani lozim ko‘rar edi. 1581-yili Galileo o‘n yettiga to‘lganda tarozi pallasi  tibbiyot tomonga og‘di. Vinchenso o‘qish xarajatlari katta bo‘lsa-da, o‘g’lining kelajagi ta’minlanishini bilar edi. Shuning uchun Piza universiteti tanlaydi, u ancha chet bo‘lsa ham, Vinchenso uni yaxshi bilar edi. U Pizada uzoq yashagan, Galileo ham o‘sha yerda tug‘ilgan edi.