Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Jozayya Uillard Gibbs

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Jozayya Uillard Gibbs

Jozayya Uillard Gibbs (inglizcha Josiah Willard Gibbs) - Amerika fizigi, buyuk fizik-kimyogar, matematik va mexanik. Kimyoviy termodinamika asoschisi, termodinamikaning matematik nazariyasi, vektor tahlillari va statistik fizika fanlarining poydevorini qurgan buyuk olimlardan biri. Uning mazkur sohalarda amalga oshirgan tadqiqotlari va nazariy qarashlari, zamonaviy ilm-fan rivojiga juda katta ta'sir o'tkazgan.

Jozayya Gibbs, 1839-yilning 11-fevral sanasida, Konnektikut shtatining Nyu-Heyven shahrida tug'ilgan. o'rta ta'limni, 15-yoshida, Hopkins maktabida tamomlab, Yel kollejiga o'qishga kirgan va 1858-yilda, mazkur kollejni a'loga tamomlab, eng ilg'or o'quvchilar safida, matematika va lotin tili bo'yicha yutuqlari uchun maxsus mukofotga erishgan. Shundan so'ng u, 1863-yilda Yeldagi Sheffild Ilmiy Maktabida, "Tishli uzatmalar uchun g'ildirak tushlarining shakli haqida" nomli dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ravishda yoqlaydi va AQSH tarixida birinchi bo'lib, "Texnika fanlari doktori" ilmiy unvonini qo'lga kiritadi. Keyingi ikki yil davomida u Yel universitetida lotin tili va tabiiy fanlar falsafasi fanlaridan dars beradi. 1866-yilda, ta'limni davom ettirish maqsadida Yevropaga yo'l oladi va avvaliga Parij va Berlinda bir yildan yashab, ta'lim oladi. Keyin esa Geydelbergga ko'chib o'tadi va o'sha yerda mashhur olmon olimlari Kirxgof va Gelmgoltslar bilan tanishadi. o'sha yillarda olmonlar kimyo, fizik-kimyo va termodinamika borasida yetakchi ilmiy salohiyat egalari hisoblanishar edi. Gibbs ular bilan o'z g'oyalari va ilmiy qarashlari borasida fikr almashib, chuqur tajriba orttirishiga erishgan.

Yangilаndi: 18.02.2025 08:23
 

Uilyam Rankin

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Uilyam Rankin

Uilyam Jon Makuorn Rankin [Renkin] (inglizcha William John Macquorn Rankine) - shotland fizigi, mexanik-muhandis, muhandislik termodinamikasi asoschilaridan biri, Edinburg universiteti professori. 1820-yilning 5-iyulida, Britaniya Imperiyasi, Shotlandiya davlatining Edinburg shahrida, tug'ilgan. U 1836-1838 yillarda Edinburg universitetida tahsil olgan, biroq, tang moliyaviy ahvoli tufayli o'qishni to'liq tamomlay olmagan. 1849-yilda, Klauziusdan mustaqil ravishda, mexanik energiya va issiqlik miqdori ekvivalentligining umumlashtiruvchi tenglamasini keltirib chiqarishga erishgan. Uning asosiy ishlari, gazlarning termodinamik xususiyatlarining tadqiq qilishga bag'ishlangan bo'lib, 1850-yilda Rankin, suv bug'larining turli haroratlardagi xossalarini ifoda etuvchi jadvallarni e'lon qilgan edi. Ushbu jadvallar keyingi davrlarda, ayniqsa bug' qozonlari qo'llanadigan sohalarda keng foydalanilgan. Rankin 1859-yilda, bug' mashinalarining to'liq nazariy bayonini keltirib chiqaradi; xususan u, bug' dvigateli uchun ideal siklni ishlab chiqadi, bu sikl keyinchalik uning nomi bilan ataladi. Aynan shu yili Uilyam Rankin tomonidan, Glazgo universiteti uchun yozilgan, "Bug' mashinalari haqida qo'llanma" kitobi, termodinamika tarixidagi ilk darslik-o'quv qo'llanmasi hisoblanadi.

Uilyam Rankin, Riman, Dopler, Max va Gyuginiolar bilan bir qatorda, gaz dinamikasining asoschilaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Unda olim, zarba to'lqinlarini o'rganish orqali, Gyuginiodan 17 yil avval yorilish sirti yuzaga kelishining to'g'ri shartlarini (ya'ni, muayyan yorilish yuzasidan o'tishda, fizik kattaliklarning sakrash bilan o'zgarishi shartlarini) keltirib chiqadi.

Uilyam Rankin, mexanika va termodinamikada keng qo'llaniladigan, potensial energiya, adiabatik va izotermik jarayonlar kabi tushunchalarni ilm-fanga joriy etgan. Zarba to'lqinlari nazariyasida, Rankin-Gyuginio adiabatasi tushunchasi bilan mashhurdir. Shuningdek, Rankin ishlab chiqqan harorat shkalasi va Rankin termodinamik gradusi ham ba'zi mamlakatlarda hali hanuz amalda qo'llanadi.

Yangilаndi: 11.02.2025 15:22
 

Uilyam Tomson (lord Kelvin)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Uilyam Tomson (lord Kelvin)

Uilyam Tomson, Lord Kelvin (inglizcha William Thomson, 1st Baron Kelvin) - buyuk ingliz fizigi, mexanik. Termodinamikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan olimlardan biri. 1824-yilning 26-iyun kuni, Britaniya Imperiyasi, Irlandiya davlatining Belfast shahrida, bir vaqtning o'zida ham fermer ham Belfast Akademik Instituti matematika o'qituvchisi bo'lgan, Jeyms Tomson (1776-1849) oilasida dunyoga kelgan. Uilyam Tomson, avvaliga Shotlandiyaning Glazgo ixtisoslashtirilgan kollejida ta'lim olgan, keyingi o'qishini Kembrijdagi avliyo Peter kollejida davom ettirib, uni 1845-yilda tamomlagan.

1846-yilda, 22-yoshli Uilyam Tomson, Glazgo universitetining nazariy fizika kafedrasida dars bera boshlaydi. U talabalik yillaridayoq, Furye qatorlarini fizikaning issiqlik bilan bog'liq masalalariga tadbiqi bo'yicha olib borgan ajoyib tadqiqotlari bilan, ilmiy doiralarda o'ziga xos nufuzga erishgan edi. U o'zining 1842-yilda nashrdan chiqqan "Issiqlikning bir jinsli jismdagi harakati va uning matematik elektr nazariyasi bilan bog'liqligi" nomli ilmiy tadqiqotida, elektr toki va issiqlikning tarqalishi hodisalari orasidagi o'xshashliklarni tekshirib chiqqan edi. Uning ushbu tadqiqoti "Kembrij matematika jurnali"da chop etilgan. Aynan shu yildagi "Issiqlikning chiziqli harakati" nomli boshqa bir ishida u, geologiya masalalariga Yerning issiqlik xossalarini ko'ra tahlil qilish orqali yondoshib, unda Yerning va tirik organizmlarning paydo bo'lishi evolyutsiyasi haqida, biolog va geologlar bilan bahs boshlaydi. Shuningdek u, 1845-yildan e'tiboran, Parijdagi nufuzli ilmiy jurnallarda, o'zining elektrostatikaga bag'ishlangan turkum maqolalari bilan muntazam chiqish qila boshlaydi.

Yangilаndi: 29.01.2025 16:10
 

Gemfri Devi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Gemfri Devi

Gemfri Devi (inglizcha: Humphry Davy) - ingliz fizigi, kimyogari, geolog. Elektrokimyoning asoschilaridan biri. Ko'plab kimyoviy elementlarning ochilishida ishtirok etganligi, shuningdek, buyuk olim Faradeyning ilm-fanga kirib kelishida ustozlik qilganligi bilan mashhur. London Qirollik jamiyati a'zosi va uning prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Devi, 1778-yilning 17-dekabrida, Angliya janbiy-g'arbidagi Penzans nomli kichik shaharchada, yog'och o'ymakori ustasi oilasida tug'ilib o'sgan. 1794-yilda, otasi vafot etgach, Tonkin shaharchasiga - onasi tomondan bobosi uyiga ko'chib o'tib, mahalliy dorixonachiga shogird tushgan. Aynan dorixonadagi faoliyat uni kimyo fanlariga qattiq qiziqtirib qo'ygan. 1798-yilda, "Pnevmatika instituti"da oddiy kimyogar, 1801-yildan esa, assistent lavozimlarida ishlagan. 1802-yilda esa, u Qirollik institutiga kimyo fanlari professori unvoni bilan ishga tayinlangan.

Yangilаndi: 11.02.2025 15:22
 

Rudolf Yulius Emmanuil Klauzius

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Rudolf Yulius Emmanuil Klauzius

Rudolf Yulius Emmanuil Klauzius (nemischa: Rudolf Julius Emanuel Clausius) – asl ismi Rudolf Gottlib (Rudolf Gottlieb) – olmon fizigi, mexanik, matematika. Termodinamika fani asoschilaridan biri.

U 1822 yilda, Germaniya imperiyasining Kyoslin (hozirgi Koshalin) shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotni Berlin universitetida olgan. Klauziusning dastlabki ilmiy ishi 1850 yilda  nashrdan chiqqan bo‘lib, «Issiqlikning harakatlantiruvchi kuchi va undan issiqlik nazariyasi uchun keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan qonunlar haqida» deb nomlangan. Unda Klauzius, Karnoning issiqlikni ishga aylantirish haqidagi hamda, Mayer va Gelmgoltslarning energiyaning saqlanish qonuni borasidagi fikrlarini tizimlashtirilgan shaklda tahlil qilib, mazkur masalalarni o‘zining ko‘plab yangicha nazariy g‘oyalari bilan boyitadi. Xususan, uning o‘zi «issiqlik aksiomasi» deb atagan va fanda, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunining eng dastlabki ko‘rinishidagi ta’riflaridan biri bo‘lgan «issiqlik sovuq jismdan harorati balandroq jismga o‘z-o‘zidan o‘tishi mumkin emas» tarzidagi tasdig‘ini keltiradi. Hozirda bu ta’rif Klauzius ta’rifi deb yuritiladi. Keyingi bir nechta asarlarida, Klauzius, o‘z ta’rifini yanada aniqlashtirdi va boshqa muhim faktlar bilan o‘z nazariyasini yanada boyitdi.

Ushbu asarning o‘ziyoq, u muallifning ilk ilmiy ishi bo‘lishiga qaramasdan, Klauziusga katta shuhrat keltirdi. Uni, asar nashrdan chiqqan yilning o‘zida Berlin Qirollik Artilleriya va Harbiy Muhandislik maktabiga, professor ilmiy unvoni bilan ishga tayinlanadi. 1855 yildan esa, Shveytsariya Politexnika maktabining matematik fizika kafedrasi professori bo‘lib ishlay boshlaydi.

 


Maqolaning 6 sahifasi, jami 11 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12199540

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)